Yorqinoy mirzayeva tut ipak qurti


Kapalak -  tut ipak qurtining jinsiy jihatdan yetilgan bosqichidir



Download 12,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/87
Sana13.12.2022
Hajmi12,66 Mb.
#884390
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87
Bog'liq
pdf (2)

Kapalak - 
tut ipak qurtining jinsiy jihatdan yetilgan bosqichidir.
 


38-rasm. [27] 1-2.Pilladan chiqgan kapalaklar. 
G‘umbaklik po‘stini tashlagandan keyin kapalak jig‘ildonidan pilla qobig‘ini 
yumshatadigan maxsus suyuqlik ajratadi. So‘ngra kapalak pilla ipaklarini oyoqlari 
bilan itarib, hosil bo’lgan teshikni boshi bilan kengaytirib, undan chiqadi.
Birmuncha qurigach, qanotlarini to‘g‘rilagach, kapalak juftlasha boshlaydi. 
Juftlashgandan bir oz vaqt o‘tgach (ba’zan esa shu vaqtda) ular ajratilgandan so‘ng 
urg‘ochi kapalak tuxum (urug‘) qo‘yishga kirishadi. Tut ipak qurtining to‘la 
rivojlanish davri shu bilan tugaydi. 
39-rasm.1.2.3.4..Urg‘ochi kapalakni juftlashish va tuxum (urug‘) qo‘yish 
jarayonlari. 
1-juftlashayotgan kapalaklar. 
2-tuxum (urug‘) qo‘yayotgan urg‘ochi kapalak 


3-tuxum (urug‘) qo‘yayotgan urg‘ochi 
kapalak 
4-sog‘lom tuxum (urug‘) 
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1.Tut ipak qurti qaysi sinfga, turkumga, oilaga, avlod va turga mansub? 
2.Turning lotincha nomlarini yozing. 
3.Tut ipak qurtini rivojlanish bosqichini aytib bering. 
4.Monovoltin, bivoltin va polivoltin zotlarning asosiy biologik farqi nimada ? 
5.Tut ipak qurtini qurtlik bosqichi necha yoshga bo‘linadi va yoshlarini taxminan davomiyligi?. 
6. Tut ipak qurtini yoshlari o‘rtasida qaysi biologik jarayon chegara hisoblanadi? 
7. Tut ipak qurtini qurtlik bosqichini davom etishini qaysi yo‘l bilan boshqarish mumkin? 
 
 
2.2. Tut ipak qurtining tashqi tuzilishi 
Tut ipak qurti o‘z hayotining to‘rtta bosqichidan, faqat qurtlik bosqichidagina 
oziqlanadi. Qurtlik bosqichi 25 - 30 kun davom etib, bu davrda ipak qurti o‘zining 
hayot faoliyati uchun va g‘umbaklik, kapalaklik hamda tuxumlik bosqichi uchun ham 
etadigan ortiqcha oziq moddalari to‘play olishi kerak. Bundan tashqari, g‘umbak va 
kapalaklar hayot jarayonlarining intensivligi va qanday o‘tishiga urg‘ochi kapalak 
tanasida shakllanadigan tuxumlarning miqdori, bu tuxumlardagi oziq moddalar 
zahirasi va ipak qurtidagi bir qator irsiy xususiyatlar ipak qurti hayoti davomida 
qancha miqdorda oziq moddalar to‘play olishiga, bu moddalarning tarkibi qanday 
bo‘lishiga bog‘liq. Qurtning vazni va pilla hosil bo‘ladigan ipak tolasining ayrim 
texnologik xususiyatlari qurtlik bosqichi davrida o‘zlashtirilgan oziq moddalarning 


sifati va miqdoriga bog‘liq. 
Tut ipak qurti monofag hasharot hisoblanadi, ya’ni bir tur oziq - tut daraxtining 
barglari bilan oziqlanadi. To‘g‘ri, qurtni ayrim boshqa o‘simliklar qoqio‘t, maklyura 
va ko‘knori barglari berib boqish mumkin, lekin oqibatda qurt pilla o‘ramasdan 
nobud bo‘ladi yoki juda sifatsiz pilla o‘raydi.
Tut bargining oziqlik sifati asosan, undagi oqsil va uglevodlar miqdoriga, bu 
moddalarning o‘zaro nisbatiga va bargdagi suvning ko‘p-ozligiga bog‘liq. 
Qurtlar oziqni yaxshi yeyishi va o‘zlashtirish uchun u yashayotgan tashqi sharoit 
katta ahamiyatga ega. Bu sharoit eng avvalo, harorat, ma’lum darajadagi havoning 
nisbiy namligi, qurtlarning joylashishi uchun yetarli joyning bo‘lishi,havoning doimo 
toza bo‘lishi, yorug‘likning hamma tomonga bir xil tarqalishi, ipak qurtining kasallik
qo‘zg‘atuvchilardan saqla-nishidan iboratdir. Ipak qurti qulay sharoitda ko‘p 
ovqatlanadi va bargdagi oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi, yaxshi o‘sadi va 
rivojlanadi, pishiq og‘ir pilla o‘raydi.
Ipak qurti o‘raydigan pillaning ipak tolasi yuqori texnologik xususiyatga ega; 
g‘umbakdan ko‘p miqdorda tuxum (urug‘) qo‘yishga layoqatli bo‘lgan, yaxshi 
rivojlangan kapalak chiqadi. Tuxumda esa embrion rivojlanishi, undan so‘ng 
tuxumdan yangi ipak qurti chiqishi uchun zarur bo‘lgan ko‘p miqdorda oziq 
moddalar bo‘ladi. 
Ipak qurtining tashqi muhit sharoitiga (oziq ham shu sharoitga kiradi) bo‘lgan 
talabini bilish uchun uning tanasida yuz beradigan hayot faoliyati jarayonlarini va 
bu jarayonlarning natijasi, tezligiga tashqi sharoit qanday ta’sir etishini o‘rganish 
kerak. Ipak qurtining o‘zi ham tashqi sharoitga ta’sir qilishini unutmaslik kerak, ya’ni 
ovqatlanishi va nafas olishi natijasida u o‘zidan ekskrement, karbonat angidrid, suv 
va issiqlik ajratadi.Ushbu jarayonlar xonadagi havoni, harorat va namlikni,
o‘zgartirishini e’tiborga olish kerak. 
Ipak qurtining tanasi cho‘zinchoq, deyarli silindrsimon bo‘lib, uch qismdan; 
bosh, ko‘krak va qorindan iborat. 


40- rasm.[27] Ipak qurtining tashqi ko‘rinishi va tana tuzilishi 
Qurtining bosh qismi yarim yumaloq, aniqrog‘i, yarim shar shakliga o‘xshaydi 
va birmuncha no‘xatning yarim pallasini eslatadi. Qurt yoshligida uning boshi 
yaltiroq qora tusda bo‘lib, yoshi kattalashib,qurt o‘sgan sari oqarib boradi va 
beshinchi yoshda qo‘ng‘ir-jigarrang tusga kiradi. 
Boshining tashqi qoplami bir qancha xitin plastinkalardan hosil bo‘lgan. (Xitin 
-qattiq shu bilan birga birmuncha elastik, ba’zan birmuncha yaltiroq bo‘lgan oqsil 
moddadan iborat, boshqa hayvonlarning shox, tuyoq, sochlari shunga o‘xshash 
moddadan hosil bo‘lgan.) Plastinkalar bir-biri bilan zich birikib, mustahkam yaxlit 
bosh kapsulasini hosil qiladi. 
Boshning ustki qismida ko‘z, mo‘ylov, og‘iz va ipak ajratish naychasi 
joylashgan; ipak qurtida boshining ikki yon tomonida oltitadan joylashgan 12 ta 
oddiy ko‘z bo‘ladi. 
Ko‘zning bevosita yaqinida sezish, hidlash vazifasini bajaruvchi ikkita uch 
bo‘g‘imli mo‘ylov joylashgan. 
Og‘iz teshigi boshining ostki qismida o‘rnashgan. Uni og‘iz o‘simtalari: og‘iz 
usti qalqonchasi, yuqorigi lab, yuqorigi jag‘, pastki jag‘, toq ostki lab o‘rab turadi. 
Yuqorigi lab og‘iz teshigi ustida joylashgan va o‘rta qismi sal o‘yilgan yarim 
doira shaklidagi uncha katta bo‘lmagan teri burmasidan iborat. 
Yuqorigi labda sezuvchi tolalar joylashgan bo‘lib, ularning ichki yuzasida 
sezish, hidlash organi hisoblangan naychalar bor. 
Yuqorigi jag‘ og‘izning har bir tomonida bittadan bo‘lib, ichki chekkasi 


bo‘ylab tishli qattiq, qora o‘siqlar joylashgan; qurtlar birinchi yoshdaligida bunday
tishchalar har bir jag‘da beshta, ikkinchi yoshda- ettita, uchinchi yoshda - to‘qqizta, 
to‘rtinchi yoshda - sakkizta va beshinchi yoshda faqat to‘rtta bo‘ladi. Har bir jag‘ 
asosidan boshning ichki qismiga xitinli o‘siqlar ketgan bo‘lib, bularga jag‘ni ochib-
yopadigan kuchli muskullar kelib birikadi. Bu muskullar jag‘larni surish bilan 
og‘iz teshigiga yo‘l ochadi; jag‘lar birlashganda barg chetini kuch bilan qisadi va 
uning bir qismini uzib oladi. 
Sezuvchi tolali uch bo‘g‘imli paypaslagichlari bo‘lgan juft ostki jag‘lar, faqat 
bir oz harakat qilib ko‘tarila va tusha oladi. Ostki labda, oldingi qismining o‘rtasida, 
oxirgi qismida ipak chiqaradigan teshigi bo‘lgan ipak ajratuvchi konussimon naycha 
joylashgan. Naychalarning yon tomonida uncha katta bo‘lmagan yana ikkita 
paypaslagich- mo‘ylov bor. 
Ostki jag‘ va ostki lab oziqni maydalashda ikkinchi darajali ro’l o‘ynaydi; ular, 
asosan bargning kemirib olingan bo‘lagini og‘izga uzatishga xizmat etadi. 
Yuqorida bayon etilganlardan ma’lum bo‘lishicha, og‘iz qismlari og‘iz ichida 
emas, balki uning atrofida joylashgan ekan. 
Ipak qurtining tanasi ko‘krak va qorindan iborat. Tanasi bo‘g‘imlardan 
tuzilgan. Ko‘krak qismida bu bo‘g‘imlarning chegarasi faqat hasharotning qorin 
tomonidan ko‘rinadi; qorinning bo‘g‘imlarga bo‘linishi birmuncha aniqdir, ya’ni 
bo‘g‘imlarning chegarasi tananing hamma qismidan aniq ko‘rinib turadi.
Ko‘krak nisbatan kalta, lekin uchta bo‘g‘imdan tuzilgan bo‘lib, tananing eng 
yuqori qismi hisoblanadi. Ko‘krak qismi bosh bilan yumshoq keng parda orqali 
birikkan. Ko‘krak hap bir bo‘g‘imining ostki qismida bir juftdan oyoqchalar 
joylashgan. Har bir oyoqcha doimo torayib turuvchi uchta bo‘g‘imdan iborat; eng 
ingichka oxirgi bo‘g‘im tuklar bilan qoplangan qattiq tirnoq bilan tugaydi.


41-rasm [27] 1-Tut ipak qurti boshini ostki 
tomondan ko‘rinishi.1-mo‘ylovlar. 2-ko‘zchalar. 
3--ostki jag‘.4-ipak chiqarish naychasi. 5-ostki 
lab.
[27] 2-Tut ipak qurti boshini old tomondan
ko‘rinishi.
 
1- boshning yon tomonlari. 2-
peshona bo‘shlig‘i, 3- ko‘zchalar, 4- yuqori 
lab, 5- yuqorigi jag‘,6- mo‘ylov, 7- pasgi 
labdagi paypaslagich. 

Download 12,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish