Mavzu:Zamonaviy temir yo’l avtomatikasi uchun yo’l,signal,releli,chiziqli va kuchli tokli transformatorlar
Reja;
Yo‘l transformatorlari.
Signal, rele va mahsus transformatorlar.
Chiziqli va kuchli tokli transformatorlar.
Yo‘l drossel-transformatorlari.
Temir yo‘l avtomatika va telemexanikasidagi rels zanjirlarini ta’minlash uchun yo‘l transformatorlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: ПОБС– yo‘l, bir fazali, zirx o‘zakli, quruq, ya’ni tabiiy havoda sovitishli, u 50 yoki 75 Gts chastotali o‘zgaruv-chan tok tarmog‘idan ishlash uchun mo‘jallangan transformator; ПТМ – kichik o‘lchovdagi yo‘l transformatori, u 50 Gts chastotali o‘zgaruvchan tokdagi stansiya rels zanjirlarini ta’minlash uchun qo‘llaniladi; ПT-25 va ПРT-25 – yo‘l va yo‘l relesi ta’minoti uchun transformatorlar, ular 25 va 50 Gts chastotali o‘zgaruvchan tokda ishlaydi; ПTИ – impulsli rels zanjirlarda ishlash uchun moslashtirilgan trans-formator.
Temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalarida ishlatish uchun ПОБС transformatorlarining bir necha turlari qo‘llaniladi: ПОБС-2AУЗ; ПОБС-3AУЗ; ПОБС-5AУЗ. Bu belgilanishlardagi 2,3 va 5 raqamlar turning tartib nomeri; A harfi – transformatorning ko‘rinish turi; У harfi – iqlimiy ishlanishi (mo‘tadil iqlim uchun); З harfi – joylashtirish toifasi (yopiq xonalarda) ni ko‘rsatadi.
Bu turdagi transformatorlarning tuzulmasi bir xil bo‘lib, birlamchi cho‘l-g‘amlarning nominal kuchlanishi 110 yoki 220 V va quvvati 300 V·A ga tengdir. Transformatorni o‘rta qismida, magnit o‘tkazuvchi uning devorlari sifatida bo‘ladi, pastki va yuqori qismlari esa mahsus ximoya qiluvchi qobiqlar bilan qoplangan, ular transformatorni mexanik shikastlanishdan saqlaydi. Yuqori qismda magnit o‘tkazgichlarga boltlar bilan maxkamlangan kontakt paneli joylashtirilgan.
ПОБС-2AУЗ transformatorlari 50 Gts chastotali o‘zgaruvchan tokda ishlovchi rels zanjirlarini drossel-transformatorlarsiz ta’minlash uchun, hamda svetofor guruhlarining chiroqlarini ta’minlashda ishlatiladi.
Transformatorning birlamchi cho‘lg‘ami I (6.1-rasm) ikki qismdan tashkil topgan. Bu cho‘lg‘amlar ketma-ket ulanganda transformator 220 V, parallel ulan-ganda esa 110 V kuchlanishli tarmog‘iga ulanadi. Transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amlari ikkita seksiyalangan II va III cho‘lg‘amlardan tashkil topgan. Cho‘l-g‘am II ikkita oraliq chiqishga, cho‘lg‘am III esa – bitta oraliq chiqishga ega. Ikki-lamchi cho‘lg‘am II va III lar ketma-ket moslashtirilib ulanganda, ushbu cho‘l-g‘amlarda induksiyalangan EYuK lar o‘zaro qo‘shiladi.
Cho‘lg‘amlar qarama-qarshi ulanganda esa, bu EYuK lar o‘z-aro ayiriladi. Cho‘lg‘am II va III larning bunday ulanishi, ulagichlar yordamida 0,55 dan 16,6 V gacha bo‘lgan 43 ta turli qiymatdagi kuchlanishlarni olish imkoniyatini beradi.
ПОБС-3AУЗ turidagi trans-formator ПОБС-2AУЗ turidan faqat cho‘lg‘amlarining ko‘rsatkichlari bilan farqlanadi va ular yo‘l drossel trans-formatorli, 50 Gts chastotali o‘zgaruvchan tokning kodli rels zanjirlarini ta’min-lashda qo‘llaniladi. Bu transformator yordamida ikkilamchi cho‘lg‘amlardan 5,5 dan 247,5 V gacha bo‘lgan 45 ta turli qiymatdagi kuchlanishlarni olish mumkin.
ПОБС-5AУЗ turidagi transformator o‘zgaruvchan tok elektr tortqili uchastka-lardagi 75 Gts chastotali rels zanjirlarini ta’minlash uchun qo‘llaniladi (6.2-rasm) va undan 1,1 dan 44 V gacha bo‘lgan qiymatlardagi ikkilamchi kuchlanishlarni olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |