Qalqonoldi bezlari. Bu bezlar qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ularning umumiy massasi 10—12 mg ni tashkil qiladi.
Qalqonoldi bezlaridan paratireoidin yoki paratgormon ish- lanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor al- mashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqarilsa, nerv-muskul sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi ortib odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo‘llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch to‘kiladi, suyaklar yumshab, egiluvchan bo‘lib mo‘rtlashadi, tez sinuvchan bo‘lib qoladi, nerv-muskul sistemasining qo‘zgaluvchanligi juda ortib ketib, odam tanasining umumiy qaltirashi, ya’ni tetaniya yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |