Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti


II BOB. OLOT TUMANI PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI



Download 123,43 Kb.
bet14/15
Sana25.01.2022
Hajmi123,43 Kb.
#410132
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
YN BMI

II BOB. OLOT TUMANI PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI

2.1.Olot tumani pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishning va malakasini oshirish muammolari tahlili

Taʼlim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi oʼsib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirgan hamda jamiyatda oʼz munosib oʼrnini egallashga qodir boʼlgan — komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir.

Bugungi kunda Olot tumani Xalq ta’limi bo’limi tasarrufida jami 35 ta maktabda 2019-2020 – o’quv yili yakuni ma’lumoti bo’yicha jami 17556 nafar o’quvchi mavjud. Olot tumani umumiy o’rta ta’lim maktablarida jami 1654 nafar pedagoglar mavjud. O’rtacha 10.6 o’quvchiga bir nafar pedagog to’g’ri kelmoqda. Oliy ma’lumotli o’qituvchilar 654 nafar, tugallanmagan oliy ma’lumotli 9200 nafar, o’rta maxsus ma’lumot egalari esa 80 nafarni tashkil etadi.

Ohangaron shahar xalq ta’limi tizimi o’qituvchilarining malaka toifalari bo’yicha ko’rsatgichi quyidagicha:



  • Oliy toifali –98 nafar

  • 1-malaka toifasi – 542 nafar

  • 2-malaka toifasi – 704nafar

  • Mutaxassis – 310 nafar

Olot tumani maktablarida ham boshqa tuman va shaharlarida bo’lgani kabi kadrlar yetishmovchiligi muammosi mavjud. Kadrlar yetishmovchiligi masalasida matematika, fizika, informatika, rus tili, ingliz tili, kimyo va biologiya fanlari asosiy o’rinni egallaydi. Kadrlar yetishmovchiligi va shahar Xalq ta'limi bo’limidagi kadrlar qo’nimsizligi Olot tumani xalq ta’limi tizimining eng asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. O’z navbatida kadrlar yetishmasligi kompetensiyalarini rivojlantirish va malaka oshirish bilan bog’liq tizimli muammolarni ham keltirib chiqaruvchi asosiy omildir.

Ayni vaqtda shahar XTBdagi Metodik yordam bo’limida Aniq fanlar, Jismoniy tarbiya va CHQBT metodistlari, shuningdek bo’lim mudirining o’rinbosari lavozimlari vakant o’rin sifatida bo’sh qolmoqda. Buning asosiy sabablari maoshning kamligi, ish yuklamalarining og’irligi hamda shundog’am maktablarda yetishmayotgan kadrlar orasida ushbu lavozimlarga mos mutaxassislarning yo’qligidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustda Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida 3907-sonli qarori qabul qilingan.

Mamlakatimizda Barkamol avlodni shakllantirsh, yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarining faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.



Quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan Ohangaron shahrida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda:

  • yuksak ma'naviyatli, qat'iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoiy va vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda Ohangaron shahrida barcha ta'lim muassasalarida ma'naviyat darslarida, turli xil tadbirlar yordamida ishlar olib borilmoqda;

  • yoshlarni yot g‘oyalar ta'siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadiryatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash;

  • pedagog xodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirish, ularning moddiy-ma'naviy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda Ohangaron shahrida barcha ta'lim muassasalarida fan o‘qituvchilariga seminarlar tashkil qilinmoqda;

  • yoshlarning xuquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida xuquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olishda Ohangaron shahrida barcha ta'lim muassasalarida IIB xodimlari bilan hamkorlikda profilaktika ishlari tashkil qilindi;

  • yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun Olot tumanida barcha ta'lim muassasalaridagi o‘quvchilarni shahrimizda joylashgan sport maktablarida to‘garaklarga ishtiroki ko’paymoqda.

Olot tumanida maktab o’qituvchilarining kompetensiyalarini rivojlanishi va malakasini oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlarni shartli ravishda quyidagicha ko’rinishda bo’lib chiqish mumkin:

  • Olot tumanida maktab o’qituvchilarining kompetensiyalarini rivojlantirish va o’z ustida ishlashlariga sharoit yaratish maqsadida “Tayanch maktab” dasturining ishlab chiqilganligi(Metod kuni);

  • Sohada ilg’or bo’lgan o’qituvchilarning ishlarini PR tarzida shahar miqyosida ommalashtirilishi;

  • Fan oyliklari doirasida tegishli fan o’qituvchilarining ochiq darslar, tadbirlar va fan yuzasida turli musobaqali o’yinlar tashkil etilishi;

  • Sohada uzoq yillik tajribaga ega bo’lgan ustoz pedagoglar va ta’lim tizimida ish boshlaganiga ko’p bo’lmagan yosh pedagoglar faoliyatini muvofiqlashtirish – “Ustoz-shogird” asosida yosh kadrlar malaka va ko’nikmalarini uzluksiz rivojlantirib borishini ta’minlash;

  • Buxoro Davlat Universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markaziga Olot tumani pedagog xodimlarining malaka oshirishga bo’lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib buyurtmalar berish.

Hozirgi kunda Olot tumani maktablari o’qituvchilarining kompetensiyalarini rivojlantirish va malaka oshirishi yuqorida sanab o’tilgan ishlar bilan cheklanib qolmoqda. Bu esa tizimda ta’lim sifati bilan bog’liq qator muammolarni keltirib chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlariga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ilg‘or tajribali umumiy o‘rta ta’lim maktablari orasidan aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlari bo‘yicha tayanch maktablarni belgilash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ular orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablari tegishli fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish bo‘yicha doimiy harakatdagi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibini belgilangan nizom Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 6-sonli buyrug’iga asosan ishlab chiqilgan edi

2018-yilda tayanch maktablarida fan yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan ona tili va adabiyoti, tabiiy fanlar, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, rus tili va adabiyoti fanlari kesimda tayanch maktablar faoliyati tashkil etilgan.

2019-yilda ona tili va adabiyoti, tabiiy fanlar, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, rus tili va adabiyoti, boshlang‘ich ta'lim, amaliy fanlar (ta'sviriy san'at, chizmachilik, musiqa), amaliy fanlar (jismoniy tarbiya, CHQBT) kesimda tayanch maktablar faoliyati tashkil etilgan.

2020-yilda ona tili va adabiyoti, tabiiy fanlar, aniq fanlar, ijtimoiy fanlar, rus tili va adabiyoti, boshlang‘ich ta'lim, amaliy fanlar (ta'sviriy san'at, chizmachilik, musiqa), amaliy fanlar (jismoniy tarbiya, CHQBT) kesimda tayanch maktablar faoliyati tashkil etilgan.



Tayanch maktablarida tegishli fanlar bo'yicha harakatdagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishdan maqsad umumiy o‘rta ta’lim maktablari fan o‘qituvchilarining fan nazariyasi va metodikasiga oid bilimlarini oshirish, amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishga oid metod va usullar bilan tanishtirish, fanlar bo‘yicha yaratilgan metodik qo‘llanmalar, resurslardan o‘quv jarayonida samarali foydalanishlariga yordam berish, o‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tishga tayyorlash, shuningdek ularning doimiy tarzda mustaqil ta’lim olishlarini yo‘lga qo‘yish, fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish, pirovard natijada ta’lim muassasalarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga erishishdan iborat.21

Bugungi jadal tarraqqiyot davrida yosh аvlodga takomillashtirilgan o‘quv dasturlari asosida ta’lim-tarbiya berib, jamiyatda munosib o‘rnini topa oladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb vazifadir. Shu bois mam­la­katimizda ta’lim-tarbiya tizimiga zamonaviy axborot tex­nologiyalari va multimedia mate­riallarini keng tatbiq etish, o‘quv dasturlari hamda ta’lim mazmunini yangilash, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni keng targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ilg’or o’qituvchilarning darslarini ommalashtirishdan asosiy maqsad zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida innovatsion usullar va AKTni samarali qo’llagan holda olib borgan dars jarayonlari vositasida pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga ta’sir qilish va ushbu usullarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish, natijada zamon talabiga mos sifatli ta’limni tashkil etishdan iboratdir.

Bugungi kunda mustaqil fikrlovchi, bilimli va o’z ustida ishlashda tolmaydigan yosh pedagoglarni o’qitishda va zamon talabiga mos kadrlar yetkazib berishda “Ustoz-shogird” tizimi alohida o’ringa ega. Sohada uzoq yillik tajribaga ega bo’lgan ustoz pedagoglar va ta’lim tizimida ish boshlaganiga ko’p bo’lmagan yosh pedagoglar faoliyatini muvofiqlashtirish – “Ustoz-shogird” asosida yosh kadrlar malaka va ko’nikmalarini uzluksiz rivojlantirib borishini ta’minlash tizimning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ustoz shogird munosabatlarida mustahkam pedagogik-psixologik ko’rsatmalar shakllanib boradi. Ular quyidagicha ko’rinishda namoyon bo’ladi:


  • O’z xatti-harakatlari rejalarini shakllantirish;

  • O’z rivojlanishini kuzatib borish;

  • O’z rivojlanishini tushunish va foydalanilmagan imkoniyatlarni baholash;

  • Mentorlikning yangi malakalarini egallash;

  • Mentorlikning yangi usullari va metodlarini amaliy o’rganish;

  • Samarali rejalashtirish ko’nikmalari;

  • Suxbatdoshini tinglay olish ko’nikmasi;

  • Maxsus qoidalarni bilish va boshqa odamlarni tushunish.

Ustoz-shogird tizimida shogird malakali kadr bo’lib shakllanar ekan, raqobat usullarining har xil turli shakllarini o’zlashtirishi lozim. Bu o’z navbatida ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlab boradi.

Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad - o‘qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va oshirish, ularning ilmiy saviyasini takomillashtirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda shaxsiyatini rivojlantirishdan iboratdir. O‘zbekistondagi xalq ta’limi xodimlarini malakasini oshirish kurslari tashkillanish jarayoniga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, unda turli shakllarni va ularning o‘ziga xos tarixini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni, mamlakatimizda bunday kurslarning kunduzgi, qisqa muddatli va masofaviy o‘qitish shakllari mavjud.

Olot tumani xalq ta’limi tizimida yuqori malakali, sifatli ta’lim berishga qodir, mustaqil fikrlay oladigan yetuk pedagog kadrlarni tayyorlash va yuqorida sanab o’tilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro Davlat Universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga bo’lgan extiyojlarining buyurtmasi berib boriladi.

Buxoro Davlat Universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga 2021-yilda Olot tumani 160 nafar pedagoglarnining malakasini oshirish uchun buyurtmalar berilgan bo’lib, amalda ular to’liq malaka oshirish kurslarida malaka oshirishdi. 2020-yil uchun buyurtma ko’rsatkichi 192 nafarni tashkil etgan bo’lib, amalda 60% ga bajarildi.



Olot tumani xalq ta’limi tizimidagi pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi va malaka oshirishi bilan bog’liq muammolar yetarlicha bo’lib, quyida ular bilan tanishib chiqamiz.


Download 123,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish