Yosh fiziologiyasi va gigienasi



Download 1,22 Mb.
bet91/107
Sana21.06.2022
Hajmi1,22 Mb.
#689662
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107
Bog'liq
yosh fiziologiyasi

Amaliy mashg’ulоt №2


Sinf хоnasini bo’yalishini gigiyеnik bahоlash


Ustaxona jihozlarini gigienik baholash.
O'quvchilarning mehnat bilan shug'ullanishi ularning jismoniy va aqliy jihatdan uyg'un rivojlanishiga imkon beradi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari mehnat darsida qo'l mehnatining yengil turlari (karton, plastilin, gazlamalar) bilan shug'ullanadilar, o'rta va yuqori sinf o'quvchilarining mehnat darsi har xil kasbni egallash bo'yicha ustaxonalarda, ishlab chiqarish kor-xonalarida, jamoa xo'jaliklari dalalarida, fermalarda o'tadi.
Mehnat darsining samaradorligi ko'p jihatdan gigiyenik talablar asosida tashkil qilinishiga bog'liq. Mehnat darsi ham boshqa fanlar singari 45 minut davom etishi kerak. Boshlang'ich sinflarda ikki darsni qo'shib o'tishga ruxsat etilmaydi, 5-8- sinflarda ikkita mehnat darsi qo'shib o'tilishi mumkin, lekin har 45 minutdan so'ng o'n daqiqali tanaffus beriladi. Yuqorida qayd qilinganidek, boshlang'ich sinflarda uchinchi darsda 5-7- sinf o'quvchilarining ustaxonalardagi amaliy mashg'ulotlarni esa ertalabki 3-4-darslarda, peshingi o'qishda 1-2- darslarda o'tkazish kerak. Chunki, mehnat darsida turli harakatlar natijasida organizmda qon aylanishi, miya hujayralarining kislorod bilan ta'minlanishi yaxshilanadi. Bu esa ish qobiliyatining tiklanishi va keyingi darslarda o'zlashtirishning yaxshilanishiga imkon beradi.
O'quvchilar ishlaydigan ustaxona yorug', harorati me'yorida, havosi toza bo'lishi kerak. Agar maktab binosi ko'p qavatli bo'lsa, ustaxona birinchi qavatga, iloji bo'lsa alohidabinogajoylashtirili-shi kerak. Lekin ustaxonani yerto'laga o'xshash, qorong'i, nam, sovuq binoga joylashtirish mumkin emas.
Ustaxonaning polini taxtadan qilish shart, agar sement yoki yer bo'lsa, bolalar ishlaydigan joyda ularning oyog'i ostiga taxta panjara yasab beriladi. Devor, ship, eshik va deraza romlari och bo'yoqqa bo'yaladi. Har bir darsdan keyin derazalarni ochib, xona havosi yangilanadi, ustaxonaning poli va asbob-uskunalari namlangan mato bilan artib qo'yiladi.
Maktab ustaxonasining har bir xonasi 18—20 o'quvchiga mo'ljallangan bo'lib, sathi 66—70 m, har qaysi o'quvchiga 3,0— 3,3 m2 dan to'g'ri kelishi kerak.
Duradgorlik, temirchilik ustaxonalari dastgohlar bilan jihozlanadi. Dastgohlar ustaxonada 2—3 qator qilib joylashtiriladi, qatorlar o'rtasidagi oraliq 120 sm dan, dastgohlar orasidagi masofa esa 80 sm dan kam bo'lmasligi kerak.
Dastgohlarning kengligi 75 sm dan kam bo'lmasligi, balandligi esa o'quvchilarning bo'yiga mos bo'lishi lozim. Duradgorlik dastgohlarining balandligi quyidagicha bo'ladi: o'quvchining bo'yi 120— 127 sm bo'lsa, dastgoh balandligi 65,5 sm, bo'yi 129—133 sm bo'lsa, dastgoh—70,5 sm, bo'yi 134-141 sm bo'lsa, dastgoh— 77,5 sm bo'lishi kerak. Temirchilik ustaxonasida esa o'quvchi bo'yi 120—127 sm bo'lsa, dastgoh 75,7 sm, bo'yi 128—133 sm bo'lsa, dastgoh—80,5 sm, bo'yi 134—141 sm bo'lsa ,dastgoh—88 sm bo'lishi lozim. O'quvchining bo'yi juda past bo'lsa, uning oyog'i ostiga taxtadan zinacha yasab beriladi.
Ustaxonada texnika havfsizligi choralari ko'rilgan bo'lishi ke­rak. Ishlagan paytda yog'och, temir, tunuka parchalari o'quvchini shikastlamasligi uchun uning ishlayotgan joyi bir metr baland-likdagi mayda sim panjara bilan to'sib qo'yiladi. Ustaxonaga elektr asboblar havfsizlik qoidalariga binoan juda ehtiyotlik bilan chega-ralab joylangan, elektr toki ulaydigan knopka sathidan 3—5 mm chuqurlikda, ajratuvchi knopka esa tekislik sathidan 3—5 mm ko'tarib joylashtiriladi.
Elektr asboblarning havfli qismlari to'sib qo'yiladi, qolgan qismlari yashil bo'yoq bilan bo'yaladi.
Ustaxonani tozalash paytida elektr asboblari tokdan uziladi,chiqindi, axlat, changni tozalash uchun uzun dastali ilgak cho'tka va boshqa asboblardan foydalaniladi. Mashg'ulot vaqtida
mehnat darsi o'qituvchisi va o'quvchilar korjomada (qo'lqop, himoya ko'zoynagi, bosh kiyim va h.k bilan) ishlashlari kerak.
O'quvchi dam olishi uchun uning ishlab turgan joyida qulaylashtirilgan, ya'ni ochib-yopiladigan kursi, buyumlarni qo'yish uchun tumbochka yoki kichkina shkafcha bo'lishi kerak.
O'quvchilar ustaxonada ishlash texnik havfsizligi qoidalari, ish tartibi bilan ham tanishtiriladi.
Ustaxonada aptechka bo'lishi shart. Vaqt-vaqti bilan dorilarni yangilab to'ldirib turish lozim. O'quvchilar o'z-o'ziga va bir-biriga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish qoidasi bilan tanish bo'lishlari kerak.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish