1.2. Gandbol o’yinida о‘rgatish usullari
Harakatlarga maqsadli о‘rgatish о‘qituvchidan о‘qitish usullari tavsiflarini bilishni talab etadi. Hamma usullar shartli ravishda uchta asosiy guruhga bо‘linadi: sо‘zdan foydalanish (sо‘z) usullari, kо‘rgazmali qabul qilish usullari (kо‘rgazmali) va amaliy usuldir. О‘z navbatida, uchta guruhning har biri bir nechta usullardan tashkil topgan.
Sо‘zdan foydalanish usullari.
|
Kо‘rgazmali qabul qilish usullari
|
Amaliy usullar
|
Hikoya, ta’rif, suhbat, tushuntirish, tahlil qilish, kо‘rsatma berish.
|
Plakatlar, kinogrammalar, video yozuvlarni kо‘rsatish, namoyish qilish.
|
Qat’iy tartiblashtirilgan mashqlar uslublari. Kismlarga bо‘lib о‘rganish. Butunligicha kombinatsiyani о‘rganish.
|
Qisman tartiblashtirilgan mashqlar uslublari. О‘yin, musobaqada kombinatsiyalarni qо‘llash.
| О‘qituvchi tomonidan qо‘llaniladigan sо‘zdan foydalanish usullari butun о‘quv jarayonini faollashtiradi, harakatlanishlar tо‘g‘risida yanada tо‘liq hamda aniq tasavvurlarni tahlil qiladi va baholaydi.
Kо‘rgazmali qabul qilish usullari о‘rganilayotgan harakatlarning kо‘z bilan kо‘rish va eshitish orqali qabul qilinishini ta’minlaydi.
Kо‘rgazmali qabul qilish harakatlarni yanada tez, chuqur va mustaxkam egallab olishga yordam beradi, о‘rganilayotgan harakatlarga qiziqish uyg‘otadi.
Amaliy usullar shug‘ullanuvchilarning faol harakatiga asoslangan. Ularni shartli ravishda ikkita guruhga bо‘linadi: qat’iy va qisman tartiblashtirilgan mashqlar usullari. Harakat mashqlari, nagruzka о‘lchamlari, uning о‘sib borishi, dam olish bilan almashinib turilishi va boshqalarni qat’iy tartiblashtirilgan holda harakatlarni kо‘p marta takrorlash bilan tavsiflanadi. Buning natijasida kerakli harakatlarni asta-sekin shakllantirib, alohida harakatlarni tanlab о‘zlashtirish imkoniyati tug‘iladi.
Qismlarga bо‘lib о‘rganish usuli dastlab harakatning alohida qismlarini о‘rganishni, keyinchalik esa kerakli darajada butun holiga birlashtirishni nazarda tutadi. Butunligicha о‘rganish usuli yakuniy maqsadga qarab, harakat qanday kо‘rinishda bо‘lsa, uni shundayligicha о‘rganishni kuzda tutadi.
Qisman tartiblashtirilgan mashqlar uslubi о‘quvchilar oldiga qо‘yilgan vazifalarni hal etish uchun harakatlarni nisbatan erkin tanlashga ruxsat beradi.
О‘yin usuli harakatlarning qat’iy tartiblashtirilganligi, ularni bajarishdagi mumkin bо‘lgan shartlarning yо‘qligi bilan tavsiflanadi; u ijodiy qobiliyatlarni mustaqil namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, mashg‘ulotlarning kо‘tarinki ruhda о‘tishini ta’minlaydi.
Musobaqa usuli maxsus tashkil qilingan musobaqa faoliyatini nazarda tutadi. Bunday faoliyat ushbu holda о‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirish usuli sifatida qatnashadi.
Shunday qilib, о‘quv –trenirovka mashg‘ulotlarida hamma sanab о‘tilgan usullar turlicha birikkan holda, andozali shakllarda emas, balki sport tayyorgarligining muayyan talablarini hisobga olib, о‘zgartirilgan shakllarda qо‘llaniladi. Usullarni tanlashda shu narsaga e’tibor berish lozimki, ular oldinga qо‘yilgan vazifalar, umumiy didaktik tamoyillar, shuningdek, sport trenirovkasining maxsus tamoyillari, shug‘ullanuvchilarning yosh xususiyatlari, ularning malakasi, jinsi va tayyorgarlik darajasiga qat’iy muvofiq bо‘lishi shart.
Qо‘l tо‘pi bilan muntazam shug‘ullanishni 9-10 yoshdan boshlash mumkin. 11- yoshdan boshlab ikki bosqichda 5-7 va 8-9 sinf о‘quvchilari uchun “Umid nihollari” Respublika miqiyosidagi musobaqalarda kuch sinashlariga keng yо‘l ochib berilgan.
Texnik usullarni tegishli taktik harakatlar bilan tо‘g‘ri va samarali qо‘sha bilish о‘rgatish usulining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. О‘rgatish jarayoni ikki bosqichga ajratiladi:
1. Asosiy e’tibor texnik tayyorgarlikka qaratiladi. Texnik tayyorgarlik taktik tayyorgarlikdan oldinroq amalga oshiriladi. Lekin taktikaning asosi shaxsiy harakatlar о‘yin texnikasining dastlabki takomillashtirish jarayonida о‘rganiladi.
2.Taktik tayyorgarlik negizida texnik usullarni takomillashtirishga e’tibor beriladi.
Usullarni yanada samaraliroq takomillashtirish maqsadida har bir gandbolchi uchun taktik harakatlarning eng qulay turlari qо‘llaniladi. Texnika va taktikani takomillashtirish bosqichidagi kо‘p qirrali usuldan tashqari, qismlarga bо‘lish usuli ham (yangi usullarni о‘zlashtirishda xatolarni tuzatish, usullarni bajarish tezkorligini va aniqligini yanada oshirish uchun) ishlatiladi.
Har bir usulni о‘rganishda ularning bosqichlarini kо‘rib chiqish muhimdir. Chunki asosiy ahamiyatni oldin asosiy bosqichga ketish esa boshqa bо‘laklar va sportchining har xil tayyorgarligiga qaratiladi. Har qanday usulni о‘rgatishda texnik –taktik harakatlarni takomillashtirish ketma-ketligiga rioya qilish lozim:
usul bilan tanishtirish;
soddalashtirib usulni о‘rgatish;
usullarni о‘yin holatiga yaqinlashtiirib takomillashtirish;
о‘rganilgan usullarni о‘yinda qо‘llash;
О‘rgatilgan usul va harakatlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni kо‘rgazmali qurollardan foydalanib shug‘ullanuvchilarda ushbu usullar tо‘g‘risida taassurot qoldirish zarur. Kо‘rgazmali qurollardan qayta foydalanganda (kinogramma, rasmlar, jadval, tasmalar), о‘rganilayotgan usul va harakatalarning ancha muhim bо‘laklariga ahamiyat beriladi.
Qо‘l tо‘pi mashg‘ulotining asosi – bu о‘yin. О‘yindan tashqarida о‘rgatiladigan va takomillashtiriladigan har bir texnik usulga juda kо‘p vaqt sarflanadi. Shundan keyin gandbolchilar usullarni soddalashtirgan holda о‘yin vaqtida о‘rganadilar va takomillashtiradilar. Har bir mashg‘ulotda 2-3 dan ortiq usullarni о‘rgatish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |