6.7-rasm. СT-signal transformatorlarining ulanish sxemalari
Transformator ikkita ikkilamchi cho‘lg‘amga ega, ulardan nominal yuklamada 11,8 dan 14,6 V gacha bo‘lgan kuchlanishlar olinadi, quvvati esa 40 V·A ga teng.
Rele transformatorlariga РT-2, РT-3 va РTЭ-1, РTЭ-1A turlaridagi trans-formatorlar kiradi, ularning quvvatlari mos ravishda 0,48; 0,5 va 0,8 V·A.
РT-2 va РT-3 turlaridagi transformatorlar teplovoz tortqli uchastkalardagi uzluksiz o‘zgaruvchan tokli rels zanjirlariga, РTЭ-1 va РTЭ-1A turlaridagi trans-formatorlar esa – o‘zgarmas tokdagi elektr tortqli uchastkalardagi rels zanjirlariga o‘rnatiladi. РTЭ-1A transformatorining birlamchi cho‘lg‘ami (6.8-rasm) bir qator ulanish xususiyatlariga ega. 0,9 V ga teng birlamchi kuchlanish va ikkilamchi tomonda 9000 Om li yuklama berilganda ikkilamchi kuchlanish 85 ± 4,25 V bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |