Tashqi sekretsiya bezlari. Bularga teridagi ter, yog1, sut, so‘lak, oshqozon va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi. Bularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar to‘qimadan tashqariga ajratiladi. Shuning uchun bu bezlar tashqi sekretsiya bezlari deb ataladi.
Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismla- rida joylashgan bo‘lib, ularda ishlab chiqariladigan suyuqliklar organizmning ichki muhitiga, ya’ni qon va limfaga ajraladi. Shuning uchun bu bezlar ichki sekretsiya bezlari deb ataladi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |