2.14. Tut ipak qurtining ipak ajratuvchi bezlari
Ipak hosil bo‘lishi va uning ajralib chiqishi tut ipak qurtlaridagi oqsil
almashinuvi jarayonining eng katta qismidir: Ipak ishlab berish uchun ipak qurti
tanasidagi juda ko‘p oqsil va ko‘p miqdor energiya sarf bo‘lishi kerak. G‘umbakning
vazni odatda ipak qurti vaznining yarmini tashkil etishi hisoblab chiqilgan. 12% gacha
quruq modda va 13% energiya pilla o‘rash uchun sarf bo‘ladi. Ipak hosil qilish- ipak
qurtining rivojlanish davridagi faoliyatsiz va himoyasiz bosqichida (g‘umbaklik
bosqichida) qo‘lay sharoit vujudga keladigan maxsus ajratish faoliyatidir. Bu faoliyat
organizmning tashqi muhitga nihoyatda moslanishidan iborat,
chunki buning
natijasida bu bosqichdan oldingi bosqich uchun mo‘ljallangan moddalar almashinuvi
shu bosqichda bo‘lib o‘tadi, ya’ni g‘umbaklik bosqichidan oldin ipak ajralib chiqadi.
Xonakilashtirilgan ipak qurtlari juda ko‘p ipak ajratadi, bu uzoq vaqt olib borilgan
tanlash ishlari natijasidir; xonakilashtirilmagan ipak
qurtlari anchagina kam ipak
ajratadi.
Ipak - maxsus bez ajratib chiqaradigan quyuq cho‘ziluvchan suyuqlikdir. Ipak
ajratuvchi bez kelib chiqish jihatidan so‘lak bezlarining shakli o‘zgargan ikkinchi
juftidir. Ipak ajratuvchi bez - juft naysimon organ bo‘lib, deyarli tiniq, shishasimon
juda ochiq qahrabo (och sariq ), ba’zan yashilroq rangli bo‘ladi.
Bu bez qurt tanasi
bo‘shlig‘ining ikki yonida va ichakning o‘rta yo‘lidan salgina pastroqda joylashgan,
faqat umumiy hajmi jihatidan undan salgina kichikroqdir. Bezning har bir tomoni ipak
ajratuvchi bo‘lim bilan boshlanadi, undan keyin suyuqlik pufagi keladi, suyuqlik
pufagidan suyuqlik yo‘llari ketadi, bu yo‘llar pastki labga joylashgan ipak ajratuvchi
toq naychaga borib qo‘shiladi va shu yerga kelib tugaydi. Ipak ajratuvchi bo‘lim ipak
qurti qorin qismining oltinchi bo‘g‘imidan boshlanadi va nisbatan ingichka egri-bugri
naychadan iborat bo‘ladi.
Bu bo‘lim bezning eng uzun qismi bo‘lib, ipak qurti
beshinchi yosh oxiriga
yetganda juda uzayib ketadi; egri-bugri joylarining oralig‘i ham shunga muvofiq
ravishda uzayadi, uning egiklari qorin qismining ettinchi va sakkizinchi bo‘g‘imlariga
borib kiradi. Qorinning to‘rtinchi yoki beshinchi bo‘g‘imida ipak ajratuvchi
bo‘limning old qismi kengaya boshlaydi va bezning eng yo‘g‘on qismiga - suyuqlik
pufakchasiga aylanadi.
Suyuqlik pufakchasi ikki joyidan keskin qayrilgan bo‘lib,
bir- biriga parallel
joylashgan uchta tirsak (burilish) hosil qiladi. Ikkinchi (o‘rtadagi) tirsak qolgan
ikkitasiga qaraganda bir oz uzunroq va yo‘g‘onroq bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi
tirsaklar oralig‘idagi yegik birinchi yoshdagi ipak qurtlari qorin qismining ikkinchi
bo‘g‘imida bo‘ladi.
Beshinchi yoshda o‘sib ketgan bezda u ko‘krak qismining ikkinchi bo‘g‘imiga
ko‘chadi. Ikkinchi va uchinchi tirsaklar oralig‘idagi ikkinchi
egik birinchi yoshdagi
ipak qurtlari qorin qismining uchinchi bo‘g‘imida, beshinchi yoshdagi qurtlarning esa
oltinchi bo‘g‘imiga joylashgan. Shunday qilib, birinchi yoshdagi qurtlarda suyuqlik
pufagi o‘rtadagi tirsagining bo‘yi bir bo‘g‘im uzunligicha qisqaradi, beshinchi
yoshdagi qurtlarda esa yetti bo‘g‘imni egallaydi; beshinchi yoshdagi qurtlarda o‘rta
tirsakning yo‘g‘onligi 5 mm ga yetadi. Uchinchi tirsak, asta-sekin ingichkalanib borib,
juft chiqaruv bezining eng ingichka qismi - juft yo‘lga aylanadi: uning yo‘g‘onligi
beshinchi yoshdagi qurtlarda 0,2- 0,3 mm, ya’ni suyuqlik pufagidan 15 marta ingichka
bo‘ladi.
Juft chiqaruv yo‘lining naychalari birinchi yoshdagi qurtlarda to‘g‘ri
chiziq
bo‘ylab yotadi, beshinchi yoshdagi qurtlarda esa halqa-halqa bo‘lib buraladi; bular
qorin qismining ikkinchi yoki uchinchi bo‘g‘imlaridan boshlanib, bosh bo‘shlig‘ida
tugaydi, bu yerda ular bitta toq yo‘lga qo‘shiladi, bu yo‘l butunlay boshga joylashgan
bo‘lib, o‘z navbatida uch bo‘limdan: orqa, ipak siqib beruvchi va oldingi
bo‘limlardan iborat bo‘ladi.
Orqa bo‘lim juft yo‘llar qo‘shilgan y yerdan boshlanadi va naychaga o‘xshagan
bo‘ladi: ipak siqib o‘tuvchi bo‘lim maxsus presslovchi organdir;oldingi bo‘lim ham
naychadan iborat bo‘lib, bu naycha pastki labga joylashgan konussimon
do‘mboqchadagi- ipak ajratish naychasidagi teshik bilan tamomlanadi.
73- rasm .[27]
Ipak ajratuvchi bez - juft
naysimon organ
a- tiniq,
shishasimon juda ochiq
b-kahrabo (och sarik):c- och
pushti: d- pushti rangli
Ipak ajratuvchi bezning o‘lchami biror zot qurt pilla o‘rash vaqtida ajratib
chiqaradigan ipakning miqdoriga to‘g‘ri keladi.
Serhosil zot qurtlarning bezi kamhosil zot qurtlarning beziga qaraganda ikki
martadan ziyodroq yirik bo‘ladi. Ularda ipak ajratuvchi bo‘lim, ayniqsa, yaxshi
rivojlangan bo‘lib, serhosil zot qurtlarda kamhosil zot qurtlarnikiga qaraganda 3,3
marta uzun va 6 marta og‘ir bo‘ladi.
Ipak ajratuvchi bezlar har bir bo‘limining (ipak ajratuvchi, suyuqlik pufagi
va juft hamda toq chiqaruv yo‘llarining) uzunligi o‘rta hisobda quyidagicha
nisbatda bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: