Yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishini ko‘rsating?



Download 3,06 Mb.
bet6/23
Sana13.07.2022
Hajmi3,06 Mb.
#788594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1 oraliq

Umumiy qoidalar
Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 26 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 393-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risida nizom”ga muvofiq masofadan qayta tayyorlash va malaka oshirishning masofaviy shakli bo‘yicha kurslarga, qoidaga ko‘ra, yuqori malakali, shuningdek axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zarur darajada qo‘llash ko‘nikmalariga, masofadan malaka oshirish o‘quv faoliyati uchun tayyorgarligi va layoqati darajasi ega bo‘lgan xalq ta’lim tizimi rahbar va mutaxassis xodimlari (keyingi o‘rinlarda tinglovchilar deb yuritiladi) qabul qilinadi.
Masofadan malaka oshirish o‘quv faoliyati uchun tinglovchi tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablar
MMO tizimi tinglovchisi – faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasasi yoki xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-tarbiya jarayoni sifatining ichki nazorati va tahlili asosida malaka oshirishga ehtiyoj sezadigan xodimlar kontingentiga kiritilgan, kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarni yangilash va chuqurlashtirish bo‘yicha mustaqil ta’lim oluvchi shaxs.
MMO sharoitiga tinglovchining adaptatsiyasi bevosita malaka oshirish sifati va samaradorligida asosiy o‘rin tutadi. Sub’ekt adaptatsiyasi uning bir qator mustaqil psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, bunday xususiyatlar MMO tinglovchisining quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha layoqati darajasini ifoda etadi va ular o‘quv jarayoniga tezkor adaptatsiya muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:

  • tinglovchining MMOning yangiligi va xususiyatini o‘z kasbiy faoliyati, ijtimoiy hayotiga ta’sirini tushunishi: MMO orqali o‘qituvchining malaka oshirishi uchun qulay sharoit yaratilishi, mehnat faoliyati, oilaviy turmush tarzi, iqtisodiy-ijtimoiy ahvolini yaxshilashdagi ahamiyati, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonidagi uzilishsiz o‘quv-tarbiya ishlarini olib borish imkoniyatini yuzaga keltirishi, unda pedagogik yoki axborot texnologiyalari va o‘qitishning interfaol metodlari bo‘yicha yangilangan kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini bevosita amaliyot bilan bog‘lab, mustahkamlash mumkinligi va hokazo;

  • yangilik va o‘zgarishga bo‘lgan motivatsiyasi: o‘qituvchining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojini MMO orqali qondirish bilan bog‘liq faoliyatga moyilligi darajasi;

  • o‘quv faoliyati uchun zarur bo‘lgan birlamchi bilim va ko‘nikmalarning etarliligi: kompyuter, uning qurilmalari va axborot texnologiyalarining boshqa vositalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilimlarga ega bo‘lish, xavfsizlik (texnik, ergonomik va boshqa) qoidalarga rioya etish, kompyuter yordamida kerakli axborotlarni kiritish, saqlash, elektron axborot resurslari bilan ishlash, internet tarmog‘i orqali faoliyatiga oid ma’lumotlarni tanlash va olish ko‘nikmalarining mavjudligi kabi;

  • MMO o‘quv jarayoni uchun o‘rnatilgan tartib qoidalarni o‘zlashtirganlik: kurslarga qabul, hamkorlar bilan ishlash, o‘quv komponentlari, nazorat sinovlari kabi shartlarni bilish.

4. Tinglovchining bunday layoqatlari adaptatsiya shartlari sifatida namoyon bo‘ladi hamda MMO samaradorligi va o‘quv jarayoni sifatidagi asosiy muammolardan hisoblangan tinglovchining mustaqillashuvi, o‘z o‘zini boshqarish va o‘zini nazorat qilish elementlarini rivojlantirishda ahamiyat kasb etib, tinglovchining mustaqil va faol tarzda malaka oshirish, bilish faoliyatiga vijdonan yondashish, o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha o‘ziga hisob berish, maksimal tashabbus ko‘rsatishga undaydi.
YUqoridagi adaptatsiya shartlari MMO sharoitida tinglovchining samarali faoliyat olib borishining ma’lum kompetensiyaviy talablarga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Kompetensiyaviy talablar adaptatsiya shartlari haqida aniq tasavvurni yuzaga keltiradi.

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish