Yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishini ko‘rsating?


«Masofadan malaka oshirish o‘quv jarayoni»



Download 3,06 Mb.
bet8/23
Sana13.07.2022
Hajmi3,06 Mb.
#788594
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
1 oraliq

«Masofadan malaka oshirish o‘quv jarayoni» yo‘nalishi XTXMMOning umumiy tartibi, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari, umumiy xarakteriga oid bilimlarni belgilovchi «XTXMMO tartibi va bosqichlariga oid layoqat» parametridan iborat bo‘ladi. Mazkur yo‘nalishdagi bilimlar tinglovchining XTXMMO haqidagi tasavvuriga oydinlik kiritadi, uning ishtirokchisi – tinglovchiga aylanishi uchun o‘zidagi salohiyat va real imkoniyatlarini (real imkoniyat – aniq xarakterli, amalga oshirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar mavjud bo‘lgan imkoniyat) baholay olishida muhim sanaladi.
XTXMMO tartibi va bosqichlariga oid layoqat parametrining birlamchi kompetensiyalari tarkibi XTXMMOning umumiy tartibini bilish va anglash (buyurtma, qabul, o‘qish muddati, yakuni va umumiy tartibning boshqa komponentlari, ushbu tartibni bajarish uchun real imkoniyatlarga oid) hamda tashkiliy-pedagogik bosqichlarini tavsiflashdan (tashkiliy bosqichlari, pedagogik bosqichlari va ularni baholashga oid) iborat.
XTXMMO tartibi va bosqichlariga oid layoqat parametrining adaptiv kompetensiyalari tarkibini quyidagicha belgilash mumkin:

  • malaka oshirishni qanday amalga oshirilishini izohlay olish (ichki tartib qoidalar, mashg‘ulot turlari, mazmuni, jadvali kabilarga oid);

  • XTXMMO o‘quv jarayoni hamkorlarini bilish (tyutor, o‘qituvchi, tarmoq tashkilotchilari, hamkasblar, metodbirlashma kabilarga oid);

  • o‘quv materiali tuzilishini bilish (o‘quv modullari, maqsadi, zarurligi, tartibi, kutilayotgan natijalarga oid);

  • malaka oshirish jarayonini rejalashtira olish (shaxsiy reja, vaqt taqsimoti, punktuallik kabilarga oid);

  • nazorat va yakuniy attestatsiyaga tegishli ma’lumotlarni bilish(nazorat turlari, o‘tish vaqti, yakuniy nazorat, kriteriyalar, natijalar kabilarga oid).

«AKTdan foydalanish» kompetensiyaviy yo‘nalishi «XTXMMO kompetensiyasi»da AKTga oid bilimlarga egalik bo‘yicha eng ko‘p parametrlarni o‘z tarkibiga oladi. Uning funksiyasi tinglovchining XTXMMO sharoitida mustaqil o‘qish va tegishli topshiriqlar hamda nazorat sinovlarini bajarish faoliyatini to‘laqonli amalga oshirishga zamin yaratishdan iborat bo‘lib, mazkur yo‘nalishda AKT siyosati, kompyuterda ishlashning tayanch usullari, pedagogik faoliyatda ta’lim resurslaridan foydalanish, virtual tarzda samarali pedagogik hamkorlik qilish layoqatiga oid talablar qo‘yiladi.
Mazkur talablarni bajarish esa tinglovchining vaqt va makonga nisbatan masofadan turib o‘quv jarayonida ishtirok etishi, virtual bilimlarni ongli egallashi, idrok etish va kompetentli munosabat bildirish, hosil bo‘ladigan bilimlarning zarurligi, pedagogik amaliyot bilan bog‘liqlikni anglash, samarali foydalanishning amalga oshirishiga imkon beradi.
Ushbu yo‘nalishdagi kompetensiyalarni 4 ta guruhga ajratish maqsadga muvofiq deb topildi, ya’ni ular: a) AKT siyosatini tushunish;
b) kompyuterda ishlashning tayanch usullarini bilish; v) pedagogik faoliyatda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish layoqati; g) virtual pedagogik hamkorlik qilish layoqati.
AKT siyosatini tushunishga oid layoqat parametrining birlamchi kompetensiyalari tarkibi ta’limda AKTdan foydalanish tamoyillarini tavsiflash va tahlil qilish (axborotlashtirish, ta’limni axborotlashtirish, AKTning samarasi, AKTga oid Davlat siyosati, umumiy talablarga oid) hamda kompyuter va uning qurilmalaridan foydalanish qoidalarini tavsiflash (texnik, xavfsizlik, ergonomik va boshqa talablarga oid), adaptiv kompetensiyalar tarkibi esa XTXMMO o‘quv jarayoni va uni tashkil etishdagi umumiy texnik va dasturiy jihatlarini tahlil qilishdan (XTXMMO boshqaruv muhitining dasturiy ta’minoti, yaratilishi, tuzilmasi, uskunalari kabilarga oid) iborat bo‘ladi.
Kompyuterda ishlashning tayanch usullarini bilishga oid layoqat parametrining birlamchi kompetensiyalari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • AKTning keng tarqalgan texnik va dasturiy vositalarini tavsiflash va ko‘rsatish (kompyuter va uning qurilmalari, ishga tushirish va ishni yakunlash, operatsion tizimlar, dasturiy ta’minot kabilarga oid);

  • keng tarqalgan elektron ta’lim resurslarini tavsiflash va ko‘rsatish (elektron darsliklar, trenajerlar, multimedia resurslariga oid);

  • matn va jadvalli, namoyish muharrirlarining imkoniyatlarini tavsiflash va ko‘rsatish (matn va jadvalli muharrirlari, yaratish, tahrirlash, formatlash, saqlash, chop etish va boshqa tayanch funksiyalariga oid);

  • internet va unda ishlashni tavsiflash va ko‘rsatish (Internet, brauzer, sahifa, sayt, portal, havola va boshqalarga oid), qidirish tizimlarini tavsiflash va ko‘rsatish (qidirish tizimlari, funksiyalari, eng ko‘p tarqalgan qidirish tizimlariga oid);

  • elektron pochtani tavsiflash va ko‘rsatish (elektron pochta xizmati, elektron pochta ochish, ma’lumot almashish va boshqalarga oid);

  • turli ma’lumotlar ombori va ularning vazifalarini tavsiflay olish (ma’umotlar ombori, vazifasi, keng tarqalganlariga oid);

  • tarmoq orqali muloqot vositalarni tavsiflash (keng tarqalgan matn xabar, video konferensiya, ijtimoiy tarmoq, tarmoq muhitlari, ularning afzalliklari va kamchiliklariga oid).

Kompyuterda ishlashning tayanch usullarini bilishga oid layoqat parametrining adaptiv kompetensiyalari:

  • XTXMMOda texnik va dasturiy vositalarni tavsiflash va ko‘rsatish (XTXMMOdagi texnik qurilmalar, boshqaruv muhiti, manzili, elementlarning funksiyalari, identifikatsiya kabilarga oid);

  • XTXMMOdagi elektron ta’lim resurslarini tavsiflash va ko‘rsatish (elektron resurslar va elementlar, manbalar, xavolalar kabilarga oid);

  • XTXMMO o‘quv muhitida muloqot olib borish, izlash va boshqa elementlar imkoniyatlarini tavsiflash va ko‘rsatish (forum, chat, xabar, videoaloqa, qidirish tizimi kabilarga oid);

  • topshiriq elementlari (topshiriqlarni olish, javob yuborish, natija bilan tanishish kabilarga oid) hamda joriy va oraliq nazorat elementlari, malakaviy ishni joylashtirishni tavsiflash va ko‘rsatish (nazorat sinovlarini bajarish, takror bajarish, malakaviy ishni yuborish, natijalarni aniqlashga oid).

Pedagogik faoliyatda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish layoqatiga oid birlamchi kompetensiyalar:

  • o‘z faoliyatiga oid elektron ta’lim resurslari, tayyor dasturiy mahsulotlardan foydalanishning ahamiyatini tavsiflash va ko‘rsatish (mazmuni, tizimlashtirish, zarurligini baholash, maqsadli foydalanish, ahamiyati, tajriba, samara, natijalarga oid);

  • qidirish tizimlari, internet saytlari, elektron pochta, tarmoq ma’lumotlar ombori yordamida hamkorlar va resurslarni izlash, foydalanish (qidirish tizimlari, internet saytlari, elektron pochta, tarmoq ma’lumotlar omboridan foydalanish maqsadlari, tajriba, samara, natijalarga oid);

  • turli elektron o‘qitish dasturlari va trenajerlarning o‘quvchilarga bilim berishdagi ahamiyatini tushuntirish (maqsadlar, ahamiyati, tajriba, samara, natijalarga oid);

  • o‘qituvchi faoliyati unumdorligini yaxshilash, kasbiy bilimlarini oshirib borishda AKT vositalaridan foydalanishni bilish (multimediali darslarni tashkil etish, materiallarini tayyorlash, matn va jadvalli muharrirlardan foydalanish, predmetiga oid bilimlar va o‘qitish usullarining elektron manbai, integratsiyalash, tajriba, samara, natijalarga oid).

Pedagogik faoliyatda elektron ta’lim resurslaridan foydalanishga oid adaptiv kompetensiyaga muhitdagi elektron ta’lim resurslari, ta’lim elementlari, trenajerlarning ahamiyatini tavsiflash (mazmuni, zarurligi, amaliyot bilan bog‘liqligiga oid) layoqati kiritiladi.
Virtual pedagogik hamkorlik qilishga oid birlamchi kompetensiyalar boshqalar bilan pedagogik muammoni echish va ta’lim maqsadiga erishish bo‘yicha virtual hamkorlik qilish (matnli xabar, tajriba, natijalarga oid) hamda veb-resurslar, virtual muloqotlardagi axborotlarning ishonchliligi va foydaliligini tavsiflash, ularni ajrata olish (veb-resurslar va veb-muloqotlarda axborotlarni saralashga oid), adaptiv kompetensiyalar virtual auditoriya mashg‘ulotlari haqida tasavvurga egalik, ularning mohiyatini tushunish (virtual muloqot va mashg‘ulotlar, axborotlarni idrok etish, tushunish, tahlil qilish hamda javob qaytarishga oid), Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish muammosini hal eta olishdan (foydalanuvchi identifikatsion kodi (UIC)ni saqlash, turli yozishmalarning xavfsizligi, tarmoqdan foydalanish kabilarga oid) iboratdir.

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish