O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Hayvonlarda qanday ikkita asosiy tip muskullar bo‘ladi?
Bulardan qaysi biri hasharotlar uchun xos?
2.Tut ipak qypti tanasi qisqarishini ta’minlovchi muskullarning tuzilishi va joylanishini bayon qiling.
3. Tut ipak qurtning boshida joylashgan muskullar faoliyatini bayon qiling.
4.Muskullardagi uglevod birikmalarining parchalanishi qanday ikki formada bo‘ladi , u yoki bu
formada muskullar holati qanday o‘zgaradi?
5.Muskullar ishlayotganda issiqlik qanday hosil bo‘ladi?
2.13. Tut ipak qurtining chiqarish organlari
Organizmning hayot faoliyati jarayonida hujayra va to‘qimalarni tashkil
etuvchi moddalarning (ular almashinishi natijasida) shu organizmdan chiqarib
yuboriladigan bir qancha parchalanish mahsulotlari hamda energetik birikmalar-
uglevodlar va yog‘larning ajralish (oksidlanish) mahsulotlari hosil bo‘ladi. Bundan
tashqari, foydalanilmagan oziq moddalarning ma’lum miqdori organizmda qoladi va
ular gemolimfaga tushadi, bu moddalar ham borib-borib parchalanadi va ular ham
tashqariga chiqarilib yuborilishi kerak.
Tashqariga chiqarib yuborilishi kerak bo‘lgan moddalarning asosiy qismi oqsil
almashinuvi mahsulotlari hisoblanadi.Bundan keyin oksidlanish jarayonlari
mahsulotlari- korbanat angdirid va suv, mineral tuzlar, foydalanilmagan vitaminlar va
pigmentlar tipidagi boshqa murakkab birikmalar chiqariladi.
Oqsil almashinuvi mahsulotlari, asosan tarkibida azot bo‘lgan moddalardir.
Yuuqoridagi aytib o‘tilganidek, organizm ichida moddalar almashinuvida
qatnashuvchi moddalar yo gaz holatida, yoki suyuq holatda(eritma shaklida) bo‘ladi.
Parchalanish jarayonlari vaqtida hosil bo‘ladigan oqsil almashinuvi mahsulotlarini,
suyuq holatda organizmdan chiqarib yuborish uchun juda ko‘p suv sarflash kerak.
Vaholanki, hashoratlarning suv resursi juda kam, boshqa hayvonlardan farqli o‘laroq,
ularga suv faqat oziq tarkibidangina kiradi. Tut ipak qurtlariga faqat tut barglaridagi
suvning o‘zigina kiradi. Moslanish jarayonida hashoratlar organizmida azotli
mahsulotlar chiqarishning eng kam miqdor suv sarflanadigan formasi hosil
bo‘lganligi tabiiydir. Sut emizuvchi hayvonlarda tarkibida azot bo‘lgan bunday
parchalanish mahsulotlari -amidlar mochevina(siydik) tarzida ajralib chiqadi, bunday
hol hashoratlarda suv bo‘lgan taqdirdagina mumkin, ammo hashoratlarda bunday
chiqarish formasiga ega bo‘lish imkoniyati yo‘q, ularda parchalanish mahsulotlari
siydikka emas, balki siydik kislotaga aylanadi.
Siydik kislota organizmning hujayra va to‘qimalaridan gemolimfaga, undan esa
maxsus chiqaruv organlariga - Malpigiev naychalariga tushadi. Gemolimfada ko‘p
miqdor siydik kislota bo‘lishi hashoratlar sinfi uchun xarakterli belgi bo‘lib ,bu bilan
hashoratlar sinfi boshqa umurtqasizlardan farq qiladi. Siydik kislota tuplangani sari
uning konsentratsiyasi oshib boradi, siydik kislota, umuman suvda yaxshi erimasligi
sababli, undan chiqindi –kislota kiristallari paydo bo‘la boshlaydi. Bu kristallar
ichakning orqa qismida to‘planuvchi ekskriment (axlat ) tarkibiga kiradi va u bilan
birga hashorat tanasidan tashqariga chiqarilib yuboriladi. Tut ipak qurtlari tarkibida
azot bo‘lgan parchalanish mahsulotlarning 85% dan ortiqrog‘i ana shunday yo‘l bilan
tashqariga chiqarib yuboriladi.
Malpigiev naychalarida ajralib chiqadigan moddalar orasida siydik kislotadan
tashqari ko‘pincha kalsiy oksalat kristallari ham uchraydi, bular ipak qurtlari ozig‘ida
tarkibida kalsiy bor tuzlarning ko‘payib ketishi natijasida hosil bo‘ladi. Tut ipak
qurtlari organizmida hosil bo‘luvchi kalsiy karbonat ,kalsiy fosfat, natriy xlorid,
ammoniy va boshqa anorganik birikmalar ham xuddi ana shu yo‘l bilan tashqariga
chiqarib yuboriladi.
Malpigiev naychalari oltita uzun, ingichka naychalardan iborat bo‘lib, ular
ichakning har bir yon tamoniga uchtadan joylashgan. Bu naychalar to‘g‘ri ichak
devorining oldingi chegarasiga yaqin joydagi ichki qavatdan boshlanib , ularning
boshi berk (ko‘r) bo‘ladi. Naychalar egri-bugri holda to‘g‘ri ichakning orqa
chegarasigacha boradi, yana orqa tomonga qayrilib ,ana shunday egri-bugri holda ,
endi ichak devorining anchagina ustki qavati bo‘ylab, to‘g‘ri ichakning oldingi
chegarasiga keladi va shu yerdan tashqariga chiqadi. Shundan keyin yo‘g‘on va
ingichka ichaklar devorini mayda egri-bugri bo‘lib qoplab olgan holda,o‘rta ichak
bo‘ylab ko‘krak bo‘g‘imlari tomon yo‘naladi,bunda to‘rtta naycha tananing orqa
(elka) tomonidan, ikkitasi esa qorin tomonidan keladi. O‘rta ichakning o‘rta
qismlarida ,taxminan, qorin qismining uchinchi- to‘rtinchi bo‘g‘imlari baravarida
naychalar orqa tomonga qayriladi. Tananing orqa tomonidan kelayotgan to‘rtta
naychaning o‘rtadagi ikkitasi bir oz beriroqdan orqaga qayriladi, shuning uchun ham
ular yon tomondan kelayotgan naychalarga qaraganda kaltaroq bo‘lib ko‘rinadi.
Tananing bir yon tomonidagi Malpigiev naychalarining uchtasi ingichka ichakka
borib, bitta umumiy kalta yo‘lga (nayga) qo‘shiladi va bu yo‘l siydik pufagiga
(qovuqqa) ochiladi. Tananing har qaysi yon tomonidan bittadan ikkita siydik pufagi
kalta yo‘llar (naylar) bilan ingichka ichakka tutashadi. Malpigiev naychalarining
devorlari yirik hujayralardan iborat, ularning har biri naychalar ko‘ndalang kesimi
aylanasining yarmini egallaydi. Hujayralarning tuzilishi organizmning yoshiga,
fiziologik holatiga va naychasining qismiga qarab o‘zgaradi. Ipak qurti yosh vaqtida
hujayralar yadrosi yumaloq, keyinroq borib, tarmoqlangan shaklga kiradi. Hujayra
protoplazmasi juda to‘rsimon yoki katak- katak holda tuzilgan va pigmentli
donachalari bo‘ladi, buning natijasida naychalar ko‘kish tovlanadigan sarg‘ish-
qo‘ng‘ir rangda ko‘rinadi.
Malpigiev naychalarining faoliyati ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich
tarkibida siydik kislota tuzlari bo‘lgan suvli eritmalar tana bo‘shlig‘idan
naychalarning orqa bo‘limi bo‘shlig‘iga so‘riladi. Bu erdan suvli eritma naychaning
oldingi bo‘limga o‘tadi.
Yo‘lda avval siydik kislotaning ishqorli birikmalaridan erkin siydik kislota
ajralib chiqadi. Oldingi bo‘limda ikkinchi bosqich o‘tadi; bunda eritmadan suv ajralib
chiqadi hamda karbonad ishqorlar bilan birga shu bo‘lim devorlaridan so‘riladi va
yana qaytadan tana bo‘shlig‘iga ajralib chiqadi. Konsentrlangan eritmadan esa
Malpigiev naychalari yorig‘iga siydik kislota kristallari cho‘kadi,ular siydik pufagi
tomon harakatlanadi va bu yerdan orqa ichakning ingichka ichagiga tushadi. Shu
kristallar bilan birga ingichka ichakka kalsiy oksalat va suyuq holatda ajralib chiqqan
boshqa mahsulotlar ham tushadi. Ingichka va yo‘g‘on ichaklarda bu mahsulotlar
batamom suvsizlanadi va ekskrementga qo‘shilib ketadi.
Malpigiev naychalarining oldingi va orqa bo‘limlarida sodir bo‘ladigan
jarayonlarning har xilligiga ko‘ra bu bo‘limlar hujayralarining faoliyati ham har xil
bo‘ladi. Ajralish jarayonida orqa bo‘lim hujayralari faqat suyuq qismini beradi,oldingi
bo‘lim hujayralari esa suvni so‘rib olish va kristallik birikmalarini ajratib chiqarish
xossasiga ega bo‘ladi. Bunday kristallik birikmalar hujayralarda va siydik
tutashadigan naychalarning past tomonga tushuvchi shoxchalari yorug‘ida ayniqsa
ko‘p.
70-rasm
Malpigiev naychalari
(o‘ng tarmog‘i):
1-.-orqa chiqaruv teshigi
2-keyingi ichak
3-sp -suyuqlik pufakchasi
(siydik pufakchasi):
Naychalarda ajralib chiqqan mahsulotlar naychalarning devorlari va ichakning orqa
bo‘limi muskullaridagi bosimning ichak devorlarida joylashgan naychalarning uchi
berk qarab bosishi natijasida ichakning orqa bo‘limi tomon suriladi.
Malpigiev naychalarida ajralib chiqadigan mahsulotlarning tarkibi va miqdori
organizm rivojlanishining har xil bosqichlarida moddalar almashinuvi amalga
oshirishda sodir bo‘luvchi biokimyoviy jarayonlardagi sifat va miqdoriy
o‘zgarishlarni o‘zida aks ettiradi. Kichik yoshdagi ipak qurtining Malpigiev
naychalarida ajralib chiqadigan moddalar tarkibida siydik kislotaga qaraganda kalsiy
oksalat birmuncha ko‘p bo‘ladi. Katta yoshdagi ipak qurtlari Malpigiev naychalarida
ajralib chiqadigan moddalar tarkibida esa, aksincha, siydik kislota ko‘p bo‘ladi.
Shunday bo‘lishiga qaramay, kichik yoshdagi ipak qurtlari beshinchi yoshdagi ipak
qurtiga qaraganda tirik vazn birligiga nisbatan ikki marta ortiq siydik kislota ajratib
chiqaradi. Bunday farqlar bo‘lishining sababi,bir tomondan, ipak qurti ozig‘i tarkibi
o‘zgaradi, ikkinchi tomondan esa, kichik yoshdagi ipak qurtida,asosan,o‘sish va ko‘p
energiya sarflash jarayonlari sodir bo‘ladi,bunda oqsil moddalari intensiv ravishda
parchalanadi va to‘la foydalaniladi, natijada siydik kislota ko‘rinishidagi chiqindi
ko‘p hosil bo‘ladi: beshinchi yoshda esa yuqorida aytib o‘tilgan jarayonlardan
tashqari, oqsillar shaklida ham, shuningdek sintez qilingan yog‘lar shaklida va qisman
uglevodlar shaklida ham zahiralar (rezervlar) to‘planadi, binobarin, chiqindilarning
solishtirma miqdori ham kamayadi. Buni quyidagi jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |