Epifiz bezi. Epifiz bosh miyaning asosi o‘rta miya sohasida joylashgan bo‘lib, uning massasi 0,2 gr. Unda melatonin gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon gipofizning oraliq bo‘lagidan ajra- ladigan intermidin gormoni singari, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.
Epifiz bo‘lajak III qorincha tomini toq bo‘rtmasi shaklida rivojlanadi. Bu bo'rtma hujayralari hosil qilgan zich hujayra mas- sasiga mezoderma o‘sib kiradi va undan epifizning biriktiruvchi to'qimali asosi paydo bo'ladi. Bu asos qon tomirlar bilan birga- likda bez parenximasini bo‘laklarga bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |