Somatotrop gormoni bolalar va o‘smirlarning o‘sishini, rivoj- lanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Agar bolalar va o'smirlarda bu gormon ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘y nor- madan ortiq o‘sib gigantizm rivojlanadi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo'yiga o‘sish sekinlashadi, bu nanizm yoki gi- pofizar pakana deb ataladi. Ularning bo‘yi past bo‘lsa ham aqliy faoliyati normal bo'ladi. Bo‘y o‘sishi to‘xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko‘p ishlab chiqarilsa, akromegaliya kasal- ligi sodir bo'ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo‘l va oyoq panjalarining hajmi kattalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |