35-jadval.
Lizing va kredit, ular o‘rtasidagi farqlar
Munosabat turlari
№
Farqli
jihatlari
Kredit Lizing
1.
Obyektga nisbatan
mulkchilik huquqi
Mulkdan
foydalanish va uni
boshqarish huquqi
to‘la qarz oluvchiga
o‘tadi
Mulkka egalik
qilish va undan
foydalanish mulkiy
huquqdan to‘la ajraladi.
Mulkka ijaraga oluvchi
xo‘jayinlik qiladi.
2.
Sotuvchiga nisbatan
xaridorning kim
bo‘lishi
Kredit oluvchi
yoki uning vakili
Agar lizing oluvchi lizing
sotuvchini o‘zi tanlasa, u
holda har ikkala subyekt
bir xil mavqega ega
bo‘ladi. Agar lizing
oluvchi lizing sotuvchini
o‘zi tanlamasa, u holda
lizing beruvchining o‘zi
xaridor sifatida maydonga
chiqadi.
3.
Kredit ta’minoti
nuqtayi nazardan
Mulkni
garovga qo‘yish
Bank kafolati
Asosan lizing obyekti
248
Ipoteka
Sug‘urta
4.
Lizing obyektiga
qilinadigan xarajat
tasnifi nuqtayi
nazardan
Kredit hisobiga
investitsiyalash
Lizing to‘lovlari,
ya’ni:
→
kredit uchun to‘lov;
→
amortizatsiya
ajratmalari;
→
komission to‘lovlar;
→
qo‘shimcha xizmatlar
uchun to‘lovlar;
→
qo‘shilgan qiymat
solig‘i;
→
sug‘urta to‘lovlari
5.
Kredit berish va uni
qoplash shakli
Valuta-pul
shaklida
Tovar shaklida;
Valuta-pul shaklida;
Aralash shaklda
6.
Kredit va savdo oldi-
sotdisidagi bog‘lanish
nuqtayi nazardan
Kredit
munosabati oldi-sotdi
aktini bajarish bilan
bog‘liq
Har doim ham sotib
olishdan boshlanmaydi
yoki sotish bilan
yakunlanmaydi
7.
Kreditni qoplash
manbayi
Kredit
oluvchining daromadi
va foydasidan
Mahsulot
tannarxiga qo‘shiladigan
amortizatsiya ajratmalari
va boshqalar hisobidan
8.
Qo‘shilgan qiymatga
soliq solish nuqtayi
nazardan
Soliq
solinmaydi
Soliq solinadi
9.
Qarziy munosabatda
qatnashuvchilar
nuqtayi nazardan
Kreditor va
kredit oluvchi
Lizing beruvchi,
lizing sotuvchi va lizing
oluvchi
Jadvaldan ko‘rib turibmizki:
agar bank uzoq muddatli kreditida undan foydalanganligi uchun
soliq to‘lovlaridan so‘ng foyda hisobidan foiz to‘lansa, lizingda esa bu
to‘lovlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Bu foydaga soliq solish
bazasini bir muncha kamaytiradi;
agar bank krediti eng avvvalo moliyalashtirishda qo‘shimcha
manba yaratsa, lizing odatda 100 foiz moliyalashtirishni ta’minlaydi;
lizingga olingan mulk lizing beruvchi balansida aks ettiriladi. Bu
lizing oluvchining moliyaviy ko‘rsatkichlarini, xususan, rentabellik
darajasini, o‘z mablag‘i va qarzlari koeffitsiyentlarini bir muncha
yaxshilaydi, qo‘shimcha qarz mablag‘larini jalb qilishga imkon yaratadi;
249
ko‘pgina mamlakatlarda lizing munosabatlari bank krediti orqali
uskunalar sotib olishdan ko‘ra tadbirkorlarning xarajatlarini 20-30
foizga kamaytirilishiga olib keladi;
lizing jadallashtirilgan amortizatsiyadan foydalanishga imkon
beradi. Bu esa tadbirkorga mulk solig‘i summasini kamaytirishga imkon
yaratadi;
lizingda mahsulot sifati, uning butligi, yetkazib berish muddati va
boshqa xizmatlar uchun lizing beruvchi emas, balki mazkur mahsulotni
ishlab chiqaruvchi javob beradi.
Lizing mulkni yollash yoki “prokat”ga olish tushunchasidan ham
farq qiladi (36-jadval).
36-jadval.
Lizing va prokat o‘rtasidagi farqlar
Munosabat turlari
№
Baholash
ko‘rsatkichlari
Prokat (yollash)
Lizing
1 2
3
4
1
Ishlab chiqarish
vositasiga bo‘lgan
munosabat nuqtayi
nazaridan
Foydalanish
Foydalanish
Egalik qilish
Qisman tasarruf qilish
2
Prokat obyekti
nuqtayi nazardan
Xodim
Mulk
3
Resurslarga javobgar
nuqtayi nazaridan
Ma’naviy va
qisman moddiy
To‘la mulkiy javobgar
4
Motiv va rag‘bat
nuqtayi nazaridan
Birinchi navbatda
fiziologik
ehtiyojni
qondirish
Shaxsiy salohiyatini
ishga solish, ijtimoiy va
intellektual ehtiyojini
qondirish
5
Ishlab chiqarilgan
mahsulot va
daromadga bo‘lgan
huquq nuqtayi
nazaridan
Mahsulot va
daromadga
korxonaning o‘zi
xo‘jayinlik qiladi
Lizing oluvchi, ya’ni
foydalanuvchi ixtiyorida
bo‘ladi
6
Tovar ishlab
chiqaruvchining
holati nuqtayi
nazaridan
Yollangan
xodim
Tadbirkor – mulk
egasi
7
Bajaradigan
funksiyasi nuqtayi
Ijrochilik
Ijrochilik
Boshqaruvchilik,
250
nazaridan ya’ni
tashabbuskorlik
8
Boshqarish usuli
nuqtayi nazaridan
Asosan ma’muriy
boshqarish usuli
O‘z-o‘zini boshqarish
Boshqarishning
iqtisodiy usuli
9
Muvofiqlashtirish
usuli nuqtayi
nazaridan
Mehnat
shartnomasiga
Mulkiy huquq
Qarziy huquq
Tijoriy huquq munosa-
batlari
10 Ish haqi darajasi
Mehnat
shartnomasiga binoan
Lizing oluvchining
qoldiq daromadiga binoan
11
Menejerlar bilan
munosabat nuqtayi
nazaridan
Iyerarxik,
yuqoridan pastga,
pastdan yuqoriga
Shartnomaviy,
hamkorlik
12
Tashkiliy nuqtayi
nazardan
Yollangan
mehnat
Mustaqil tadbirkorlik
faoliyati
Shunday qilib, prokat ijara munosabatlarining eng oddiy turi bo‘lib,
bu ijaraga asosan maishiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tovarlar (nikoh
liboslari, muzlatkichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari,
mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi. Bu ijara turining xususiyati
shundaki, aksariyat hollarda muddati belgilanmaydi yoki ijara o‘ta qisqa
muddatli bo‘ladi yoki iste’molchi undan xohlagancha foydalanishi
mumkin.
Lizing esa ko‘p (30-40 yil) muddatgacha bo‘lishi mumkin. Bu
turdagi ijaraning xususiyati shundaki, aksariyat hollarda (80-90%) lizing
muddati tugagandan so‘ng mulk egalari o‘zgaradi, juda kam hollarda
mulk egasi o‘zgarmay qolishi mumkin. Lizing operatsiyasini amalga
oshirish chog‘ida uchta subyektning ishtirok etishi shartdir:
ishlab chiqaruvchi – lizing beruvchi;
iste’molchi – lizing oluvchi;
vositachi – lizing sotuvchi.
Vositachining asosiy vazifasi shundan iboratki, u ishlab chiqaruv-
chidan asbob-uskunalarni sotib olib, buyurtmaga asosan iste’molchiga
ma’lum bir muddatga ijaraga beradi. Shu bilan bir qatorda vositachi
moliyalashtirish ishlarining barchasini o‘z zimmasiga oladi. Lizing
davrida vositachi (masalan, bank) iste’molchidan kelishilgan miqdordagi
yillik (oylik, kvartallik, yarim yillik) badallarini olib turadi.
[155].
Lizing bir vaqtning o‘zida ham moliyalash, ham yangi
texnologiyalarni xarid qilish masalalarni hal etishda o‘xshashi yo‘q
moliyaviy vositadir. Shuni ta’kidlash joizki, lizing faoliyati bir qator
rivojlangan davlatlarda iqtisodiy taraqqiyotning, kichik va o‘rta biznesni
251
qo‘llab-quvvatlashning juda muhim va samarali shakli hisoblanadi.
Lizing tufayli ham lizing sotuvchi, ham lizing beruvchi, ham lizing
oluvchi, ya’ni lizing operatsiyasida qatnashuvchi har bir subyekt
manfaat topadi.
Masalan, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) lizing operatsiyasi tufayli
eng avvalo uskuna va mashinalarning oldi-sotdisini amalga oshirib,
sotuv ko‘lamini kengaytirishi mumkin (37-jadval).
37-jadval.
Sotuvchi uchun lizingning afzallik tomonlari
№
Sifat jihatdan afzallik
tomonlari
Afzallikni ta’minlovchi omillar
1 2
3
1
Faol marketingni olib
borish imkoni tug‘iladi
Iste’molchilar doirasi quyidagi subyektlar
hisobiga kengayadi:
texnikaga doimo egalik qilishga ehtiyoj
sezmaydiganlar
uskunani sotib olishga qurbi yetmaydiganlar
dastlab texnikani amalda sinab ko‘rishni
istovchilar
ijara shartida foydalanishni xohlovchilar
mulkka egalik qilish huquqisiz uni mulk
qilish istagida bo‘luvchilar
2
Qaytma (qarshi) aloqani
o‘rnatish imkoniyati
bo‘ladi
uskunaning nosozligini tezroq aniqlash
imkoniyati
3
Ishlab chiqarishni
kengaytirish va
mahsulotni yangilash
sur’atini tezlashtirish
imkoni bo‘ladi
mahsulot modelini tezkor o‘zgartirib turishi
va shu asnoda yangi bozorni egallab olish
imkoniyati
4
To‘lovsizlik riskini
bartaraf qilishga
erishiladi
lizing operatsiyasi uchun to‘lovni va
kafolatni lizing kompaniyasining o‘z
zimmasiga olishi
5
Samarali reklamaga
erishiladi
mulk lizingi sifati bo‘yicha monitoringning
uni ishlatish doirasini kengaytirish,
xaridorlarning potensial motivatsiyasining
kuchayishi
6
Lizing uskunasi uchun
zarur bo‘lgan ehtiyot va
mulk lizingidan foydalanishning turli
tumanligi ehtiyot qismlarga bo‘lgan talabning
252
butlovchi qismlarga
talabni oshiradi
kengaytirishiga olib kelishi
7
Investitsiya qilish
kengayadi
uskunalarning oldi-sotdisining tezlashishi
ishlab chiqaruvchi ixtiyorida bo‘lgan
investitsiyani qisman xoli qilishi
8
Ishlab chiqaruvchi
ixtiyoridagi vaqtincha
realizatsiya qilinmagan
mulkdan foydalanish
samaradorligi oshadi
qaytarib berish sharti bilan zarur muddatga
mulkni lizingga berish imkoniyati
[156].
Mulkni lizingga berish lizing beruvchiga ham bir qator
afzalliklarni beradi, xususan, u o‘z kapitalidan investitsiya tufayli
samarali foydalanishga erishadi. Bu afzalliklarni quyidagilarda
ko‘rishimiz mumkin ( 38-jadval).
38-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |