Amaliy mashg’ulоt №4
Sinf jixozlarini gigiеnik bahоlash.
Sinflar, o'quv kombinatlari va laboratoriya-larning katta-kichikligini, mebel belgilashda mebel va uskunalarning to'g'ri joylashtirilishi, o'quvchilarning bemalol yura olishi, ko'zga zo'r keltirmaydigan sharoit yaratish hisobga olinadi. Sinflarning kattaligi 66 m va laboratoriya kattaligi 70 m2 bo'lsa, bu gigiyena talablariga mos tushadi.
Yorug'lik hamma joyga barobar tushishi, ish joyiga soya tushmasligi, shu'la bermasligi, xona ortiqcha isitib yuborilmasligi kerak. Bino gorizontga nisbatan o'g'ri joylashganda, IV iqlim mintaqasida maktab binosining derazalari janubga, janubi-sharqqa qaratib, o'ng'ay qilib qurilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Bolalar muassasalaridagi xonalarning yorug'lik koeffitsienti 1:4 va 1:5; tabiiy yorug'lik koeffitsienti 1,5— 2%; nur tushish bur-chagi 27, teshik burchagi 5° dan kam boimasligi kerak.
Ship, devor va mebellar rangi yashilroq, och havo rang yoki daraxt tanasi rangida bo'lishi kerak.
Barcha bolalar muassasalarida tabiiy yoragiikdan tashqari, sun'iy yoritish sistemasi yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lishi kerak. Bolalar kombinatida maydoni 60—62 m bo'lgan gurah xonalari-ning har bir quwati 300 vatt bo'lgan 8 ta lampa bilan yoritilgan, bular poldan 2,8—3 metr balandlikda osilgan bo'lishi lozim. Sinf xonalarining bir tekis yorug' bo'lishi uchun har biri 200 vatt quwatli 8—9 lampochka kifoya.
Keyingi paytlarda, ayniqsa maktab xonalarini yoritishda lyuminessent lampalardan foydalanilmoqda, ular yaxshi yoritadi, uncha yaraqlab ketmaydi, yorag'lik bir tekis tarqaladi, spektrlar bir tekis tarqaladi, spektrlar tarkibiga ko'ra kunduzgiga o'xshaydi.
Sinflardagi taxtalar, asosan,ikki devorga o'rnatilgan va ko'chma taxtalarga bo'linadi. Taxtadagi yozuv hammaga ko'rinishi uchun oxirgi qatordagi partalar yoki stollarga nisbatan oraliq kо'pi bilan 8—9 m bo'lishi kerak. Bunday masofada sinf taxtasiga yozilganlarni o'quvchi yaxshi ko'radi.
Sinf taxtalarining yuzasi yaltiramaydigan, silliq jigarrang, yoki to'q yashil tusdagi linoleum, rezina yo bo'lmasa, plastmassadan tayyorlanadi. Taxtaning pastki cheti partalar balandligidan sal yuqoriroq (poldan hisoblaganda 85—95 sm baland) bo'lishi kerak. Yaxshi ko'rinib turadigan bo'lishi uchun taxtalar tepasiga qo'shimcha chiroq o'rnatish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |