To‘rtinchidan, ma’lumotlarni uzatish, telekommunikatsiyalar va
qalbaki hujjatlarning bank faoliyatiga kirib kelishidan bank axborotlari-
ni himoya qilish vositalari texnik jihozlanishining yetarlicha bo‘lmagan
darajasi, shuningdek, kompyuter xavfsizligini ta’minlashning yetarli
darajada emasligi. Bu yerda ba’zi banklarning bank sirini ta’minlashga
noqobilligi, shu bilan birga, bank biznesini rivojlantirish bank sirini
ta’minlashni davlat siyosati darajasiga ko‘tarishni talab qiladi (G‘arb
statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra, bank sohasidagi jinoyatlarning 60
foizi bank xodimlari tomonidan amalga oshiriladi).
Beshinchidan, ba’zi auditorlik firmalarining buxgalteriya hisobi
sohasida yetarlicha kasbiy mahoratga ega emasligi, tekshirish sifatlari va
mas’uliyatining yo‘qligi ham buxgalteriya ishining umumiy darajasiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qayd qilingan omillarni hisobga olgan holda bank hisobi sifatini,
uning ishonchliligi va realligini oshirish zarur. Quyida buxgalteriya
hisobining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi xalqaro standartlarning
ayrimlarini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |