2.2. Yo’l ishlarini loyihalashtirishni tashkil etishning maqsadi va vazifalari.
Asfaltobeton qoplamalarining sifatini oshirishga bir qancha usullar bilan erishish mumkin: asfaltobeton qorishmalariga yuza-aktiv qoshimchalarni kiritish, qorishmani aralashtirish jarayonini intesivlashtirish, qorishmani tayyorlash va yo’lga yetkazish texnologiyasini takomillashtirish va hokazo. Ancha perspektiv usullardan biri alohida ogir sharoitlarda yo’l qoplamasini hosil qilish uchun quyma asfaltobeton ishlatish sanaladi. Bunday qoplamalar yuqori darajadagi pishiqlikka, siljishiga va yorilishlarga chidamlilik xususiyatlariga ega boladi. Ularning ish muddati oddiy asfaltobetonlarnikidan deyarli 2 barobar yuqori. Yana ham muhim tomoni shundaki, quyma asfaltobeton qorishmalarni katok bilan bosmasdan yo’l tanasiga yotqizilishi, yo’l ishlarining tannarxini va mehnat sarfini 10-20% ga kamayatiradi.
Yo’l qoplamalarini drenajlovchi va govok asfaltobeton, kompleks organik boglovchilar asosidagi asfaltobeton hamda har xil tosh materiallardan tayyorlangan asfaltobeton qarishmalaridan tayyorlashni yo’lga quyish perspektivdir.
Asfaltobeton qoplamalarning kamchiligi shunga va kechqurungi paytlarda ularning past darajada yoritilishi bolib, bu harakat xavfsizligiga salbiy ta’sir etadi. Statistika ma’lumotlariga kora, kechasi harakat intensivligi (kunduzgiga nisbatan) 4-5 marta kam bolsada, kechasi va kunduzi sodir bolgan yo’l-transport xodisalarining soni deyarli bir xil. Yo’lning qoplamalarining rangini tiniqlashtirishning samarali usullarini izlash sun’iy tosh materiallar (sinopal, dorsil) ning yaratilishiga olib keldi. Ular qollanilganda qora yo’l qoplamalarining ortacha ravshanliligi deyarli 40% ga ortadi, bu esa yoritish uchun elektroenergiya sarfini kamaytirish imkonini berib, bir vaqtning ozida yo’llarning dekarativ sifatini yaxshilaydi (ayniqsa shahar sharoitlarida).
Ogir va intensiv avtomobil harakati sharoitlarida sementobeton qoplamalar qurilishi muhim ahamiyatga ega. Yuqori markali tez qotuvchi sementlar, sun’iy tosh materiallar, stekloplastiklar, polimerlar, shlaklar hamda kompleks plastifikator va havo tutuvchi qoshimchalar qollanilgan yo’l betonlarini ishlatish yanada rivojlanib va kengayib borishi kerak.
Yo’l xojaligi uchun rekonstruksiya qilinayotgan va ta’mirlanayotgan yo’llardan kochirib olingan eski yo’l qoplamalaridan qayta foydalanish masalasi katta ahamiyatga ega. Bu birinchi navbatda oz tarkibida neft bitumi, granit shebeni va mineral kukunlari bolgan asfaltobeton qoplamalari va yo’l asosi materiallariga tegishli. Hozirgi paytda eski asfaltobetonni kochirib olish va ishlash (regenatsiya qilish) uskunalari yaratilgan va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
Bu usulning bir turi asfaltobeton qoplamalarni DE-232 tipidagi yo’l mashinalaridan foydalanib termoprofillash sanaladi. Resurslarni tejoychi bunday texnologiyalarning qollanililishi kamchil bolgan materiallarni tejash va sezilarli darajada iqtisodiy samara olishga imkon yaratadi.
Mamlakatning shimoliy xududlarida uzoq muddat xizmat qiluvchi va yuqori pishiqlikka ega bolgan yigma yo’l qoplamalarining qollanilishi katta imkoniyatlar bilan bogliq.
Yigma qoplamalarga, ayniqsa oldindan kuchlantirilgan (taranglashtirilgan) katta olchamli temirbeton plitalarga otish qurilish jarayonini yanada industrlashtirish va mehnat unumdorligini oshirish borasida keng imkoniyatlar yaratadi.
Тratuarlar barpo etishda yigma konstruksiyalarni qollash tobora kengayib bormoqda. Bunday qoplamalar asfaltobeton va sementobetonga nisbatan qator afzalliklarga ega: tashqi korinishi chiroyli yer osti kommunikatsiyalarini ta’mirlash paytida osongina qismlarga ajratiladi, yuqori darajadagi fizik-mexanik korsatkichlarga ega. Yigma konstruksiyalarni joriy etilishini yanada kengaytirish uchun ularning qiymatini keskin kamaytirish, yo’l plitalarini va gulli figura elementlarini tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish, ularni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni yo’l qoyish va maxsus plita yotkazuvchi mashinalar komplektini ishlab chiqarishni tashkil etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |