Yosh fiziologiyasi va gigienasi



Download 1,22 Mb.
bet96/107
Sana21.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#689662
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107
Bog'liq
yosh fiziologiyasi

Amaliy mashg’ulоt №7
Dars jadvalini gigiеnik bahоlash.
O'quvchining ish qobiliyati, darslarni o'zlashtirish darajasi ko'p jihatdan dars jadvalining gigiyenik talablarga muvofiq tuzilganligiga bog'liq. O'zlashtirishning oson va qiyinligiga qarab, hamma fanlar shartli ravishda juda qiyin, o'rtacha va oson fanlarga bo'linadi. Bi-rinchi juda qiyin fanlarga: fizika, kimyo; o'rtacha qiyinlikdagi fan­larga: tarix, tabiatshunoslik, ona tili, adabiyot, geografiya; o'z­lashtirish oson bo'lgan fanlarga: jismoniy tarbiya, mehnat, ashu-la, rasm kabi fanlar kiradi. O'qish kunining birinchi soatida, ertalabki vaqtda yangigina o'qishga o'rgangan o'quvchining miya hu-jayralarming ish qobiliyati deyarli pastroq bo'ladi. Shuning uchun bu soatga o'zlashtirilishi o'rtacha qiyinlikdagi fanlar qo'yilishi tavsiya etiladi. 4-soatda esa o'quvchilarda charchash belgilari paydo bo'la boshlaydi, shuning uchun dars jadvalining 4-soatiga aqliy mehnat, chuqur fikrlash talab qilmaydigan fanlar (jismoniy tarbiya, mehnat, rasm, ashula) qo'yilishi ish qobiliyatining yana oshishiga imkon beradi va nihoyat 5—6 soatlarga o'rtacha qiyinlikdagi (tarix, tabiatshunoslik, geografiya, ona tili va adabiyot) fanlari qo'yilsa, ularni o'zlashtirish yaxshi bo'ladi.
O'quvchilarning o'zlashtirishi hafta davomida ham o'zgarib tura-di. Dam olish kunidan keyin birinchi o'qish kunida o'quvchi or-ganizmi hali ishga to'liq safarbar qilinmagan bo'ladi. Shuning uchun ham qiyin fanlar iloji boricha birinchi o'qish kuniga qo'yilmasligi kerak. 2—3- o'qish kunlari organizmning ish qobiliyati eng yu-qori darajada bo'ladi va qiyin fanlar hamda kontrol ishlar shu
kunlarda o'tkazilgani ma'qul. 4-o'qish kunidan boshlab organizm-ning ish qobiliyati pasaya boshlaydi, lekin o'qishning 6-kuni ko'rsatkichlarning deyarli pasaygani qayd qilinmaydi. O'tgan asr-da Kamzis o'quvchilarda chorshanba kuni darsni o'zlashtirish qo-biliyatining pasayganini aniqlagan. Lekin bizning olimlarimizning keyingi yillarda olib borgan tadqiqotlariga ko'ra, o'quvchilarda dars-larni o'zlashtirish qobiliyatining pasayishi payshanba kuniga to'g'ri kelar ekan.
Bundan kelib chiqadiki, agar 4-o'qish kuni dars jadvaliga hara-katlanish bilan bog'liq bo'lgan yengil fanlar qo'yilsa, tarbiyaviy soat va ekskursiyalar shu kunda o'tkazilsa, o'quvchilar dam ola-di, natijada 5—6- o'qish kunlarida ularning ish qobiliyati ancha-gina tiklanadi, natijada dars jadvaliga beshinchi va oltinchi o'qish kunlari qiyinroq fanlar qo'yilishiga imkon yaratiladi.
Mehnat va jismoniy tarbiya darslariga ish qobiliyati pasayadi-gan paytlarni ajratgan ma'qul. Boshlang'ich sinflarda mehnat darsini uchinchi darsda, 5—7- sinf o'quvchilarining ustaxonalari-dagi amaliy mashg'ulotlarni esa ertalabki o'qishda 3-4 -darslarda, peshingilarda esa 1—2- darslarda o'tkazish kerak.
Jismoniy tarbiya darsidan keyin kislorod iste'moli tinch tur-gan mahaldagidan ko'ra 7 baravar ortadi. Lekin mehnat talab eti-ladigan keyingi mashg'ulotlar unumli bo'lishi uchun o'quvchi organizmini tinchlantirish maqsadida kislorod iste'molini taxmi-nan 4,5 baravar kamaytirish kerak. Buning uchun kamida 15—20 daqiqa vaqt kerak bo'ladi.
Darslar o'rtasidagi tanaffuslar o'quv kuni davomida o'quv-chilarning dam olishlari uchun mo'ljallangan.
O'n daqiqali tanaffus darsdan keyingi charchoqni bosa olishi ko'p yillik kuzatuvlarda tajriba yo'li bilan aniqlangan, 2-yoki 3-darsdan keyingi katta tanaffus 30 daqiqa davom etishi kerak. Ma-halliy sharoitlarga qarab, 2 va 3 - darslardan davom etadigan ikkita katta tanaffus bo'lishi mumkin.
O'quv mashg'ulotlarini uyda tashkil etishga qo'yiladigan asosiy gigiyena talablaridan biri — bu mashg'ulotlarning kundalik mud-datiga rioya qilishdir. Maxsus tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, uy vazifalari 1-sinfda 30—40 minut, 2-sinfda 1 soat, 3—4-sinflarda 1,5 soat, 5—6- sinflarda 2 soat, 7—8- sinflarda 2,5 soat, 9—11-sinflarda ko'pi bilan 3 soat davom etishi mumkin.
Imtihon davrida o'quvchining kun tartibi o'quv yili davomida o'quvchi ma'lum kun tartibiga moslashadi, shuning uchun ham imtihon davrida kun tartibi ilgarigidek qolaverishi lozim, ya'ni
o'quvchining dars tayyorlash (aqliy mehnat bajarish) ga sarflan-adigan vaqti ko'paymasligi, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishi, uxlashi aslo kamaymasligi kerak.
Har bir imtihonga tayyorlanish uchun kamida 3-4 kun vaqt berilishi kerak. Imtihon vaqtida begona kishilarning ishtirok etishi, savol berishi mumkin emas, chunki o'quvchi hayajonlanib, bil-gan narsalarini unutib qo'yishi mumkin.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi. Sinfdan tashqari ishlarga jismoniy tarbiya va sport seksiyalarida, fan va ha-vaskorlik to'garaklarida qatnashish kiradi. Har bir o'quvchi faqat bitta to'garakda qatnashishi mumkin. Agar o'quvchi xohishi bilan ikkita to'garakda qatnashmoqchi bo'lsa, bittasi, albatta, sport yoki havaskorlik to'garagi bo'lishi kerak, aks holda u charchaydi va salomatligizaiflashadi. To'garak mashg'uloti uchun o'quvchi haftada 2—4 soat vaqt sarfiashi mumkin. Har bir mashg'ulot vaqti 50—60 daqiqadan oshmasligi kerak.
Maktabdan tashqari ishlarga ijodkorlar uyi, bolalar klublari, ekskursiya va turistik bazalar, yoki texniklar, tabiatshunoslar stansiyalari va bolalar teatrlariga qatnashish kabilar kiradi.



Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish