Huquq manbai davlat irodasini muayyan huquqiy-normativ hujjatlar, qonun aktlarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir. Huquqshunoslik fanida huquq manbalarining quyidagi to‘rt shakli e’tirof qilingan:
Huquqiy odat — bu jamiyat a’zolari tomonidan uzoq vaqt qo‘llanilishi, doimiy takrorlanishi natijasidajamiyat tomonidan qabul qilingan xulq-atvor normasiga ay langan va key inchalik davlat tomonidan tasdiqlangan qoidaga aytiladi. Huquqiy odat qadimgi davrlarda asosiy huquq manbai hisoblangan. Hozirgi paytdaham ayrim davlatlarda, masalan, Buyuk Britaniyada mavjud.
Yuridik pretsedent sudning umummajburiy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq bir ish bo‘yicha qaroridir. Yuridik pretsedentning o‘ziga xos jihati shundaki, u qabul qilingach, o‘shamasalabo‘yichaumummajburiy qoidaga aylanadi. Huquqiy pretsedent ayrim mamlakatlarda, masalan Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliyada huquq manbai hisoblanadi. Lekin, O’zbekiston Respublikasining huquq tizimida qo‘llanilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjat hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan huquq manbaidir. Normativ-huquqiy akt vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan yuridik huquqiy hujjati bo‘lib, umummajburiy xulqatvor qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Qonunchilik vakolatli davlat organlarining qonun chiqarish faoliyati hamda har bir vakolatli davlat organining qat 'iy belgilangan huquqiy-normativ hi4jjatlarni chiqarish huquqiga egaligidir.
Normativ-huquqiy hujjatning belgilari:
huquqiy normalarni belgilaydi;
belgilangan qoidalarning mazmunini bayon etadi;
belgilangan normalarga umummajburiy tus beradi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning quyidagi turlari mavjud:
1. Qonun, shu jumladan, asosiy qonun hisoblangan - Konstitutsiya. Ular, umumxalq ovoz berish yo‘li bilan yoki parlament tomonidan qabul qilinadi;
Farmon davlat boshlig‘ining normativ-huquqiy hujjati;
Hukumat qarorlari va farmoyishlari;
Vazirliklar vaboshqadavlat idoralarining buyruq vayo‘riqnomalari;
Mahalliy ijroiya organlarining qarorlari.
Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning ikki yoki bir necha subyekti tomonidan qabul qilingan bitim bo‘lib, huquq va majburiyatlarni belgilovchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatdir.
Xalqaro shartnoma va boshqa xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar bilan keyingi mavzuda batafsilroq tanishamiz.
Davlat qonun chiqaruvchi organining faoliyati natijasida bajarilishi majburiy bo‘lgan muayyan huquqiy hujjat paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |