Endilikda Rossiya politsiyachilari jamoat joylarida pivo ichganlik uchun qo‘Uaniladigan jazo — jarinia niiqdorini shaxsan o‘zlari belgilaydigan bo’ldilar...
Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi Ma’muriy kodeksning jamoat joylarida pivo ichganlik uchun javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi moddalarigakiritilayotgantuzatishlarni qabul qildi. Endilikdaqonunijodkorlari xuddi shu qonunni buzuvchilarga nisbatan jarimatariqasidagi jazo choralarini kuchaytirishga va ushbu jazo choralarini huquqbuzarlik sodir etilgan joyning bevositao‘zida qoilashga qaror qildilar. Qonundabujarimaning miqdori 100 rubldan 500 rublgacha belgilangan, ammo aniq miqdomi politsiyachining o‘zi belgilaydi.
Shaxslar ma’lum huquqiy qoidalarga, huquqnormalarigaamal qiladilar. Bu qoidalargaamal qilmaslik, ocrnatilgan huquqiy normalarning buzilishiga olib keladi. Bu esa huquqbuzarlik deb ataladi.
Huquqbuzarlik degandajamiyatda o‘rnatilgan va qonunchilik orqali belgilangan tartib yoki umuman ijtimoiy yashash qoidalarini buzish tushuniladi.
Huquqbuzarlik har xil shakllardanamoyon bo‘ladi. Huquqbuzarlikning u yoki bu shaklda namoyon bo‘lishi uning xususiyatlariga bog‘liqdir. Huquqbuzarlik shakllarigajinoyat, nojo‘ya harakat, intizomni buzish kabi xatt-harakatlarni keltirish mumkin.
Huquqbuzarlikning quyidagi belgilari mavjud:
ijtimioiy xavflilik;
huquqqa zidlik;
ayblilik;
jazoga loyiqlik.
Huquqbuzarlik — o‘z xatti-harakatini tushunadigan va unga javob bera oladigan shaxsning huquqqa zid xatti-harakatidan kelib chiquvchi aybidir.
Ijtimoiy xavflilik shundan iboratki, bunda huquqbuzar jamiyatning qadriyatlariga taj ovuz qiladi, inson hayotiga suiqasd qiladi, davlat va boshqa insonlargazararkeltiradi, ularaing mol-mulkini nobud qiladi hamda noxush hodisalar keltirib chiqarib, jamiyat a’zolari manfaatiga zarar keltiradi. O’z oilasi, ota-onasi, jamoasi, yor-u birodarlarini qiyin, uyatli ahvolga solib qo‘yadi. Eng yomoni u o’z kelajagini barbod qiladi.
Huquqqa zidlik—huquqbuzaming qonun yoki huquq nonnalari belgilab qo‘ygan majburiy talablarini buzishidir.
Ayblilik yuqorida ta’kidlanganidek. o‘z xatti-harakatini tushunadigan va unga javob bera oladigan insonning huquqqa zid, qonun talablariga qarshi xatti-harakatidan kelib chiquvchi aybidir. Ayblilik qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo‘ladi. Inson inson sifatida dunyoga kelgan ekan. uning oldida doimo ikki yo‘l — huquqiy normalarga, qonun talablariga vijdonan yoki majburiy bo‘ysungan holda o‘z kelajagini yaratish. jamiyat uchun. o‘z xalqi uchun ijtimoiy foyda keltirish. Ikkinchi yo‘l esa hayoti davomida huquqqa xilof, huquqiy norma va qonun talablarini mensimasdan. bo‘ysunmasdan yashash. Aybli harakat qilish, jamiyatga zararyetkazishdir.
Jazoga loyiqlik—bu har qanday huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishi, jazo esa huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, huquqbuzami muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilishdan iborat majburlov chorasidir.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, jamiyat uchun xavfli bo‘lgan har qanday qilmish huquqbuzarlik deyiladi. Huquq normalari barcha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquqbuzarlik odatda 4 gumhga bo‘linadi: intizomiy huquqbuzarlik; fuqarolik huquqbuzarligi; ma’muriy huquqbuzarlik; jinoiy huquqbuzarlik.
Intizomiy huquqbuzarlik — xizmat burchini bajarib turganda har qanday melmatda majburiy bo‘lgan mehnat tartib-qoidalarining va rahbarlikka bo‘ysunish tamoyillarining buzilishi. Masalan. ishga, o‘qishga kech qolish; ishga yoki o‘qishga sababsiz kelmaslik yoki sababsiz ketib qolish; ishga mast holda, spirtli ichimliklar, narkotik moddalar iste’mol qilgan holda kelish va boshqalar.
Fuqarolik huquqbuzarligi — insonlarning mulkiga yoki shaxsiga qarshi qonunga xilof harakat (yoki harakatsizlik) natijasida yetkazilgan zarar. Masalan, bir shaxsdan qarz olib, uni vaqtida qaytarmaslik; shartnomalarni, majburiyatlarni bajarmaslik va boshqalar.
Jinoiy huquqbuzarlik —jinoyat sodir etish, ya’ni o‘g‘rilik, talonchilik, odam o‘ldirish, ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatish va boshqalar.
Jinoyat — jamiyat uchun xavfli bo’Igan qilmish (harakat yoki harakatsizlik).
Ma’muriy huquqbuzarlik—qonungabinoanma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, fuqarolarga, tabiiy muhitga nisbatan (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik. Masalan, mayda bezorilik; yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalari; pasport tizimi va qayd etish qoidasi (harbiy va pasportni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalari); elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish, atrofmuhitni, tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarni olish mumkin
Huquqbuzarlik tushunchasini chuqurroq o‘rganish uchun huquqbuzarlikning obyekti va subyektini farqlay olishga o‘rganishimiz lozim.
Huquqbuzarlik obyekti — huquq bilan tartibga solinadigan va muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlar. Ijtimoiy munosabatlar o‘zi nima,
degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Odamlar ijtimoiy hayotda o‘z xatti-harakatlariga javob berishga majburlar. Ular ijtimoiy hayotda bir-birlari bilan o‘zaro munosabatga kirishadilar. Aynan mana shu munosabatlar — ijtimoiy munosabatlar.
Huquqbuzarlik subyekti esa, huquqqa zid aybli qilmishni sodir etgan shaxsdir. Aynan shu shaxs huquqbuzar deb ataladi.
Har qanday shaxs ham huquqbuzar deb tan olinavermaydi. Huquqbuzarlik subyekti deb tan olinishi uchun shaxs o‘z qilmishiga javob bera oladigan, aqli raso bo‘lishi shart.
Hikmatlar xazinasidan!
Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.
(Amir Temuf)
Sharhlang!
Qariyb har doim inson oldida huquqqa mos yoki huquqqa zid tarzda harakat qilishni tanlash imkoni bo‘ladi. Agar u ikkinchi yo‘lni tanlasa, bu birinchi navbatda uning o‘ziga, qolaversa, jamiyatga zarar yetkazadi.
Ijodiy faoliyat
Kichik bir hikoya tuzing. Bu hikoyangizda huquqbuzarlik tushunchasini, huquqbuzarlikning asosiy belgilarini, huquqbuzarlik turlarini ifodalovchi holatlarni tasvirlang.
Bunda sinfingizdagi o’rtoqlaringiz bilan to’rt gunihga bo’linib, bir gunihingiz intizomiy, ikkinchi gunih fuqarolik, uchinchi gunih jinoiy, to’rtinchi gunih ma ’miiriy huquqbuzarlikka oid holatlarni tasvirlasin Hikoyalaringizni sinfdoshlaringizga o’qib bering. Boshqa gunihlar hikoyasini taqdim qilgan gunihga savollar berib munozara qilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |