71
foydalanganlik uchun soliq, suv manbalarining joylashgan joyidan qafi nazar,
suvdan foydalanuvchilar tomonidan o`zlarining davlat
soliq xizmati organlarida
ro`yxatdan o`tgan joylarida to`lanadi. Aholi punktlarini suv bilan ta'minlash uchun
suvni yetkazib beruvchi korxonalar faqat o`z faoliyatida foydalanadigan suv uchun
soliq to`lovchilar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun yer usti va yer osti manbalaridan
foydalanilgan suv resurslarining hajmi suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliq solish obyekti hisoblanadi.
Yer usti suv manbalariga: daryolar, ko`llar, suv omborlari,
yer ustidagi
boshqa suv havzalari va suv manbalari, kanallar va hovuzlar turlari kiradi.
Yer osti manbalariga: artezian quduqlari, vertical va gorizontal drenaj
tarmog`i kiradi.
3-§. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va soliq bo`yicha
imtiyozlar
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Yordamchi xo`jaliklari bo`lgan
korxonalar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari va o`quv yurtlarining suvdan qishloq xo`jaligi ekinlari va dov-
daraxtlarni suq'orishda foydalanadigan o`quv tajriba xo`jaliklari
soliqni qishloq
xo`jaligi korxonalari uchun belgilangan stavkalari asosida to`laydilar.
Quyidagilar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to`lashdan ozod
qilinadi:
1. Tijorat bilan shugullanmaydigan yuridik shaxslar, tadbirkorlik faoliyati
uchun suv resurslaridan foydalanuvchilar bundan mustasno;
2. Yer osti ma'danli suvlaridan davolash maqsadida foydalanuvchi sog`liqni
saqlash muassasalari, ular ma'danli suvdan savdo tartnog`ida
realizatsiya qilish
uchun foydalangan hollar bundan mustasno.
3. Farmatsevtika faoliyati bilan shugullanuvchi va suvdan dori vo-sitalari
tayyorlash uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar.
4. Atrof-muhitga zararli ta'sir ko`rsatishning oldini olish maqsadida yer osti
suvlarini chiqazib olayotgan yuridik shaxslar - ana shu yer osti suvlari uchun,
ishlab chiqarish va texnika extiyojlari uchun foydalanadigan
suv hajmlari bundan
mustasno.
5. Suv uchun byudjetga haq o`tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan
iste'molchilar;
6. Foydali qazilmalar qazib olish va shaxtadan suvlarni qochirish vaqtida yer
osti suvlarni chiqazib olgan yuridik shaxslar-ana shu yer osti suv-lari uchun, ishlab
chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv hajmlari bundan
mustasno.
7. Gidroelekrostansiyalar-agregatlarni ishlatishda suvdan foydalanga-nlik
uchun.
8. Birlamchi tarzda foydalanganlik uchun haqqi to`langan suvdan ikkilamchi
tarzda foydalanuvchi yuridik shaxslar.
9. Asosiy faoliyat turi bo`yicha qishloq xo`jaligi
mahsulotlari yetishtiruvchi
72
yuridik shaxslar-sho`rlangan yerlarni yuvish maqsadida suvdan foydalanganlik
uchun bo`shatib olinayotgan mablag`lardan jamg`armalar va jamiyatning ustavda
belgilangan vazifalarni bajarish uchun foydalanish sharti bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: