Sakrab tо‘p otish. Sakrab tо‘p otishning barcha harakatlarini о‘rgatishni joyida turib boshlash kerak.
Dastlabki holat –tо‘p ikki qо‘llab oldinga ushlanadi. Tо‘p ushlagan qо‘l yuqori kо‘tarilib orqaga uzatiladi.
Tana imla qilingan tomonga sal egiladi, tо‘p ushlagan qо‘l tarafdagi oyoq tizza qismida ozgina bukiladi, tayanch oyoq oldinda barmoq qismlariga qо‘yiladi. Eng muhimi barcha harakatlarning “sinxron”ligiga erishishdir. Shundan sо‘ng bir oyoqda depsinish va depsingan oyoq bilan yana yerga tushish о‘rgatiladi. Buning uchun maydonga qо‘yilagan belgi va sakrab о‘tish uchun qо‘yilagan tо‘siqlardan foydalanish mumkin. Ushbu mashqlar tо‘p bilan “imitatsiya” tariqasida bajariladi.
О‘rganilgan harakat malakalarini mustahkamlash uchun gimnastik skameykalarda bajariladigan qо‘yidagi tayyorlov mashqlaridan foydalanish mumkin:
1.Yugurib kelib skameyka ustidan depsinib tо‘p otishni bajarish. Jarohatlardan saqlanish uchun tushish joyiga gimnastik tо‘shaklar solinadi.
2. Yugurib kelib yerdan depsinib tо‘p otiladi va skameyka ustiga tushiladi. Bu gandbolchiga sakrashning eng baland nuqtasida tez tо‘p otish imkonini yaratadi.
3. Har xil balandlikdagi tо‘siqlar ustidan tо‘p otish texnikasini yaxshi о‘zlashtirishga imkoniyat beradi.
Tо‘p otish texnikasini о‘zlashtirilgandan sо‘ng, darvozaga tо‘p otishni о‘zlashtirishga yordam beradigan har xil variantdagi quyidagi mashqlarni bajarishga kirishiladi:
tо‘g‘ri yugurib kelib, har xil burchakdan tо‘p otish;
Yiqilib tо‘p otish. Yiqilib tо‘p otishni о‘rgatish uchun yumshoq tо‘shak yoki qum bilan tо‘ldirilgan chuqurchalardan foydalanish zarur. О‘rgatishni tо‘p otishning yakuniy bosqichi – yerga tushishdan boshlagan ma’qul. Avval dastlabki xolatdagi ikki qо‘lga, qо‘l bilan oyoqqa va yonboshga tushish о‘zlashtiriladi. Sо‘ng mashqlar tо‘p bilan bajariladi:
Tо‘shak ustida tizzalarida turgan dastlabki holatda qо‘llarga yiqilib tо‘p otish.
Chap tizzada turib, о‘ng oyoqni yon tomonga chо‘zgan holatda tо‘p otilib sо‘ng qо‘llarga tushiladi.
Sakrab tо‘pni otib, darvozabon maydoniga tushiladi va yelkadan umbaloq oshib turiladi.
Malakani egallashda harakatlar dastlab qarshiliksiz bajarilishi lozim. Takomillashtirishda esa, albatta, muntazam himoyachilar qarshiligida bajarilsa maqsadga muvofiq bо‘ladi.