2.3. Tut ipak qurtining teri qoplami va uning tuzilishi.
Hasharotlar tanasining hamma qismini mexanik bog‘laydigan suyakdan iborat
skeletining bo‘lmasligi bilan umurtqali hayvonlardan farq qiladi. Ipak qurtida teri
qoplami bog‘lovchilik rolini bajaradi. Bunday qoplamning asosiy qismi teri
(kutikula) hisoblanadi. Bu uchta: yuqorigi, o‘rta va ostki qavatlardan iborat.
Yuqorigi qavat juda yupqa (uning qalinligi bir mikronga yaqin) bo‘lib,
yog‘simon aralashma va mumsimon moddalar kutikulindan iborat. Bu qavat yupqa
bo‘lishiga qaramay, qurtni tashqi ta’sirlardan juda yaxshi saqlaydi: u suv
o‘tkazmaydi va unda ivimaydi, kimyoviy faol moddalar, jumladan, qator kislota va
ishqor eritmalaridan ta’sirlanmaydi. Bu qavat gazlarni ham o‘tkazmasligi aniqlangan.
Shunday qilib, yuqorigi qavat himoya qavati hisoblanib, mexanik vazifalarni
bajarmaydi. Kutikulaning uchta qavati orasida bu qavat birmuncha cho‘zilishga
layoqatli, uning elastik bo‘lishi esa yupqaligi tufaylidir.
Bu qavatning tashqi tomonida ko‘pgina mikroskopik o‘siqlar bor.
O‘rta qavat birmuncha qalin (ba’zan u terining hamma qalinligiping
yarmisigacha etadi) bo‘lib, xitin, kutikulin, qator boshqa oqsil moddalardan hamda
qora-qung‘ir rangga bo‘yaydigan moddalar - melanindan iborat. Bu qavatning tarkibi
uning qolgan ikkita qavatga qaraganda birmuncha mustahkam va qattiq bo‘lishini
ta’minlaydi, unga teri qoplamining asosiy vazifalaridan biri umurtqali hayvonlar
skeleti o‘rnini bosa oladigan tananing mexanik asosi rolini bajarish imkoniyatini
beradi. Shu bilan birga, bu qavatda teri qoplami va teri yuzasini biror tusga kirituvchi,
rang beruvchi moddalar (pigmentlar) bor.
Ostki qavat- qalinligiga ko‘ra juda mustahkam bo‘lib, asosan, erimaydigan
oqsil moddalari aralashgan xitindan iborat. Xitinning kimyoviy tarkibi hozircha
aniqlangani yo‘q , ehtimol o‘simlik kletchatkasiga yaqindir; har holda xitinda ham
kletchatkadagi kabi azotli birikmalar bor, unda ham kletchatka bilan boradigan
reaksiya holatini ko‘rish mumkin. Xitin teri qoplamining asosiy tarkibiy qismi
hisoblanmaydi; kutikulaning barcha qavatlarida uning miqdori, ba’zan 50% ga
etadi, odatda 30 - 35% ga teng bo‘ladi. Xitin ostki qavatda yaxlit massa hosil
qilmay, tangacha qavatsimon tuzilishli bo‘ladi. Ostki qavatning hamma qalinligi
bo‘ylab, ko‘p sonda, kanalchalar o‘tgan. Bu qavat hamma kutikula ichida
birmuncha elastik hisoblanadi.
Kutikula ostki qavatining bevosita yaqin yerida hujayralar qavati yotadi; bu
tirik hujayralar qavati ham teri qoplami tarkibiga kiradi. Bu hujayralar qavati
kutikula qavatini hosil qiladigan moddalar ishlab chiqadi.
46-rasm.
Ipak qurti terisining tuzilishi
1- po‘st tukchalari.
2-po‘st qilchalari.
3-yuqorigi qavat
4-o‘rta qavati.
5- pastki qavati.
6-po‘st hujayralari.
7-umumiy bo‘shliqdan
chegaralovchi yupqa epitelial
oldi pardasi.
8- tukcha hosil qiluvchi hujayralar
.
Do'stlaringiz bilan baham: |