bezi, ayniqsa, qorin tomondan juda ko‘p traxeyalar bilan ta’minlangan bo‘ladi.
Suyuqlik pufagiga to‘rtinchi va beshinchi juft nafas
teshiklaridan chiqadigan
traxeyalarning tarmoqlari, ipak ajratuvchi bo‘limga esa beshinchi, oltinchi va
yettinchi juft nafas teshiklaridan chiqadigan traxeyalarning tarmoqlari keladi.
Ipak ajratuvchi bezning devori quyidagicha tuzilgan.
Bez sirt tomonidan
qobiq vazifasini o‘tay oladigan pishiq va egiluvchan yupqa parda bilan qoplangan.
Bundan keyin bezli hujayralar qavati keladi. Bular juda yirik hujayralar bo‘lib,
suyuqlik pufagida ularning uzunligi 3,75 mm ga yetadi. Bu hujayralarning yana bir
xususiyati- ularning yadrolari juda ham tarmoqlanib ketganligidir, bu narsa
hujayralarning ipak ajratib chiqarish faoliyati bilan bog‘liq. Hujayralar shakl
jihatidan olti qirrali geometrik jismlarga o‘xshab ketadi.
Har bir hujayra tashqi
tomonga qayrilgan va ichki tomoni botiq bo‘lib, bezning yarim aylanasini, qoplab
turadi. Agar bezdan ko‘ndalang kesik tayyorlab, uni mikroskopda ko‘rsak, ikkita
hujayrani ko‘ramiz, ularning biri bezning qalin halqasimon devorining yuqorigi,
ikkinchisi esa pastki yarmini tashkil etadi. Bezning o‘rta qismida yorug‘lik (yo‘l)
hosil bo‘ladi, bu bezning naychasi hisoblanadi; bezli hujayralar ajratib chiqargan
mahsulotlar ana shu naychalarga tushib to‘planadi. Hujayralar ajratib chiqaradigan
mahsulotlarning asosiy to‘planish joyi suyuqlik pufagidir (shuning uchun ham bu
organ rezervuar deb ataladi).
75-rasm. Ipak ajratuvchi
bezning tuzilishi
A-ko‘ndalang kesigi: tashqi
epiteliy oldi pardasi:
1-bezli epiteliyning bir-biriga
qarama-qarshi
joylashgan
ikkita hujayrasi bilan yadro
zarrachalari:
2-3 shu hujayralarning
ko‘ndalang kesikli ichki cheti:
4-bez naychasi yo‘lidagi ipak
massasi: B-bezli epiteliy
xujayralarining o‘zaro
joylashuvi:
V-bezli epiteliyning ayrim
hujayrasi va yadroning ipsimon
bo‘lakchalari:
G- ipak chiqaruvchi bezning
old tomondagi muskuli, bu
muskul fibroin bo‘limining orqa
uchidan chiqadi.
Bezning o‘rta qismidan o‘tadigan kanal (naycha) spiralsimon yo‘g‘onlashgan
xitin kutikula bilan qoplangan. Kutikulaning hamma joyidan juda mayda naychalar
ketgan bo‘lib, bular orqali hujayralar ajratib chiqargan mahsulotlar asosiy
(markaziy) naychaga o‘tadi. Biroq ipak chiqaruvchi yo‘llarda kutikula birmuncha
boshqacharoq tuzilgan va undan ipak massasi o‘ta olmaydi.
Qurt o‘sgan
sari bez ham kattalashadi, ammo bunda bez hujayralar sonining
ko‘payishi hisobiga emas, balki hujayralar o‘lchamining yiriklashuvi natijasida
kattalashadi, shuning uchun ham ular biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, juda
kattalashib ketadi. Hujayralar o‘sishi bilan birga ularning yadrolari
ham sertarmok,
bo‘la boradi, hujayralari ipak ajratuvchi bo‘limnikiga qaraganda anchagina yirik
bo‘lgan suyuqlik pufagida yadrolar juda ham tarmoqlanib ketadi. Bu vaqtda mayin
donador protoplazmaning vakuollar soni ko‘p bo‘ladi, bu, hujayralarning faol
ravishda ipak ajratib chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Toq chiqaruv yo‘lining o‘rta qismida siquvchi apparat bo‘ladi.
Siquvchi apparat atrofida ipak chikaruv yo‘lining devori yo‘g‘onlashgan va orqa
tomondan kanalga taqalib turgan bo‘ladi, buning natijasida kanal duga -yoysimon
shaklga kiradi, bunda uning botiq tomoni yuqoriga qaragan bo‘ladi. Devorining
yuqorigi va pastki qismlari, ayniqsa, yo‘g‘onlashgandir.
Ipak qurtining
orqa tomonidan yuqoriga, yonga va pastga tomon uch juft
kuchli muskul chiqadi, bu muskullarning ikkinchi uchi teri qoplamining ichki
sirtiga birikkan bo‘ladi. Muskullar qisqarganda siquvchi
apparatning orqa qismi
salgina ko‘tariladi, bunda kanalning yo‘li kattalashadi, muskullar bo‘shashganda
esa orqa qism pastga tushadi va kanalning yo‘li torayadi.
Siquvchi apparat yordamida ipak qurti pilla o‘rash uchun chiqaradigan
ipakning yo‘g‘on-ingichkaligi, ma’lum darajada boshqarib turishi,
kichkina
yoshlarida so‘kchaklardan tushib ketgan vaqtda unga ilashib, osilib qolishi
mumkin.
Juft ipak o‘tkazuvchi yo‘llarining bitta toq ipak o‘tkazuvchi yo‘liga
qo’shilish joyida orqa tomondan unga ikkita shingilsimon kichkina bezning
chiqaruv yo‘llari ochiladi, bu bezlar bosh bo‘shlig‘ining pastki qismiga joylashgan
bo‘lib, ular lione bezlari deb ataladi. Bu bezlarning vazifasi hali aniq ma’lum emas.
Ipak qurti ajratadigan pilla ipagi ikki toladan iborat , bu tolalar bir-biri bilan
bir tekisda va juda puxta birikkandir. Har bir ipak tolasi chin ipak -
Do'stlaringiz bilan baham: