68
kundan qoldirmay aksiz solig`i bo`yicha hisob-kitobni taqdim etadi.
To`lovchilar sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib va O`zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi hamda Davlat soliq qo`mitasining 1997-yil 19-
noyabrdagi 36/97-96-son yo`riqnomasiga muvofiq hisoblab chiqqan aksiz solig`i
summasi budjetga quyidagi muddatlarda to`lanadi:
- joriy oyning 13-kunigacha - joriy oyning birinchi un kuni uchun;
- joriy oyning 23-kunigacha - joriy oyning ikkinchi o`n kuni uchun;
- keyingi oyning - 3 - kunigacha - hisobot oyning qolgan kunlari uchun.
Tovaiga ilova qilinuvchi hujjatlarda ko`rsatilgan mahsulotni yuklab junatish
kuni sotish sanasi hisobanadi.
o`n kunlik to`lovlar bo`yicha kelib tushgan aksiz solig`i summasi davlat soliq
xizmati organlari tomonidan soliq to`lovchilarning
shaxsiy hisob varaqlarida
«Soliq hisoblab yozish» va «Soliq to'lash» kataklarida bir vaqtning o`zida aks
ettirildi.
Aksiz to`lanadigan tovar O`zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig`i
to`langan xomashyodan ishlab chiqarilgan holda mazkur xomashyo bo`yicha
to`langan aksiz solig`i summasini hisoblab yozish paytida hisobga olinishi kerak.
Iste'mol idishiga quyish (qadoqlash) uchun aksizga tor-tiladigan tayyor mahsulot
oladigan korxonalarga ham ana shunday tartib tadbiq etiladi.
Masalan, keyin qadoqlash uchun paxta moyi oladigan korxonada budjetga
to`lanadigan aksiz solig`i iste'mol idishiga qadoqlangan
paxta moyi va transport
idishida olingan paxta moyi bo`yicha hisoblab chi-tjniilgiin aksiz soliqlari
summalari o`rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hisobga olingan aksiz solig`i summasi ustidan nazoratni amalga oshirish
uchun xomashyo (mahsulot) yetkazib beruvchilar tovarga ilova qilingan hujjatlarda
yuklab jo`natilgan mahsulot (xomashyo) bo`yicha budjetga to`lanadigan
aksiz
solig`i summasini alohida satrda ajratib ko`rsatilishi kerak. Agar harid qilinayotgan
aksizga tortiladigan xomashyo (mahsulot) bo`yicha aksiz solig`i summasi tovarga
ilova qilinadigan hujjatlarda ajratib ko`rsatilmasa, u hisob-kitob yo`li
bilan
hisoblab chiqarilmaydi va tayyor mahsulot bo`yicha hisobga qabul qilinmaydi.
Hisobga olingan aksiz solig`i summasi alohida tahliliy hisob varaqada
hisobga olinadi va tegishli ulush bilan ishlab chiqarishga
xomashyoni hisobdan
chiqarish darajasiga qarab, 68-«Budjet bilan hisob-kitoblan> hisob varag`i debitiga
hisobdan chiqariladi.
Aksizga tortiladigan import tovarlar uchun bojxona haqidagi qonun
huijatlariga muvofiq belgilangan boj qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi.
Aksizga tortiladigan import tovarlar uchun aksiz solig`i bojxonada
rasmiylashtirilganiga qadar yoki rasmiylashtirish paytida to`lanadi.
Aksiz solig`i bo`yteha budjet bilan hisob-kitoblar hisobi 68-«Budjet bilan
hisob-kitoblar» hisob varag`ining «Aksiz solig`i bo`yicha hisob-kitoblar» ilova
hisob-varag`ida yuritiladi.
Aksiz solig`ining budjetga to`lanadigan summasi 46-«Mahsulot sotilishi»
hisob-varag`i debeti va 68-schyotning krediti bo`yicha aks ettiriladi. Aksiz solig`i
summasini budjetga o`tkazish 68-schyotni debiti bo`yicha tegishli hisob varaqalar
bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.
69
Aksiz markalari olinganda 56-«Pul hujjatlari» schyotini debeti va 51-«Hisob-
kitob» schyoti krediti bo`yfclia buxgalteriya yozuvi yoziladi. Markazlashgan
mahsulot yuklab jo`natilishiga qarab quyidagicha buxgalteriya yozuvi yoziladi: 68-
«Budjet bilan hisob-kitoblar» schyoti debeti va 56-schyot krediti.
Aksiz solig`ini hisoblash tartibi quyidagi tartibda olib boriladi. Aksiz solig`ini
hisoblashda biz quyidagi formuladan foydalanamiz.
O=(Sxl00)100-A
bunda: 0
- QQS-siz, aksiz solig`ini o`z ichiga olgan shartnomaviy (erkin)
narx;
S - korxonaning hisob-kitob narxi (normativ xarajatlar va foyda me'yori);
A - aksiz solig`i stavkasi.
Aksiz solig`i summasini quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
O A /100
Aksiz markalari nominal qiymatini hisobga olishni aniqlash tartibi quyidagi
jadval misolida aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: