Elektronlar nazariyasi nuqtai nazaridan qaraganda, yorug‘likning yutilish sababi o‘tuvchi yorug‘lik to‘lqinlarining elektronlarda majburiy tebranishlar qo‘zg‘atishidadir. Elektronlarni tebrantirib turishga energiya sarf bo‘lib u energiya borib-borib boshqa xil energiyaga aylanib ketadi. Agar atomlarning o‘zaro to‘qnashishlari natijasida elektronlar tebranishlarining energiyasi betartib molekulalar harakati energiyasiga aylansa, unda jism qiziydi. Faraz qilamizki, bir jinsli moddada parallel nurlar dastasi tarqalayotgan bo‘lsin. Bu moddada yorug‘likning tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan ikkita parallel sirt bilan chegaralangan dℓ qalinlikdagi cheksiz yupqa qatlamni ajratib olamiz. Nurlarning bu qatlamdan o‘tishida energiya oqimining zichligi - dU miqdorda o‘zgaradi. Bu - dU kamayishni berilgan yutuvchi qatlamdagi energiya oqimi zichligining o‘ziga va qatlamning qalinligiga proporsional bo‘ladi deb faraz etish mumkin (5.1-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |