Reja:
Darsning maqsadi: 1.Ta`limiy maqsad: O`quvchilar mavzu bilan tanishtirish va tushuntirish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni qonunlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish
Prokuratura huquqni muhofaza qilish idoralari tizimida yetakchi o‘rinni egallaydi. Prokuratura organlari vaularning xodimlari hisoblangan prokurorlarning vazifalari quyidagilardan iborat:
barcha jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonunlarga itoat qilinishi ustidan nazorat qilish;
davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlar qilinishigayo’l qo‘ymaslik;
fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.
Prokuraturaning bosh vazifasi — qonun ustuvorligini qaror toptirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, davlat tuzumini, davlat va fuqarolarning mulklarini turli jinoyatchilar, huquqbuzarlardan himoya qilish. Prokuror nazorati davlat nomidan, davlatning oliy organi bo’lmish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomidan amalga oshiriladi. O’z yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib borayotgan prokuraturalarning bugungi kundagi tarkibi quyidagilardan iborat: O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
“Prokuror” - fransuzcha so‘z bo‘lib, “qoralovchi” degan ma’noni anglatadi. Lekin lotinchada bu so’z “g‘amxo’rlik qilish” ma'nosini anglatadi.
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning faoliyat yuritish tartibi va vakolatlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Prokratura to’g’risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
So’nggi yillarda mamlakatimizda prokuratura organlari faoliyatini isloh qilish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
fuqarolar prokuror nazorati obyektlari qatoridan chiqarildi;
prokuraturaning inson huquq va erkinliklari ta’minlanishi, uning qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bo’yicha mas’ uliyati oshirildi;
sud qarorlari ijrosini tocxtatib turish huquqi prokuratura vakolatlari doirasidan chiqarildi;
timan va shahar prokurorlarining tergov va ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatini uzaytirish huquqlari bekor qilindi.
O’zbeldston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. Tergov organlari jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi organlar tizimiga kiradi.
Amaldagi qonunlarga muvofiq dastlabki tergov ishlarini:
Milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradilar.
Voyaga yetmaganlar sodir etgan barcha jinoyatlarga doir ishlar bo’yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Tergov apparatining uning qaysi idoraga mansubligidan qafiy nazar vazifasijinoiv ishlarning tez va to’la-tockis tekshiruvi o’tkazilishini ta’mmlashdir.
Tez tekshiruv o’tkazishning ma’nosi shuki, birinchidan, izlar bosilmasdan, ro’y bergan voqea guvohlar xotirasidan chiqmasdan jinovat izlari, ashyoviy dalillar borligida ishning hamma holatlarini aniqlash oson bo’ladi. Bu esa o’z navbatida quyidagilarga imkon yaratadi:
118-modda.
jinoyatchilik oqibatida yetkazilgan moddiy zaraming o‘rni qoplanishini ta’minlash;
jinoiy ish sodir etilishiga yondam bergan sabablar hamda sharoitlarni aniqlash;
qonunchilik mustahkamlanishiga har tomonlama ko‘maklashish;
fuqarolarni qonunlarga humiat bilan munosabatda bo‘ lishlariga erishish.
Tergov organlari tomonidan tergov ishlarini amalga oshirish uchun maxsus yuridik ma’lumotga ega bo’lgan, zamr kasbiy va axloqiy sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan tergovchilar jalb qilinadi. Tergov organlari tomonidan tayinlangan tergovchilar tergov bosqichi davomida:
qonuniylikni;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini;
jinoyat sodir etgan har bir shaxsning jazosiz qolmasligini;
birorta aybsiz shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashlari zamrdir.
Mamlakatimizda mustaqillikyillarida dastlabki tergov bosqichida qonuniylikni, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida keng ko’lamli chora-tadbirlar ko‘rildi. Bulardan eng ahamiyatlisi bu dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini kuchaytirishdir. “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, va’ni ehtivot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiva berish huquqi prokurordan sudga o‘tkazilishi shunday choralar sirasiga kiradi.