2.4. Avtomobil yo’llari sohasidagi iqtisodiy izlanishlar.
Ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlarining sifatini oshirishning muhim vositasi loyihachilar mehnatini moddiy va ma’naviy ragbatlantirish tizimini takomillashtirishdir.
Avtomobil yo’llari tarmogi region ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasining eng muhim elementi sanaladi. Infrastruktura tarmoqlarining bajaradigan vazifasi -qayta ishlab chiqarish uchun umumiy imkoniyatlar hamda moddiy ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarining faoliyatlari uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Shunga kora yo’llar tarmogining vazifasi –xalq xojaligi va aholining avtomobillarda tashishga bolgan ehtiyojini qondirish uchun zarur bolgan sharoitni ta’minlashdir. Bunda umumdavlat va respublika ahamiyatiga ega bolgan yo’l tarmoqlari iqtisodiy rayonlar va umuman xalq xojaligi kompleksining faoliyat korsatishni ta’minlaydilar. Mahalliy yo’l tarmoqlari viloyatlar, ma’muriy tumanlarning kompleks rivojlanishi, tuman ichi va viloyat ichida yo’lovchilar va yuklar tashish transport aloqalarining amalga oshirilishi uchun zarur bolgan shart-sharoitlarni ta’minlaydilar.
Yo’llar tarmogining ratsional rivojlanish muammosiga konkret regiondagi ishlab chiqarish quvvatlarining rivojlanishi bilan birgalikda qaraladi. Respublikaning, viloyatning kompleks ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanishiga, region ichida ishlab chiqarishning ratsional tashkil etilishi va joylashishi tizimiga, ularni ta’minlovchi avtomobil yo’llari tarmogi mos kelishligi kerak. (rasm _______).
Rasm ______. Regionning kompleks ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanishi bilan avtomobil yo’llari tarmogi orasidagi boglanish.
Regionda avtomobil yo’llari tarmogining tashkil etib borish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:
-ishlab chiqarishga va aholiga transport xizmati korsatishni yaxshilashning asosiy an’analarini aniqlovchi, butun transport tizimining rivojlanishini bashorat (prognoz) qilish;
-yo’l tarmogi rivojlanishi sxemasi –avtomobil yo’llarini mukammallashtirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;
-ob’ektlar, kapital mablaglar sarfi, ishga tushuriladigan yo’llar xajmi korsatilgan yo’llar qurish va rekonstruksiya qilishning konkret rejalarini ishlab chiqish;
-loyihalashtirish va qurilish rejalarini amalga amalga oshirish.
Barcha bosqichlarda yo’l tarmogiga, hamma tarkibiy qismlari bir-biri bilan har tomonlama chambarchas boglangan, ishlab chiqarish va ijtimoiy soxaning murakkab hududiy tashkiliy tizimining bir komponenti sifatida qaraladi.
Yo’l tarmogi planirovka tizimi va infrastruktura elementi sifatida, tizimni butunicha tavsiflovchi (murakkablik va elementlarning iyerarxiyaliligi, geografik boglanishi, lokal mustahkamlanganligi, tashqi aloqalarning xilma-xilligi) va tizimning rivojlanishini (inersiyalilik, bir tekisda rivojlanmaslik, tajribalar otkazib bolmasligi, bashoratlar bilan yechimlarni amalga oshirish bosqichlarini ajratib turuvchi katta «davr» ) bildiruvchi bir qator xususiyatlarga ega.
Bu xususiyatlar yo’llar tarmogini bashorat qilish va rivojlanishini rejalashtirishning asosiy tamoyillarini aniqlaydi (belgilaydi).
Asosiy tamoyillar quyidagilardan iborat:
-yo’l tarmoqlarining barpo etilishi regionda ishlab chiqarish quvvatlarining samarali rivojlanishiga asoslanadi, ya’ni barcha tabiiy, moddiy, mehnat resurslaridan ratsional foydalanishni, sanoat va qishloq xojaligini ratsional tashkil etilishini hisobga olgan xolda;
-hududiy joylashuvlar va ijtimoiy – iqtisodiy omillar bilan, yo’l tarmoqlari rivojlanishining ozaro bir - biriga korsatadigan ta’sirlarini hisobga olish;
-qurilishni bosqichma-bosqishlab chikarish va galma-gal olib borilganda tizimda yuzaga keladigan potensial imkoniyatlardan foydalanish;
-texnik-iqtisodiy solishtirishning qabul qilingan mezonlari boyicha yechimlarning variantliligini ta’minlash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |