5.2-rasm. Xlorning k yutish koeffitsiyenti logarifimining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi Rasmdan ko‘rinishicha, binafsha sohada koeffitsiyent katta bo‘ladi, undan so‘ng - sarik, yashil, sohada keskin pasayib ketadi va qizil sohada yana ko‘tariladi. Tajribada yorug‘likning shaffof erituvchida eritilgan moddada yutilishida, yutilish yorug‘lik nurining eritmadagi yo‘l uzunligi birligiga to‘g‘ri keladigan yutuvchi molekulalar soniga proporsional ekanini ko‘rsatadi. Yo‘l birligiga to‘g‘ri keladigan molekulalar soni eritma konsentratsiyasi S ga proporsional bo‘lgani uchun k yutilish koeffitsiyenti S ga proporsional bo‘ladi, bundan esa deb olish mumkin. Bundagi - eritma konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lmaydigan, faqatgina yutuvchi modda molekulalarining xususiyatlari bilan belgilanuvchi yangi o‘zgarmas koeffitsiyentdir. k ning bu qiymatini (5.4) formulaga qo‘ysak
Do'stlaringiz bilan baham: |