YOSH GANDBOLCHILARDA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
M U N D A R I J A
KIRISH.......................................................................................................................................3
I.BOB. YUQORI SINF О‘QUVCHILARIGA GANDBOL DARSLARINI О‘TKAZISH............................................................................................................6
1.1. Darsni pedagogik jihatidan tashkil qilish...........................................................6
1.2. Gandbol o’yinida о‘rgatish usullari……………………………….………..............15
II. BOB. GANDBOL DARSLARIDA HIMOYA О‘YIN TEXNIKASINI О‘RGATISH..........................................................................................................19
2.1. Gandbol o’yinida himoya о‘yin texnikasini о‘rgatish......................................19
2.2. Gandbol o’yinida himoya taktikasi..................................................................32
2.3. О‘yin taktikasi ................................................................................................39
Xulosa......................................................................................................................49
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati........................................................................50
K I R I SH Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, О‘zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqiloni yо‘lga qо‘yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish, ularning salomatligini mustahkamlash benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, zamon talabiga mos bilimlarni egallagan, jismonan barkamol, yuksak salohiyatli yosh avlod hal etadi.[1]
Yurtboshimizni sportga bulgan qiziqishlari yoshlarni jaxon arenalariga olib chiqmoqda. Sportning barcha turlaridan yoshlarimiz faxrli о‘rinlarni olmoqdalar.
Muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish yuqorida aytilgan omillardan biri inson salomatligini mustahkamlashni ta’minlaydi. Tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori (1999) muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Olimpiya sport turlari, shu jumladan bu sport turlari ichidan mustahkam joy egallagan gandbol sport turini mamlakatimizda rivojlantirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish biz jismoniy tarbiya о‘qituvchi va murabbiylarining oldimizga Prezidentimiz, Hukumatimiz tomonidan qо‘yilgan hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.[2]
Qо‘l tо‘pida xarakatli о‘yinlar va mashqlardan foydalanish katta axamiyatga ega.
Yosh qо‘l tо‘pchilar tayyorlashda bola organizmidagi anatomik-fizilogik jarayonlarning natijasida tayyorgarlikni ratsional rejalashtirish, kо‘p yillik sport mashg‘ulotlarida metod va vositalardan tо‘g‘ri foydalanish zarur xisoblanadi.
Qо‘l tо‘pi darslarining tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari umumiy о‘quv –tarbiyaviy ishlar rejasi bilan belgilanishi.
Bu shaxs fe’l –atvorining asosiy qirralari, jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash, sog‘liqni mustahkamlash hisoblanadi, lekin faqat о‘quvchi shaxsiga hamda uning organizmi funksiyalariga muntazam ta’sir kо‘rsatish bilangina ularni
amalga oshirish mumkin bо‘lishi. Bu vazifalar bir nechta darslar oldidan qо‘yiladi, aloxida mashg‘ulotda esa ular imkon qadar aniqlashtirilishi qо‘yida keng va ravon qilib yoritamiz.