Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar inson faoliyatining atmosfera havosiga ta’sirini
qanchalik ekanligi ko’rsatadi va ularni zararlantirish bo’yicha
zaruriy ishlarni
amalga oshirish kerakligiga dalolat bo’ladi.
Insonni boqadigan manbalarning biri yerdir. Inson faoliyati natijasida yerning
holatini yaxshilashdan ko’ra yomonlashtirish dunyo masshtabida kuzatiladi. Bu
inson uchun o’ta muhim bo’lgan
oziq-ovqat, kiyim kechak manba hisoblanadi.
Hozirgi vaqtga kelib aholi soni rivojlanayetgan mamlakatlar hududlarida keskin
ko’tarilib bormoqda. Хususan O’zbekistonda ham shunday (8- jadval).
8 -jadval. O’zbekistonda aholi sonini o’sishi va sug’oriladigan maydon
to’g’risida ma’lumot.
Ko’rsatkich
Yillar
2003
2006
2008
2012
01.01.2015
Aholi soni ming kishi
25707,.4
26663,8
27533,4 29993
31500
Sug’oriladigan maydon,
ming.ga
4300
4300
4300
4300
4300
1 kishiga to’g’ri
keladigan
sug’oriladigan maydon
0,167
0,16
0,156
0,143
0,139
Jadvalda keltirilgan ma’lumot odamni ko’payishi
yer va suv zahiralarini
ko’payishga sabab bo’layotganligi, aksincha kishi boshiga to’g’ri keladigan miqdor
kamayib borayotganini ko’rsatadi.
Bunday holat butun dunyo uchun ham talluqlidir. Odamning yerga ta’siri uning
holatini ham yomonlashib, buzulib borayotganligini ko’rsatadi.
Hozirgi vaqtda
Orol dengizi yerlarning qarayb 60 % dan ko’pi har hil darajada sho’rlangan. Orol
dengizi esa tuz koniga aylangan. Odamlarning ta’siri natijasida dengizga suv
tushmay qo’ygan. Yerlar turli xil kimiyoviy moddalar bilan ifloslangan.
Mavjud
holat- zaruriy chora tadbirlar ishlab chiqishni taqazo etadi.
Inson faoliyatini suvga ta’siri uning boshqa faoliyatlarga bog’liqdir. Suvi
sifatini buzilishi sanoat korxonalaridan chiqayotgan chiqindilar,
dexqonchilikda
ishlatilayotgan kimyoviy moddalar ta’sirida buzilgan. Ayrim joylarda suv
sug’orish uchun ham, ichimlik uchun ham yaroqsiz holga kelgan.
Suvdagi
bioorganizmlarni kamayib, hatto yo’qolib ketishiga sabab bo’lmoqda.
Suvni ishlatadigan sanoat korxonalaridan chiqayotgan suvlarni tozalash ishlarining
hozirgi holatini yetarli deb aytishga asos yo’q. Тoza suvlarga ifloslangan suvlarni
qo’shilishi daryolarning quyi qismlarida yomonlashib bormoqda.
9
–jadval. O’zbekiston yirik suv manbalari minerallashuvi (mg/l) to’g’risida
ma’lumot.
№
Daryo nomi
Yuqori uchastka
Quyilish joyi
1
Amudaryo
700 (Тermiz sh)
2000
2
Surxondaryo
385
1500
3
Qashqadaryo
270
2500
4
Zarafshon
225
1800
5
Sirdaryo
650
1800
6
Norin
250
500
7
Axongoron
140
660
8
Chirchiq
190
500
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar hozirgi vaqtda yanada yomonlashib bormoqda.
Inson faoliyati o’simlik va hayvonot dunyosiga ham aksariyat zararli ta’sir
etmoqda. Suv inshoatlaridagi baliqlarning, quruqlikdagi
hayvonlarning kamayib,
hatto yo’qolib ketishiga sabab bo’lmoqda. Suv sifatining yomonlashuvi, yerlarning
yomonlashuvi natijasida ayrim tur daraxtlar yo’qolib ketayapdi. Chorvachilikni
kengaytirish natijasida yaylovlardagi o’simliklar ham kamayib bormoqda.
Inson extiyoji uchun transport sohasi ancha rivojlandi. Ulardan ko’tarilgan
chang va zaharli gazlar tabiatda bo’ladigan fotosintez
jarayonini sustlashishiga
sabab bo’lmoqda. Shuning sababli ekinlar hosildorligi imkoniyatidan ancha kam.
Umuman, xulosa sifatida inson o’z faoliyati bilan o’ziga o’zi kafan yaratish
jarayonini takror-takror o’ylab faoliyatini o’zgartirsa maqsadga muvofiq bo’lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: