O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Tut ipak qurtining tanasi qanday qismlardan tuzilgan? Har birini qisqacha tavsiflang.
2. Tut ipak qurtining tanasi nechta bo‘g‘imga bo‘lingan? Haqiqiy va soxta oyoqlar joylashgan
bo‘g‘imlarni ayting?
3. Tut ipak qurtining teri qoplami nechta qavatdan iborat? Har bir qavatning tuzilishini tavsiflab
bering.
4. Tut ipak qurtining haqiqiy va soxta oyoqlari qanday vazifani bajaradi ?
Soxta oyoqlarining tuzilishini bayon qiling.
5. Tut ipak qurtining po‘st tashlash vaqtida eski terini tashlash jarayoni qanday o‘tadi;bu jarayon
qanday bezlar yordamida yuz beradi ?
6. Tut ipak qurtida necha juft pust tashlash bezlari bor va ular qaerga joylashgan?
7. Tut ipak qurtining Ishivat disklari tananing qaysi tomoniga va qaysi bo‘g‘imlarida joylashgan?
Bu disklarning qurt uchun qanday ahamiyati bor?
8. Tut ipak qurtining boshini tuzilishini bayon qilib bering.
9. Tut ipak qurtining po‘sti ranglarining asosiy tiplarini aytib bering.
10.Tut ipak qurtining asosiy ozig‘ini nima bilan almashtirish mumkin, ular ipak mahsuliga qanday
ta’sir etadi?
11.Tut ipak qurtining jinsiy jihatdan yetilgan bosqichini aytib bering va xususiyatlarini yozing.
2.4. Tut ipak qurtining nerv tizimi
Organizmning hamma faoliyati nerv tizimi tomonidan tartibga solinadi. Nerv
tizimi hamma tashqi ta’sirlarni qabul qiladi. Butun organizm yoki uning ayrim
qismlarini bu ta’sirlarga javob berishga tayyorlaydi. Nerv tizimi ayrim organizmlarning
faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtirib, organizmning bir butun me’yoriy hayot faoliyatini
ta’minlaydi. Nerv tizimi ayrim jarayonlarnigina emas, balki bir stadiyadan ikkinchi
stadiyaga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan yangi jarayonlarni yoki aksincha, hayvonning
o‘sish va rivojlanishini kechiktiruvchi jarayonlarni ham boshqaradi.
Hasharotlarning nerv tizimi yuqori darajada rivojlangan umurtqali hayvonlarning
nerv tizimiga qaraganda yaxshi rivojlanmagan va takomillashmagan, lekin uning
tuzilishi va ta’sir etishining umumiy tamoyili hamma hayvonlarda bir xildir.
Asosiy nerv tizimi nerv hujayralari - neyronlar hisoblanib, bo‘lardan nerv
to‘qimalari hosil bo‘ladi. Nerv hujayrasidan ikki xil o‘simta chiqadi. Bulardan biri
to‘g‘ri va ko‘pincha juda uzun bo‘lib, neyritlar deyiladi. Ikkinchilari dendritlar deb
atalib, kalta va juda tarmoqlangan, ya’ni shoxlab ketgan daraxtga o‘xshaydi. Har bir
hujayradan bitta neyrit va bir nechta dendritlar chiqadi. Bir guruh nerv xujayralari va
ularning kalta o‘simtalari nerv zanjiri yoki gangliy hosil qiladi. O‘simtalar gangliy
chegarasidan chiqib, nerv paylariga qo‘shiladi va nerv tizimi bo‘lmagan organlar tomon
yo‘nalib, nervlarni hosil qiladi. Ipak qurti tanasidagi bir bo‘g‘im chegarasida bir
gangliydan ikkinchi bir gangliyga ketayotgan bunday yo‘g‘on paylar komissura, har xil
bo‘g‘imlarda joylashgan gangliylarni birlashtiruvchilar esa konnektivlar deb ataladi.
Nerv tizimining asosiy vazifasi qo‘zg‘alishni organizmning bir qismidan ikkinchi
qismiga o‘tkazishdir.
Nerv hujayrasidagi ko‘zg‘alish sezuvchi organdan yoki boshqa shunday nerv
hujayrasidan, yoki barcha boshqa organlar va tana to‘qimasining hujayralaridan
olingan ta’sir natijasida hosil bo‘ladi. Qurt atrofidagi hamma narsa va tanasida sodir
bo‘layotgan hamma jarayonlar nerv hujayralarida ko‘zg‘alish hosil qiladigan
omillardir. Bargning hidi va tashqaridagi havo harorati, ichakda ovqatning bo‘lishi yoki
bo‘lmasligi, yorug‘lik yoki po‘st tashlash zaruriyati- bularning hammasi tashqi va ichki
holat bo‘lib, buni nerv tizimini qabul qiladi va ularga javob beradi.
Sezuvchi organ va boshqa organlar to‘qimalariga boradigan nervlar, nerv
tizimining periferik qismi, komissura va konnektivli gangliylar esa markaziy nerv tizimi
hisoblanadi.
Nerv tizimining hujayralari uchta asosiy guruhga bo‘linadi: sezuvchi hujayralar,
bular ta’sirotni sezuvchi a’zolardan qabul qiladi va ularni markaziy nerv tizimiga
o‘tkazadi (bu hujayralar, odatda, markaziy nerv tizimidan tashqarida joylashadi).
Harakatlantiruvchi hujayralar qo‘zg‘alishni markaziy nerv tizimidan muskullarga,
bezlarga va boshqalarga olib boradi. Bu hujayralar markaziy nerv tizimida joylashgan.
Shu yerda yana uchinchi xil assotsiativ hujayralar joylashgan, bular sezuvchi va
harakatlantiruvchi hujayralarni o‘zaro bog‘laydi. Shunday qilib, hamma nerv tizimining
faoliyati reflektor yoyida o‘tadi. Reflektor yoyi sezuvchi organ harakat markazi va biror
tashqi yoki ichki ta’sirni qabul qilib unga javob qaytaruvchi to‘qima yoki ho‘jayralardan
iborat; bu ta’sir sezuvchi nerv hujayralari nerviga keladi, bular orqali assotsiativ
(umumlashtiruvchi) hujayralarga uzatiladi, bulardan bog‘lovchi nerv tizimi( komissura,
konnektivlar) orqali harakatlantiruvchi tegishli hujayralarga keladi, harakatlantiruvchi
hujayralar esa ta’sirotni muskullarga olib keladi va uni harakatlantiradi.
Faqat muskullar emas, balki ichki sekretsiya bezlari, olingan ta’sirotga javob
qaytaradigan boshqa organlarning to‘qima va hujayralari ham reflektor bo‘la oladi.
Bularning faoliyati olingan ta’sirga berilgan reaksiya hisoblanadi.
Bunday reflektor yoyi, ya’ni ta’sirni qabul qiluvchi va unga javob beradigan
nerv zanjiri ayrim hollarda faqatgina bir dona hujayradan iborat bo‘lishi mumkin.
Bu hujayraning dendritlari ta’sirot hosil bo‘ladigan hujayralar bilan, neyriti esa
muskullar yoki shira ajratuvchi hujayralar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda dendiritlar
repseptoridan olgan ta’sirotni o‘z hujayrasining markaziga uzatadi, u yerdan esa
ta’sirot neyrit orqali muskullarga yoki shira ajratuvchi hujayralarga, ya’ni effektorga
boradi. Nerv tizimi hayvon organizmining hamma faoliyatini boshqarib, sezuv
organlarini boshqa organlar bilan qo‘shuvchi qism hisoblanadi. Sezuv organlari
orqali tashqi muhitdan qabul qilgan informatsiyalarni nerv markazlarida qayta ishlab
va ichki fiziologik holatiga qarab kerakli javob qaytaradi.
Hashoratlarning nerv tizimi hamma halqali chuvalchang, bo‘g‘imoyoqlilarga
xos qorin zanjiri tipida tuzilgan bo‘lib, biz ularda asosan uchta qismini: markaziy,
periferik (atrof) va simpatik nerv tizimga ajratishimiz mumkin.
Nerv tizimining asosiysini nerv hujayralari- neyronlar tashkil etib, bulardan
nerv to‘qimalari hosil bo‘ladi.
Nerv hujayrasidan ikki xil o‘simta chiqib, biri to‘g‘ri va ko‘pincha juda uzun
bo‘lib -
Do'stlaringiz bilan baham: |