Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar 2. Huquqbuzarlikning qanday belgilari mavjud?
3. Ijtimoiy xavflilik qanday holatlarda vujudga kelishi mumkin?
4. Huquqqa zidlik atamasini qanday tushunasiz?
5. Ayblilik nima degani?
6. Jazolanish, javobgarlik va jazo tushunchalariga oydinlik kiriting.
7. Huquqbuzarlikning qanday turlari mavjud?
8. Intizomiy huquqbuzarlik bilan fiiqarolik huquqbuzarligi, ma’muriy huquqbuzarlik bilan jinoiy huquqbuzarlik o‘rtasidagi farqlarni bayon qiling.
9. Sizning fikringizcha, huquqbuzarlikning qaysi turlari eng og‘ir hisoblanadi? Nima uchun?
10. Huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qanday choralar ko‘rilishi kerak deb hisoblaysiz?
Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va o'rganish
MMIBDO’____________________
23-Mavzu: Huquqiy javobgarlik Reja:
Darsning maqsadi: 1.Ta`limiy maqsad: O`quvchilar mavzu bilan tanishtirish va tushuntirish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni qonunlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish
Burhonov Nosir ilgari ham sudlanib, amnitsiya tufayli jazodan ozod bo’lgandi. Lekin yana jinoyat ko‘chasiga kirdi. Ozodlikka chiqqach, tuman hokimligining qarori bilan ro‘yxatga olingan “SM” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Нзд bo‘lib ish boshladi. Jamiyatning chakana savdo qilish huquqi bo‘lmasa-da, amalga oshirilgan 512 mln so‘mlik tovar aylanmasidan 263 mln so‘mlik xaridorgir mahsulotlarni naqd pulga sotib, naqd pulni bank muassasasiga topshirmasdan, jamiyat ta’sischilaridan ham yashirib, o‘zlashtirib oldi. Burhonov N. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra jazosini oldi. 2006-yil 1yanvardan Germaniyada yangi qaror kuchga kirdi. Unga ko‘ra, qish mavsumida kim avtomobilining ballonlarini qishkisiga almashtirmay avtomobilni boshqarsa, 20 yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Agar mashinasi balloni almashtirilmagani uchun yo‘lda to‘xtab qolsa va harakatga halaqit bersa, jarima ikki baravar oshiriladi. Bunday choralar qish mavsumida Skandinaviya mamlakatlarida ham amalda qo‘llaniladi. Moskva shahar prokuraturasi poytaxt dorixonalarida tekshiruv o‘tkazmoqda. Bunga sabab ko‘plab odamlarning qator dorixonalarda muddati o‘tgan dori-darmonlar sotilishi haqidagi arznomasi bo‘ldi. Prokuratura hamda Moskva shahar sog‘liqni saqlash departamenti hamkorlikda o‘tkazgan tekshirishlarda arizalarda ko‘rsatilgan vajlar to‘liq isbotini topdi. Shuningdek, ayrim dorixonalarda sotilishi man qilingan dori-darmonlar bilan savdo qilinayotgani ham ma’lum bo‘ldi. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, poytaxt prokuraturasi tomonidan 70 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Huquqbuzarlik uchun jazoning muqarrarligi, har qanday huquqbuzarlik ma’lum bir javobgarlik bilan bo‘g‘langanligi tabiiy hol. Lekin ijtimoiy javobgarlikning barcha shakllari ham doimo huquqiy javobgarlik bilan aynan bir xil emas. Huquqiy normalarga asoslangan va davlat majburlov normalari bilan bog‘liq bo‘lgan javobgarlik huquqiy javobgarlikni tashkil qiladi va aynan shu javobgarlikni o‘rganish huquqshunoslik fanining vazifalaridan biridir. Huquqiyjavobgarlik huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asoslangan, o’z qilmishi uchun javob berishi, davlat majburlov choralari ko’rinishidagi oqibatlarga duchor bo’lishi va ularni boshidan kechirishidir.