Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti



Download 123,43 Kb.
bet15/15
Sana25.01.2022
Hajmi123,43 Kb.
#410132
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
YN BMI

Kadrlar yetishmovchiligi. 2019-2020 – o’quv yili yakuni bo’yicha Olot tumani maktablarida jami 137 nafar o’qituvchi vakant o’rinlari mavjud. (2.1-jadval)

2.1-jadval

Olot tumanifagi maktablarida 2020-2021 o’quv yilida o’qituvchilarga bo’lgan ehtiyoj.22

T/r

Ta’lim muassasasi

Jami

Matematika

Informatika

Fizika

Biologiya

Tarix, huquq

Geografiya

Rus tili va adabiyoti

Ona tili va adabiyoti

Ingliz tili

Boshlang’ich ta’lim

Ma’naviyat asoslari, Milliy g’oya

1

1-maktab

3










1













2







2

2-maktab

5

1

1

1










1




1







3

3-maktab

5

1




1 rus




1 rus










2







4

4-maktab

10

1 rus

2 rus

1 rus

1













1

3 rus




5

5-maktab

10

2

2

1




1










2




1

6

6-maktab

4

1

1

1







1







1







7

7-yordamchi maxsus maktab

1

1 rus































8

8-maktab

2













1










1







9

9-maktab

2






















1




1







Jami:

137

7

6

5

1

2

1

1

1

8

4

1

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Olot tumanidagi bo’limi bilan hamkorlikda vakant o’rinlarini to’ldirish uchun olib borilayotgan ishlar, shuningdek shahar XTB Kadrlar bilan ishlash guruhining barcha urinishlari samarasiz bo’lib qolmoqda.



Pedagog kadrlarning yosh chegaralari muammosi. Birgina rus tili fani misolida oladigan bo’lsak, jami o’qituvchilar soni 44 nafar. Shulardan 25-30 yosh chegarasida 2 nafar, 30-40 yosh chegarasida 2 nafar, 40-50 yosh chegarasida 14 nafar, 50 yoshdan kattalar esa 26 nafarni tashkil etadi. Statistikadan ko’rinib turibdiki, yaqin 5 yilda Olot tumani maktablari rus tili o’qituvchilarining avlodlar almashinuvida jiddiy muammolar yuzaga keladi.

Kadrlar qo’nimsizligi masalasi. Ta’kidlash joizki, kadrlar qo’nimsizligi muammosi bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida birdek dolzab hisoblanadi. Ta’lim tizimida bu masala o’z vaqtida ijobiy hal etilmasligi ta’lim sifati va maktab muhitining yomonlashuvi bilan bog’liq tizimli muammolarni keltirib chiqaradi. 2020-2021 – o’quv yili yakuni bo’yicha Olot tumani maktablarida jami 1661 nafar pedagog o’qituvchilar faoliyat olib boradi. Bu raqam o’ta o’zgaruvchan bo’lib, har chorak yakunida ko’payib yoki kamayib turadi.

Olot tumani maktablarida erkak o’qituvchilar kamligi masalasi. Tumandagi jami pedagoglarning (1661 nafar) bor yo’g’i 590 nafari erkak o’qituvchilar bo’lib, bu raqam oxirgi 3 yilda kamayishda davom etmoqda. Erkak o’qituvchilar kamligi o’quvchilarning xarakter xususiyatlarida o’z aksini topib, yosh avlod vakillarining jur’atsizlik, qat’iyatsizlik kabi ko’rinishlarda namoyon bo’lishi salbiy oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkin.23

Xalq ta’limi tizimidagi maktablar bilan Oliy o’quv yurtlari o’rtasidagi o’zaro integratsiyaning yo’qligi. Oliy o’quv yurtlari hamda Xalq ta’limi tizimidagi maktablar o’rtasidagi integratsiyasininig yo'qligi maktablarda kadrlar borasida, shuningdek, yangi innovatsion g'oyalarni amaliyotga tadbiq etish bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu borada Qo’rako’l tumani tajribasini qo’llash samarali bo’lishi mumkin. Qo’rako’l tumani Xalqaro matematika maktabi fan, ta’lim va ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiyasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida innovatsion guruhlar tashkil etilib hamkorlik shartnomalari imzolangan.24

Oʼzbekiston davlat siyosatinig ustivor yoʼnalishlardan biri milliy qadriyatlarimiz, ezgu gʼoyalarimiz asosida mustaqil fikrlaydigan, jamiyatga munosib, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlgan yoshlarni tarbiyalashdir.

Taʼlim muassasasidagi talim-tarbiya ishlarinig samaradorligi nafaqat oʼquvchining taʼlim muassasasida egallanishi lozim boʼlgan bilim, koʼnikma, malaka kompetentsiyalariga balki, taʼlim muassasasi, uning rahbariga, oʼqituvchining pedagogik mahoratiga, shuningdek, bola yashayotgan oiladagi muhitga uzviy bogʼliqdir.

Shu bois, bu borada uchrayotgan muammolarni hal etishda taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan oʼqituvchilar ehtiyojlarini oʼrganish, oʼquvchilarning qiziqishlarini, muammolarini aniqlash va optimal yechimlarini izlab topish bugungi kunning dolzarb masalalaridan sanaladi.



2.2. Olot tumani maktab o'qituvchilarning uzluksiz pedagogik kompetensiyalarini shakllantirish va malakasini oshirish tizimini joriy etish bo’yicha taklif va tavsiyalar

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan to bugungi kungacha ta’lim jarayonlarida o’tkazilgan tahlillar pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi va tinimsiz o’z ustida ishlashi, malakasini oshirib borishi ta’lim tizimining samarali ishlashini ta’minlaydigan asosiy, haqiqatdan ham hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiya asosida komil inson qilib tarbiyalash, yoshlarda o’z vatani, millatiga muhabbat, o’zlikni anglash, insonparvarlik, fidoyilik, milliy g’urur, ishonch va iftixor kabi yuksak qadriyatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini kamol toptirish hamda o’z kasbining mohir ustasi etib tarbiyalashda pedagoglarning o’rni beqiyosdir.

Shu bois ham o’qituvchilarning kasbiy rivojlanishi va malakasini oshirib borishini ta’minlash, uning sifat darajasini yangi bosqichga ko’tarish davr talabidir.

Bugungi zamon talabi darajasidagi ta’lim tizimida o’qituvchi – yuqori bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lgan, tarbiyalash va ta’lim berish texnologiyalarini puxta egallagan, o’quvchining yuqori sifatli ta’lim olishini ta’minlovchi asosiy omil sifatida ko’riladi.

Olot tumani xalq ta’limi tizimining o’qituvchilar pedagogik kompetensiyalarini shakllantirish va malakasini oshirishi borasida amalga oshirgan ishlari haqidagi ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, Olot tumani ta’lim tizimida muammolar talaygina. Mavjud muammolarning salmoqli qismi kadrlarning malaka oshirishi, kasbiy o’z-o’zini rivojlantirishi, kadrlar qo’nimsizligi, pedagog kadrlar yetishmasligi kabilar bilan bog’liq.

Olot tumani xalq ta’limi tizimida pedagoglarning kasbiy rivojlanishi va uzluksiz o’z ustida ishlagan holda malaka oshirishi bo’yicha o’z taklif va tavsiyalarimni ishlab chiqdim. Quyida tizimni isloh qilishning 5 xil uslubiy shakllarini ko’rib chiqamiz:


  1. Maktab o’qituvchilarining kasbiy madaniyatini shakllantirish;

  2. Uzluksiz pedagogik amaliyot tizimini joriy etish. Ushbu tizim shu paytgacha o’zini oqlagan va bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan “ustoz-shogird an’anasi bilan bog’liq holda amalga oshiriladi;

  3. Olot tumani Xalq ta’limi bo’limi qoshida o’qituvchilar uchun “Psixologik maslahat” guruhini tashkil etish;

  4. Kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida Buxoro Davlat Universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga maqsadli qabul uchun buyurtmalar berish;

  5. Mavjud tayanch maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish. Olot tumani bilan hududiy jihatdan yaqin bo’lgan Qorako’l tumani Xalq ta’limi bo’limlari (XTB) orqali “Tayanch maktab” dasturi doirasida hamkorlikni yo’lga qo’yish.

Maktab o’qituvchilarini pedagogik madaniyatini shakllantirish. Pedagogik madaniyat deganda kasbiy madaniyat mazmuni bilan kasbning o’zaro ta’sir xususiyati tushuniladi. Kasbiy madaniyat mazmuni tarkibiga kasbiy ong, kasbiy faoliyat, kasbiy munosabatlar kiradi.

Kasbiy madaniyat, bu – kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish jarayonining qiziqarli, samarali va zamonaviy bo’lishini ta’minlovchi, jahon talabi darajasida faoliyat olib borishni talab etuvchi mutaxassisning eng muhim shaxsiy sifatlaridan biridir.

Kasbiy madaniyat – yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi:


  • Pedagog shaxsining insonparvarvarlik yo’nalishiga ega bo’lishi, qiziqishlari va qadriyat yo’nalishlarining oliy maqsad – barkamol avlod tarbiyalab yetishtirishga yo’naltirilganligi;

  • Mutaxassislik fanlari, o’qitish metodikasi, pedagogik-psixologiyadan mukammal bilimga ega bo’lish;

  • Pedagogik qobiliyatga ega bo’lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish, kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash – yuzdan o’qib olish);

  • Pedagogik texnikani egallash, ya’ni o’zini-o’zi boshqara olish, o’zaro ta’sir etish va hamkorlikda ishlashni uddalash.

Shunday ekan, yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda har bir pedagog o’z metodikasiga ega bo’lishi kerak.

Kasbiy madaniyat ko’nikmalarini shakllantirish natijasida o’qituvchi:



  • O’z ishiga nisbatan mas’uliyat hissini oshiradi. O’z ustida ishlab yangi bilimlarga ega bo’ladi. Chiroyli gapiradi.

  • Ta’lim-tarbiya jarayonida vujudga keladigan ziddiyatli vaziyatlarni muomala madaniyati orqali ijobiy hal qila oladi.

  • Ma’lumotlarni tushunarli bayon qilish orqali o’qituvchi va talaba o’rtasida o’zaro hurmatni yuzaga keltiradi.

  • Dars jarayonida chiroyli, og’zaki nutq va ohang orqali sog’lom ishchan muhitni yaratishga erishadi.

  • Darsni jismoniy va ruhiy charchoqsiz me’yor darajasida samarali yakunlaydi.

Olot tumani maktab o’qituvchilarida kasbiy madaniyatni rivojlantirish orqali ularning pedagogik konpetensiyalarini shakllantirish, tinimsiz o’z ustida ishlashi, mehnat qilishi, jarayonlar yashindan tez kechayotgan zamon ruhiga moslasha olishi, pirovardida ta’limni samarali va sifatli tashkil etishiga erishish mumkin.

Uzluksiz pedagogik amaliyot tizimini joriy etish. Pedagogik amaliyot o’qituvchilarining pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish da muhim o’rin tutadi. Odatda pedagogik amaliyot deganda yosh pedagogning kasbiy-shaxsiy rivojlanishini rag’batlantirish va uni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlash tushuniladi. Biroq, bu amaliyot faqatgina yosh kadrlarni rivojlantirish vositasi bo’lib qolmay, bir necha yillik tajribaga ega malakali o’qituvchilarni ham qamrab olishi zarur. Bu borada O’zbekistonda uzoq yillar davomida sinovdan o’tgan “Ustoz-shogird” texnologiyasini muvaffaqiyatli davom ettirish lozim bo’ladi.25

Ta’kidlash joizki “ustoz-shogird” texnologiyasi xalq ta’limi tizimida yangilik emas va shu vaqtgacha qo’llanib keladi. Maktab tizimida bu texnologiya qo’llanish doirasi tor bo’lib, asosan yuqori malaka toifasiga ega bo’lgan, uzoq yillik tajribasi bor o’qituvchi hamda endigina ta’lim tizimiga kirib kelgan yosh pedagog o’rtasida integratsiyaga asoslanadi. Lekin, maktab tizimida bu texnologiya yo’nalishini biroz o’zgartirish talab etiladi Olot tumani misolida “ustoz-shogird” texnologiyasining an’anaviy maktab tizimidan biroz chekingan holda “maktab-maktab” usulidan “Oliygoh-maktab” usulini qo’llashni nazarda tutadi. Bu orqali Xalq ta’limi tizimi maktablari bilan pedagogika oliy o’quv yurtlari o’rtasida integratsiyaga erishish maqsad qilingan.



Olot tumani Xalq ta’limi bo’limi qoshida o’qituvchilar uchun “Psixologik maslahat” guruhini tashkil etish. Har bir o`qituvchining aqliy faoliyatdagi individual farqlari ko`p jihatdan uning qobiliyatlari, qiziqish va mayllari, extiyojlarining ijtimoiy ahamiyati bilan bеlgilanadi. Tashabbuskor o`qituvchi qiziqishlarining kеngligi va sеvimli ishiga bеrilganligi o`z vazifalarining muhimligini tushunish, o`z bilimlarini va ta'lim-tarbiyaviy ish mеtodlarini tinmay takomillashtirib borishi bilan faqatgina erishgan muvaffaqiyatlari bilan kifoyalanib qoladigan, pirovardida hayotdan orqada qoladigan nofaol o`qituvchidan ajralib turadi. Shunday qilib, o`qituvchida eng yaxshi individual xususiyatlari rivojlanishini ta’minlaydigan asosiy shartlardan biri uning o`zi ustida ishlashi, tinmay o`z malakasini oshirib borishidir. Psixologiya kursini o`rganish, o`qituvchiga o`z yutuq va kamchiliklarini anglab yеtishda katta yordam bеradi.

O’qituvchining shaxsiy qobiliyatlarini to’g’ri anglagan holda ta’lim jarayonlariga tadbiq etishda ko’maklashish maqsadida Olot tumani Xalq ta’limi bo’limi qoshida maktablar amaliy psixologlarining eng tajribalilarini o’zida jamlagan “Psixologik maslahat” guruhini tuzish va ular ishini har tomonlama rag’batlantirish o’qituvchilarning kasbiy rivojlanishi to’g’ri tashkil etilishi va ta’lim sifatini oshirishda samara beradi. ”Psixologik maslahat” guruhi o’z faoliyatida asosiy yo’nalish sifatida “pedagogik psixologiya”ni olishi mumkin. Pedagogik psixologiya uch qismdan iboratdir: 1.Ta’lim psixologiyasi. 2.Tarbiya psixologiyasi. 3.O‘qituvchi psixologiyasi.26

Bu guruhni tashkil etgan holda biz shu narsaga erishishimiz kerakki, o’qituvchi o’z-o’zini rivojlantirish, mustaqil kasbiy rivojlanish bilan bog’liq duch kelishi mumkin bo’lgan har qanday psixologik muammoli holatlarda psixologlardan maslahat va tavsiyalar oladigan bo’lishi lozim.

Kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida Olot tumani hokimligi bilan hamkorlikda Buxoro davlat universitetiga maqsadli qabul uchun buyurtmalar berish. Shu paytgacha xalq ta’limi tizimida barcha muammolarni keltirib chiqarayotgan kadrlar masalasi tom ma’noda isloh qilingani yo‘q. Aslida barcha sohalardagi eng asosiy muammolarni uquvsiz va bilimsiz kadrlar keltirib chiqarayapti. Xuddi shuningdek, bunday darajadagi kadrlar xalq ta’limi tizimida ham yo’q emas. Biroq, biz kadrlarning uquvsizligi va bilim darajasi pastligi muammosini bartaraf etishimiz uchun eng avvalo kadrlar yetishmovchiligi muammosini hal qilib olishimiz zarur. Avval yetarli kadrlar zaxirasiga ega bo’lmay turib kadrlarni tanlov asosida maktabga qabul qilish haqida gapirish o’rinsiz Olot tumanida jami 35 ta maktab bo’lib, ularda 1661 nafar o’qituvchilar faoliyat yuritishadi. 2019-2020-o’quv yili yakunida aniqlangan o’qituvchilikka vakant o’rinlari soni 237 tani tashkil etmoqda. Bu Olot tumani maktablarida deyarli 18% o’qituvchilar yetishmasligini anglatadi. Undan tashqari ba’zi maktablarda matematika, fizika, kimyo, ingliz tili, tarix fani o’qituvchilari yuklamadan ortiqcha darslar o’tayotganligi aniqlandi (me’yor 20 soat bo’lgani holda 30-35 soatgacha haftalik dars yuklamasiga ega).

Yaqqol ko’rinib turgan kadrlar bilan bog’liq ushbu muammoni hozirgi holatdan kelib chiqib yechishning eng to’g’ri yo’li Olot tumaniga eng yaqin bo’lgan pedagogika Oliy o’quv yurtlariga buyurtma asosida o’qituvchilikka o’qitishdan iboratdir. Amaliyotda bu tizim mavjud bo’lib, buyurtmalarning hozirgi holatida ajratilgan kvotalar miqdori juda kam va kadrlar muammosini to’la hal qila olmaydi.

Joriy o’quv yilida Buxoro davlat universiteti kunduzgi ta’lim shakli doirasida Buxoro viloyatidan o’qishga topshiradigan abituriyentlar uchun jami – 115 ta maqsadli qabul kvotalari belgilangan.27

Mazkur kvotalarning 19 tasi aynan Buxoro viloyati uchun ajratilgan bo’lib, shundan 5 tasi Olot tumani hissasiga to’g’ri keladi.28 Ehtiyoj miqdori 37 ta bo’lgani holda 9 nafar maqsadli qabul bilan kadrlar masalasini uzil–kesil hal qilib bo’lmaydi.

Shu o’rinda savol tug’iladi: nima uchun ehtiyojdan kelib chiqib kvota belgilanmagan? Sabab shuki, odatda kadrlar bilan bog’liq buyurtmalarni shahar hokimligi bilan kelishgan holda beriladi, aynan shuning uchun kvotalar yetarlicha ajratilmay qolgan. Muammoning yechimi shuki, Olot tumani Xalq ta’limi bo’limi bilan Olot tumani hokimligi o’rtasida kadrlar masalasida hamkorlikni yo’lga qo’yish zarur. Shu vaqtgacha shahar hokimligi bilan shahar XTB o’rtasida izchil hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilmaganining asosiy sababi Olot tumani XTBdagi kadrlar qo’nimsizligi masalasidir. Oxirgi uch yilda shahar XTB mudirlari 4 marta almashgan. Demak, agar Olot XTB Buxoro davlat universiteti bilan to’g’ridan to’g’ri hamkorlikni yo’lga qo’ya olsa muammo o’z yechimini topgan bo’lar edi.

Mavjud tayanch maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish. Olot tumani bilan hududiy jihatdan yaqin bo’lgan Qorako‘l tumani Xalq ta’limi bo’limlari (XTB) orqali “Tayanch maktab” dasturi doirasida hamkorlikni yo’lga qo’yish. Ma’lumki, Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 6-sonli buyrug’iga asosan o’quvchilarni xalqaro baholash tizimlariga tayyorlash va maktab o’qituvchilarining kasbiy rivojlanishi uzluksizligini ta’minlash maqsadida “Tayanch maktab” dasturi ishlab chiqilgan edi.

“Tayanch maktab” dasturi asosida Olot tumani 1 va 2 – maktablar tayanch maktablari sifatida tanlab olingan edi. O’tgan 2 yil davomida tayanch maktablar faoliyati 4 ta fan yo’nalishlari bo’yicha yo’lga qo’yilib, muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.

Taklif shundan iboratki, “Tayanch maktab” doirasida faqat tuman maktablari bilan cheklanib qolmasdan Olotga geografik tutashib ketgan Qorako‘l tumani va Olot tumani tayanch maktablari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan holda keng qamrovli ishlarni amalga oshirish mumkin. Bunda hamkorlik qilish bo’yicha kelishuv va shartlari tuman/shahar XTBlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tayanch maktablar sifatida Olot tumani 1 va 2-maktablar, Qorako‘l tumani 17 va 19-maktab tanlab olingan. Ikkita hududdagi tayanch maktablari integratsiyasidan ko’zlangan maqsad maktab o’qituvchilarining kasbiy malaka oshirishining uzluksizligini ta’minlash, shuningdek, boshqa hududlarning ilg’or o’qitish usullarini o’rgangan holda Olot tumani maktablarida ham tajriba sifatida qo’llashdan iboratdir.



XULOSA

Jamiyat rivojlanib, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo’yilgan ijtimoiy talablarning ortib borishi o’qituvchilarning pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish va uzluksiz malakasini oshirish tizimida ham mazmuniy va sifat jihatidan o’zgarishlar zaruratini yuzaga keltirmoqda. Bu o’z-o’zidan paydo bo’lib qolgan zarurat bo’lmay, tub mohiyatida zamonaviy dunyoning zamonaviy bolalarini, yoshlarini sifatli ta’lim bilan ta’minlash yotadi. Ushbu muammoning dolzarbligini ta’kidlab, prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Agar mendan sizni nima qiynaydi? - deb so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman” degan edi. Shuning uchun ham inson kapitalini rivojlantirish yetakchi mavqe’ga ko’tarilgan hozirgi sharoitida kasbiy mahorati yuqori bo’lgan, malakali pedagog kadrlarga bo’lgan jamiyat talablaridan kelib chiqib, maktab o’qituvchisining pedagogik kompetensiyalarni shakllantirishni rivojlantirish va uzluksiz malakasini oshirish zarurati yanada kuchaydi.

Tadqiqot muammosining ilmiy-nazariy asoslarini o’rganish, olib borilgan kuzatishlar va tahlil natijalari Xalq ta’limi tizimidagi maktab o’qituvchilari pedagogik kompetensiyalarni va o’z-o’zini takomillashtirish, shuningdek, tizimga yanada moslashtirish jarayonida katta imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatdi. Ammo mazkur jarayonga bir tomonlama yondashish pedagog mutaxassislarning sifat darajasiga sezilarli ta’sir ko’rsatayotganligi ham amaliyotda tasdiqlandi.

Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axbortni o‘zlashtiradigan va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir bo‘lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslarni yetishtirib bera olishga qodir o’qituvchi shaxsiga qo’yilayotgan malakaviy talablardan kelib chiqib, uning kasbiy rivojlanish tizimini modernizatsiyalash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Maktab o’qituvchilar pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish ularning shaxsiy qobiliyatlari va pedagogik motivatsiyasi yetakchi ijtimoiy-psixologik omillardan biri bo’lib, mazkur jihatlar pedagog kadrlarning o’z faoliyat sohasida rivojlanish va takomillashish jarayonini jadallashtiradi.

Olib borilgan izlanishlar natijasi tahlillari asosida bugungi kunda maktab o’qituvchilarining kasbiy rivojlanishi jarayoniga yaxlit tizim sifatida qaralib, unga nafaqat mazmun, balki o’qituvchilarning faoliyatida moslashish, o’zaro hamkorlikka kirishish, kasbiy madaniyat uyg’unlashuvida bir qator muammolar borligi aniqlandi. Maktab o’qituvchisining kasbiy pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan zamonaviy talablar mazkur ta’lim muassasalaridagi pedagogik jarayonni tashkillashtirishga nisabatan innovatsion yondashuv zaruratini keltirib chiqaradi. Bu esa tadqiqot doirasida kasbiy rivojlantirish jarayoniga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillar va zaruriy shart-sharoitlarni aniqlashtirishni nazarda tutadi.

Shu bois, tadqiqot doirasida mazkur omillarning maktab o’qituvchilarining pedagogik kompetensiyalarni shakllantiris jarayoniga ta’siri o’rganildi va bu boradagi samarali chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Natijalarning yakuniy tahlili va pedagogik-tajriba sinov ishlarining samaradorlik darajasiga asoslanib, ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan quyidagi xulosalar shakllantirildi:

1. Maktab o’qituvchilarini pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish nazariyasi tahlili natijasida uning ilmiy-nazariy asoslari tadqiq etildi.

2. Maktab o‘qituvchilarning pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish mazmunini pedagog mutaxassis shaxsiga qo'yiladigan zamonaviy kasbiy talab va takliflar darajasida takomillashtirish zarurati asoslab berildi.

3. Maktab o’qituvchilarini pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish o’quv jarayonini tashkil etishga innovatsion yondashuvni qaror toptirish zarurati va bunda yaratilgan pedagogik shart-sharoitlarning mavjudligi mutaxassislar kasbiy rivojlanishini shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatishini tajriba natijalari tasdiqladi.

4. Yangicha mazmundagi o’quv metodik majmualarni yaratish, o’qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion shakl va metodlarini ta’lim jarayoniga tadbiq etish va tizimli monitoring jarayonini yo’lga qo'yish pedagoglarning kasbiy o'sish faolligini ta’minlashda, ularning kasbiy-ijodiy qobiliyatlarini va pedagogik kompetensiyalarni shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi.

Yuqorida keltirilgan xulosalar maktab o’qituvchilarning pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish mavjud holatini aniqlashga va bu jarayon samaradorligini oshirishga qaratilgan quyidagi uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishimizga asos bo’ldi:



  • maktab o’qituvchilarini pedagogik kompetensiyalarni shakllantirishni mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish;

  • malaka oshirish kurslari qatorida har bir pedagogning o’z-o’zini takomillashtirishning faol va ta’sirchan usullari: “Ustoz-shogird tizimi, “Tayanch maktab” dasturlarining faoliyatini yanada takomillashtirish orqali kasbiy rivojlanish uzluksizligini ta’minlashga keng yo’l ochish;

  • maktab o’qituvchilarning pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish muhim bo’lgan Kasbiy madaniyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratish;

  • maktab o’qituvchilarining shaxsiy sifatlarini anglashi, shaxsiy sifatlarini namoyon qilishida “Psixologik maslahat” guruhini shakllantirish.

- kadrlar yetishmovchiligi ni bartaraf etish maqsadida Olot tumani hokimligi bilan hamkorlikda Buxoro davlat universitetiga maqsadli qabulni amalga oshirish kerak

- mavjud tayanvh



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

I. Me’yoriy-huquqiy hujjatlar

  1. O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi “O’zbekiston” nashriyoti, T.:2020

  2. "Ta'lim to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 23.09.2020 yildagi 637-son, kuchga kirish sanasi 23.09.2020.

  3. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 23.09.2020 yildagi 637-son

  4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 29.04.2019.yil

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3289-son qarori 26.09.2017

  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-sonli qarori 14.08.2018

  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5538-son farmoni 05.09.2018

  8. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida PF-5712 sonli farmoni 29.04.2019. yil.

  9. Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarori

  10. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori

  11. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori


II.Asosiy adabiyotlar

  1. Brizgalova S.I. Vvedenie v nauchno-pedagogicheskoe issledovanie: uchebnik. 3-nashr. - Kaliningrad: KDU nashriyoti, 2003. 151-b.

  2. Burabaev R.S. Zamonaviy o'qituvchilarning malakasi// Xalqaro eksperimental ta'lim jurnali. - 2015. - № 7. - S. 126-126

  3. Ijtimoiy-siyosiy gazet Olot hayoti”. 2020-yil 30-iyun. № 22 (9529), 4-b.

  4. Ilmiy-pedagogik, metodik, ma’naviy-ma’rifiy jurnal: “Pedagog minbari” №2, 2018-yil.

  5. Isamitdinov S., Madg‘ofurova D., Abdullayeva D., Mardonova H. Psixologiya va pedagogika asoslari. –T.: «Fan va texnologiya», 2014, 5-6-b

  6. Mardonov Sh. Pedagog kadrlarni ta'limiy qadriyatlar asosida tayyorlash va malakasini oshirishning pedagogik asoslari: dis. – Toshkent: 2006. 302-b.

  7. Markova A.K. Psixologiya pedagogicheskoy raboti: kniga dlya uchiteley / A.K. Markov. M.: Nauka, 1993. 192-b.

  8. Moiseev A.M., Moiseeva O.M. Zamestitel direktora po nauchno-metodicheskim voprosam (obyazannosti, polnomochiya, texnologiya deyatelnosti) Posobie dlya rukovoditeley obrazovatel'nix uchrejdeniy M.M. Potashnika. - M.: Rossiya Pedagogika Jamiyati, 2001. – 256-b

  9. “Ta’lim menejmenti”. Xalq ta’limi tizimi rahbar xodimlarining ilmiy-metodik jurnali: 2014-yil 2-son(54) 12-b.

  10. “Til va adabiyot ta’limi” jurnali. Toshkent: 2018-yil. 3-son. 3-b

  11. Pecherkina A.A., Simanyuk E.E., Umnikova Y.L. O'qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirish: nazariya va amaliyot. Monografiya. Ural davlat pedagogika universiteti. Ekaterinburg: 2011. – 7-8 - b.

  12. Pedagogika; Talabalar uchun darslik, o'quv qo'llanma. Ped.institutlari / Ed. Y.K. Babanscm M: Ma'rifat, 1983, 600-b.

  13. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - Т.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017-yil, 311- bet.

  14. Zyazyuna I.A. “Osnovi pedagogicheskogo masterstva” - M.: Ta'lim, 2007 -302-bet.

III. Internet saytlari

  1. Elektron ilmiy kutubxona: www.cyberleninka.ru

  2. Davlat test markazining rasmiy portali: www.dtm.uz

  3. Guliston davlat universitetining rasmiy portali: www.guldu.uz

  4. Magistrantlar va doktorantlar uchun ilmiy nashrlar jurnalining sayti http://www.jurnal.org/

  5. O’quv-metodik portali – www.uchmet.ru

  6. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi www.lex.uz

  7. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi portali: www.uzedu.uz

  8. Onlayn Dissertant portali http://www.diser.biz

  9. Onlayn ensiklopedia uz.wikipedia.org/wiki

  10. Sankt-Peterburg aspirantlari uchun sayt SPb.ru http://asDirantsDb.ru/

  11. Ta’lim portali: library.ziyonet.uz

1 B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - Т. «Sano-standart» nashriyoti, 2017-yil, 311- bet.

2 Burabaev R.S. Zamonaviy o'qituvchilarning malakasi// Xalqaro eksperimental ta'lim jurnali. - 2015. - № 7. - S. 126-126

3 “Osnovi pedagogicheskogo masterstva” I.A. Zyazyuna. - M .: Ta'lim, 2007 .—302-bet.

4 Andragogika – kattalarga ta’lim-tarbiya berish haqidagi fan.

5 Moiseev A.M., Moiseeva O.M. Zamestitel direktora po nauchno-metodicheskim voprosam (obyazannosti, polnomochiya, texnologiya deyatelnosti) Posobie dlya rukovoditeley obrazovatel'nix uchrejdeniy

M.M. Potashnika. - M.: Rossiya Pedagogika Jamiyati, 2001. – 256-b



6 23.08.2019 – sanada Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo’lib o’tgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeyini oshirish yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi

7 Markova A.K. Psixologiya pedagogicheskoy raboti: kniga dlya uchiteley / A.K. Markov. M.: Nauka, 1993. 192-b.

8 Sh. Mardonov. Pedagog kadrlarni ta'limiy qadriyatlar asosida tayyorlash va malakasini oshirishning pedagogik asoslari: Ped.f.dok. dis. – Toshkent: 2006. 302-b.

9 Ilmiy-pedagogik, metodik, ma’naviy-ma’rifiy jurnal: Pedagog minbari. №2, 2018-yil.

10 Pedagogika; Talabalar uchun darslik, o'quv qo'llanma. Ped.institutlari / Ed. Y.K. Babanscm M: Ma'rifat, 1983, S. 600.

11 Brizgalova S.I. Vvedenie v nauchno-pedagogicheskoe issledovanie: uchebnik. 3-nashr. - Kaliningrad: KDU nashriyoti, 2003. 151-b.

12 Pecherkina A.A., Simanyuk E.E., Umnikova Y.L. O'qituvchining kasbiy mahoratini rivojlantirish: nazariya va amaliyot. Monografiya. Ural davlat pedagogika universiteti. Ekaterinburg: 2011. – 7-8 - b.

13 O’quv-metodik portali – www.uchmet.ru

14 Interstate New Teacher Assessment and Support Consortium (INTASC), Washington, DC: Council of Chief State School Officers, 1992.

15 O’quv-metodik portali – www.uchmet.ru

16 Magistrantlar va doktorantlar uchun ilmiy nashrlar jurnalining sayti http://www.jurnal.org/

17 Magistrantlar va doktorantlar uchun ilmiy nashrlar jurnalining sayti http://www.jurnal.org/

18 Sankt-Peterburg aspirantlari uchun sayt SPb.ru http://asDirantsDb.ru/


19 Onlayn Dissertant portali http://www.diser.biz

20 Onlayn Dissertant portali http://www.diser.biz

21 «Til va adabiyot ta’limi» jurnali. Toshkent: 2018-yil. 3-son. 3-b

22 Olot tumani Xalq ta’limi bo’limi ma’lumotlari

23 Geert Xofsted madaniyatlar nazariyasi. Onlayn ensiklopediya portali: en.wikipedia.org/wiki

24 Guliston davlat universitetining rasmiy portali: www.guldu.uz

25 “Ta’lim menejmenti”. Xalq ta’limi tizimi rahbar xodimlarining ilmiy-metodik jurnali: 2014-yil 2-son(54) 12-b.

26 Sodir Isamitdinov, Dilfuza Madg‘ofurova, Dilorom Abdullayeva, Hilola Mardonova. Psixologiya va pedagogika asoslari. –T.: «Fan va texnologiya», 2014, 5-6-b

27 Davlat test markazining rasmiy portali: www.dtm.uz

28 Ijtimoiy-siyosiy gazeta “Ohangaron hayoti”. 2020-yil 30-iyun. № 22 (9529), 4-b.


Download 123,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish