6.15-rasm. Drossel-transformatorni rels zanjiriga ulanish sxemasi
6.16-rasm. Turli drossel-transformatorlarning ulanish sxemalari
ДT-0,6 drossel transformatori 15 ga teng transformatsiya koeffitsientiga ega bo‘lib, xar qachon rels zanjirining ta’minlovchi chetiga o‘rnatiladi, uning qo‘shim-cha cho‘lg‘ami seksiyalanmagan va ikkita chiqishga egadir (6.16-rasm, a).
O‘zgaruvchan transformatsiya koeffitsientli ДT-0,2 drossel transformatori ДСР va ДСШ turlaridagi ikki elementli yo‘l releli, 50 Gts chastotali va uzunligi 1500 m rels zanjirlarining xam releli, xam ta’minlovchi chetlariga, shuningdek 2600 m uzunlikdagi kodli rels zanjirlarining releli chetiga o‘rnatiladi. ДT-0,2 dros-sel transformatorining qo‘shimcha cho‘lg‘ami seksiyalangan va beshta chiqishga ega bo‘lib, ular kerakli transformatsiya koeffitsientini tanlash uchun moslashti-rilgan (6.16-rasm, b).
Bu drosseltransformatorda ikkita izolyasiyalangan cho‘lg‘amlar bo‘lganligi sababli, rels zanjirining ta’minlovchi chetida pasaytiruvchi, releli chetida esa – orttiruvchi transformator joylashtiriladi.
50 Gts chastotali o‘zgaruvchan tok elektr tortqli uchastkalaridagi rels zanjir-larining ta’minlovchi va releli chetlarida ДT-1-150 yoki 2ДT-1-150 turlaridagi drosseltransformatorlar o‘rnatiladi (6.16-rasm,v va g). Bu drossel transformatorlar asosiy cho‘lg‘amining chetki chiqishlari 150 A tokka, o‘rta chiqishlari 300 A tokka mo‘ljallangan. ДT-1-150 drosseltransformatorlari yakka va ikkilangan (2ДT-1-150) qurilmalar sifatida 25 va 75 Gts chastotali o‘zgaruvchan tok rels zanjirlari uchun ishlab chiqariladi. Uning transformatsiya koeffitsienti ktr = 3 ga teng. Qo‘shilish stansiyalaridagi rels zanjirlari, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tortqi tokla-rining ta’siri ostida aloxida shartsharoitlarda ishlaydi. Bunday stansiyalarda trans-formatsiya koeffitsienti ktr = 3 ga teng bo‘lgan ДT-0,6-500С turdagi drossel-trans-formatorlar o‘rnatiladi.
ДMT-0,17-1000 (6.16-rasm,d) drossel-transformatorlari o‘zgaruvchan tokdagi avtoblokirovka va o‘zgarmas tokdagi elektr tortqi bilan jixozlangan metropoliten liniyalarida foydalanish uchun mo‘jallangan. U asosiy cho‘lg‘amning xar bir seksi-yasi orqali nominal tortqi toki 1000 A ni o‘tkazishga xisoblangan. Kuchlanishi 0,5 V va chastotasi 50 Gts bo‘lgan o‘zgaruvchan tokka to‘la qarshiligi – 0,165…0,175 Om (bunda o‘zak va yarmo orasidagi tirqish 3,7±0,5 mm ga teng), transformatsiya koeffitsienti – 40.
Yo‘l drossel-transformatorlar bilan ishlashda havfsizlik texnikasining asosiy talablarini aniq bajarish lozim. Elektr tokidan shikastlanishni oldini olish maqsa-dida, ishlovchi, dielektrik qo‘lqoplarda bo‘lishi yoki izolyasiyatlangan dastakli instrumentlardan foydalanishi kerak. Drossel ulagichini almashtirish oldidan mis simdan bo‘lgan vaqtinchalik ulagichni o‘rnatish va uni bir cheti orqali qisqich yor- damida rels tagligiga, boshqa cheti bilan esa – maxsus qisqich yordamida drossel-transformatorning chiqishiga zich maxqamlanadi.
Elektr tortqining tortib oluvchi fideri ulangan yul drossel-transformatori bilan, faqat elektr ta’minoti uchastkasining ishchilari borligida va ularning nazoratida ostida ishlash mumkin. Ishlar bajarilayotganda, rels zanjirlaridagi izolyasiyalovchi transformatorlarning tarmoq cho‘lg‘ami zanjirini drossel-transformator bilan ulan-gan cho‘lg‘amini oldindan uzishsiz yoki qisqa tutashtirishsiz (gayka ostidagi max-sus ulagich bilan) uzish ruxsat etilmaydi. Drossel-transformatorning xattoki birgina ulagichini, qo‘shni rels zanjirining drossel-transformatorini o‘rta nuqtasi orqali ikkala rels bilan oldindan ulashsiz relsdan uzishga, shuningdek yo‘l drosselini o‘rta nuqtasini uzish yoki boshqa usul bilan rels bo‘ylab tortqi tokini oqib o‘tish zanj-irini buzishga ruxsat berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |