180“Kampir
shoshilmasdi.
O‘sma
ekilgan bir bo‘yra yer oldi-da cho‘nqayib, o‘smalarning
sersuv,
bo‘liq
barglarini tagidan kertib uzardi. Oxiri kafti o‘smaga to‘lgach,
rayhonning
gul
otmagan shoxlaridan sindirib olib, o‘smaga qo‘shib
dastro‘moliga
o‘radi”
. Ajratib ko‘rsatilgan
so‘zlarni leksik tahlil qiling.
181“
U qiz nevaralariga, kelin-u qizlariga, albatta, o‘sma olib borardi. Nihoyat, kampir tugunni
qo‘ltiqlab chiqdi. Qorako‘z o‘tirgan joyidan bir sapchib ko‘cha tomon otildi. Kampir uning
ketidan borarkan: «Hoy, muncha shoshasan, sekinroq»,– deb javrardi”
. Sintaktik tahlil qiling.
J: U - ega, qiz nevaralariga, kelin-u qizlariga oʻsma - toʻldiruvchi, olib borardi - kesim
182“
Qorako‘z uning gapiga tushungandek, ko‘cha o‘rtasida to‘xtab orqasiga qaraydi. Kampir
yetib kelguncha yayrab qulog‘ini qashlaydi. Bir qulog‘ini dikkaytirib, bittasini shalpaytirib
erkalik qiladi. Orqa oyog‘ida turib bir-ikki aylanadi”
. Gaplar tarkibidagi fonetik hodisalar
kuzatilgan so‘zlarni toping va tahlil qiling.
J: Qulogʻini - quloq + ni = qulogʻini, oyogʻida - oyoq + da = oyogʻida
183“
Yo‘lda uchragan mushuklarni tiraqaylatib quvib, nim qizil tilini osiltirgancha hansirab
qaytib keladi. Daraxtlardagi musichalarga irg‘ishlab akillaydi. Ariqdan shapillatib suv ichadi.
Ba’zan yo‘l chetiga chiqib, paxsa devor tagini ho‘l qilib qaytadi. Velosiped minib o‘tgan
bolalarga ergashib uzoqlarga ketib qoladi”
. Matndagi sodda gaplarni tahlil qiling
J: Sodda gaplar - Daraxtlardagi musichalarga irgʻishlab akillaydi. Ariqdan shapillatib suv ichadi.
Velosiped minib oʻtgan bolalarga ergashib uzoqlarga ketib qoladi.
Tahlil -- Daraxtlardagi - hol, musichalarga - toʻldiruvchi, irgʻishlab - hol, akillaydi - kesim.
184“
Kampir uning qiliqlariga andarmon bo‘lib yo‘l yurganini sezmaydi.Qorako‘z donlab yurgan
tovuqlarni qaqag‘latib, to‘rt tarafga to‘zg‘itib yuboradi. Yo‘lda uchragan itlar bilan iskashib,
quvlashmachoq o‘ynaydi. Ko‘cha betidagi uy ostonasida tinmay akillayotgan kalamushdek
kuchukni tuproqqa qorishtirib bulg‘aladi”.
Gaplar tarkibidagi fonetik hodisalar kuzatilgan
so‘zlarni toping va tahlil qiling.
J: Oʻynaydi - oʻyin + a + y + di.
Tuproqqa - tuproq + ga
185“
Ariq bo‘yidan qo‘porib tashlangan to‘ngak soyasida yotgan bo‘ribosar itga ham zo‘rlik
qilmoqchi bo‘lgandi, ta’zirini yedi. Bo‘ribosar uning gardanidan tishlab, uloqtirib tashladi. Yo‘l
o‘rtasiga borib tushdi, tuproqqa qorishdi
”. Matnni leksik tahlil qiling.
186“Bosh haqida hеch qachon so‘z ochish mumkin emasligini ona endi tushundi. Shu payt
olisdan tuya mingan kishining qorasi ko‘rindi. U shu yoqqa tomon kеlayotgan edi”
. Sodda
gaplarni sintaktik tahlil qiling.
J: Shu payt - hol, olisdan - hol, tuya mingan kishining - aniqlovchi, qorasi - ega, koʻrindi - kesim.
187Nayman ona tashvishga tushdi. Bеvaqt paydo bo‘lib qolgan bu jungjangning ko‘ziga
chalinmaslik uchun tеzroq g‘oyib bo‘lish kеrak edi. U tuyasini cho‘ktirib, darhol minib oldi.
Matndagi fe’llarni morfologik tahlil qiling.
J: Tushdi
Boʻlib qolgan
47
Boʻlish kerak
Choʻktirmoq
Minib olmoq
Tushdi - mustaqil feʼl, boʻlishsiz, oʻtimsiz, aniq nisbat, xabar mayli, sof feʼl, oʻtgan zamon, ruhiy
holat feʼli
188“O‘g‘li lom-mim dеmadi. Uning parvoyi palak edi. O‘tlab yurgan tuyalar orasidan qochib
borayotgan Nayman ona xato ish qilib qo‘yganini tushundi. Biroq vaqt o‘tgan edi. Oq tuyaga
minib borayotgan onani jungjang ko‘rib qolishi mumkin edi. Oqmoyasini yеtaklab, o‘tlab yurgan
tuyalar orasidan bеrkinib yayov jo‘nagan ma’qul edi”
. Iboralarni topib frazeologik tahlil qiling.
189“Yaylovdan xiyla olislab kеtgach, Nayman ona chеtlarida erman-shuvoqlar o‘sib yotgan
chuqur jarlikka kirib bordi-da, Oqmoyani cho‘ktirib kuzata boshladi. Gumoni to‘g‘ri chiqdi,
payqab qolgan ekan”
. Matndan ravish qatnashgan o‘rinlarni topib, morfologik tahlil qiling.
J: Yaylovdan
Xiyla
Erman
Yaylovdan - oʻrin ravishi
190“Ertasiga ertalab Nayman ona Oqmoyaga minib yana yo‘lga tushdi. Uyur bu yеrdan xiyla
uzoqlashib kеtgan edi. Izlab, aylanma yo‘llardan ehtiyotkorona o‘tib, uzoq yo‘l bosdi. Tuyalarni
ko‘rgandan kеyin ham jungjanglardan birontasi ko‘rinib qolmasin, dеb uzoq vaqt kuzatib turdi”
.
Matndan ravishlarni topib, tahlil qiling.
J: Ertalab
Xiyla
Aylanma
Yoʻllardan
Ehtiyotkorona
Ertalab- payt ravishi
Lom-mim: eʼtiroz qilmaslik
Parvoyi-palak: beparvo, begʻam
191“O‘g‘li burilib qaragan edi, ona quvonchidan baqirib yubordi, ammo shu zahotiyoq, o‘g‘li
shunchaki, ovoz chiqqan tomonga qaraganini payqab qoldi. Nayman ona o‘g‘lining xotirasini
tiklashga yana urinib ko‘rdi”
. Matndan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarini topib, morfologik
tahlil qiling.
192“— Oting nima, eslab ko‘r-chi! — dеb yalinib-yolborib inontirishga harakat qilardi u. —
Otangning oti Do‘nanboy, bilmaysanmi uni? Sеning isming manqurt emas, Jo‘lomon.
Naymanlarning yayloviga ko‘chib borayotganimizda yo‘lda tug‘ilgansan. Shuning uchun otingni
Jo‘lomon qo‘yganmiz”
. Matndan atoqli tlarni topib tahlil qiling.
J: Mifologik obrazlar - xalq, ogʻzaki badiiy ijodiyoti, yozma adabiyot va sanʼat asarlaridagi
mifologik negizga ega boʻlgan asotiriy personaj lar. Mifologik obrazlar muayyan
voqeahodisaning jonlantirilgan timsoliy ifodasi. Mifologik obrazlar ibtidoiy badiiy uydirma-
fantaziya mahsuli boʻlib, koinot, tabiat va jamiyatdagi turli-tuman hodisalar, odam tasavvurida
mavjud boʻlgan gʻayrioddiy kuchlarning kelib chiqish sabablarini izohlashga xizmat qilgan.
Badiiy tafakkur shakllangach, mifologiyannig tarkibiy qismi sanalgan asotiriy obrazlar adabiyot
va sanʼatga koʻchgan. Oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalarining asarlari, "Alpomish",
"Kuntugʻmish", "Rustamxon" hamda "Goʻroʻgʻli" turkumiga mansub dostonlar, oʻzbek xalq,
afsonalari va ertaklaridagi Mifologik obrazlar shular jumlasidandir. Folklor va yozma
adabiyotdagi Mifologik obrazlar badiiy talqinning toʻlaqonli chiqishi hamda poetik tafakkurning
48
keng qamrovliligini koʻrsatish vazifasini bajaradi. "Rustamxon" dostonida Qizil dev,
Ajdarho,Mansur Xalloch va boshqalar.
193“So‘ng ona o‘zi bilan olib kеlgan taomlaridan yеdirib-ichirib bo‘lgandan so‘ng, alla ayta
boshladi. Alla manqurtga ma’qul kеlganday bo‘ldi, shеkilli, quloq solib tinglab o‘tirdi”
. Matnni
leksik tahlil qiling.
JAVOB: Matnda lug'aviy birliklar 11ta(so'ng,ona,olib kelgan,taomlaridan,yedirib-ichirib
bo'lgan,Alla,ayta boshlabdi,manqurtga,ma'qul kelganday bo'ldi,quloq solib,tinglab o'tirdi) Olib
kelgan- fe'l,harakat,o'.zamon,lll shaxs,birlik,xabar mayli,aniq nisbat
194“Chiqmagan jondan umid dеganlariday, Nayman ona barbod etilgan xotira eshigini ochib
kirishga qayta-qayta harakat qilardi:
— Eslab ko‘r-chi, kimning o‘g‘lisan? Oting nima? Otangning oti Do‘nanboy!
O‘g‘lini hushiga kеltirish uchun bеhuda urinayotgan ona oradan qancha vaqt o‘tganini ham
payqamay qoldi, shu mahal uyur chеkkasidan yana o‘sha jungjang tuya minib kеlayotganini
ko‘rib esi chiqib kеtdi”
. Matndan iboralarni topib frazeologik tahlil qiling.
JAVOB: frazeologiyalar-bu yunonchadan olinib ifoda,ibora degan ma'noni anglatadi.Iboralar
turg'un birikma bo'lib ma'nosi bitta so'zga tengdir
Chiqmagan jondan umid.Leksik ma'nosi-yo'q narsadan umid qilish
Sinonimi-noumid shayton
Esi chiqib ketdi.lek.ma'nosi kutilmaganda qo'rqib ketish.
Sinonimi esxonasi chiqib ketmoq
Hushiga keltirmoq-lek.ma'nosi
O'ziga keltirmoq shaklida
195“Bu safar jungjang juda yaqin kеlib qolgandi, yurishi ham juda ildam. Nayman ona tеzda
Oqmoyaga mina solib, qochib qoldi”
. Matndagi fe’llarni morfologik tahlil qiling.
JAVOB: Kelib qolgandi,yurishi,mina olib,qochib qoldi
Kelib qolgandi-fe'l,harakat,o'timli,bo'lishli,o'.zamon,lllshaxs birlik,ko'makchi fe'lli so'z
qo'shilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |