Yeryong’oq (Xitoy yong’og’i) qimmatli moyli va oziq-ovqat o’simligidir. Bugungi kunda dunyoda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda moyli ekinlar, jumladan, yeryong’oq



Download 4,38 Mb.
bet2/16
Sana18.07.2022
Hajmi4,38 Mb.
#824455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
YERYONG’OQNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston yeryong’oq yetishtirish bo’yicha dunyoda 51-chi o’rinni, hosildorlik bo’yicha esa 1-chi o’rinni egallagan Bugungi kunda yeryong’oq navlarini yetishtirish texnologiyasini ilmiy asoslash va aholini to’yimli oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashda yalpi hosilni oshirish dolzarb masalalardan bo’lib hisoblanadi.
Bugungi kunda yeryong’oq o’simligi nafaqat O’zbekiston Respublikasida, balki ko’plagan Osiyo mamlakatlarida odatiy ekinga turiga aylangan. Bugungi kunda dasturxonlarimizni bezash bilan birga, undan konfet, shokolad, holva, pishiriqlar tayyorlashda, hatto salatlar tayyorlashda ham foydalanilmoqda.
Respublikamizda kunjut, yeryong’oq, kungaboqar, soya va maxsar kabi moyli o’simliklarni yetishtirishga katta e’tibor qaratilmokda. CHunki bulardan konditer mahsulotlari tayyorlashda, meditsina va sanoatda keng foydalaniladi.
O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasining 3.3 bandida “Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, unda qishloq xo’jaligini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan” muhim strategik vazifalar belgilab berilgan. SHu nuqtai nazardan, yeryong’oqdan yuqori va sifatli hosil olishni ta’minlovchi maqbul oziqlanish maydoni hamda qayta ishlash usullarini aniqlash, shuningdek, ijobiy natijalarni amaliyotga keng joriy etish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb hisoblanadi.
Ishning maqsadi. Respublikamiz sharoitida yeryong’oq o’simligini etishtirish, urug’larini saqlash, shu bilan birgalikda ularni qayta ishlash usullarini o’rganildi.
Ishning vazifalari. Hudud sharoitida yetishtirilgan yeryong’oq o’simligi mahsulotlarini yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini, saqlash usularini va qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish orqali xalqni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdan iborat. Demak, yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:
▪Respublikamiz sharoitida yetishtirilayotgan yeryong’oq navlarining tasnifini o’rganish;
▪Yeryong’oq yetishtirish texnologiyasi;
▪Yeryong’oq maydonlaridagi vegetatsiya davridagi zararkunanda va kasalliklarining mahsulot sifatiga ta’sirini aniqlash;
▪Yeryong’oq urug’larni saqlash jarayonlarida xom-ashyoning sifat ko’rsatkichlarini o’zgarishi va bunga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish;
▪Yeryong’oq urug’larni qayta ishlash usullari to’g’ri tashkillashtirish;
Yeryong’oq o’simligi mahsulotlarining ahamiyati faqatgina ularning to’yimliligi va oziq-ovqatga ishlatilishida emas, balki ularning shifobaxshlik xususiyatlarida hamdir. Ular insonga quvvat beradi, yuqorida ham ta’kidlab o’tilganidek, ularning quvvati oqsil va uglevodga nisbatan ikki-uch barobar ortiqdir. Bundan tashqari ko’pgina moyli ekinlarning moyi ham, moyli urug’lari ham tabobatda keng ishlatiladi. Bu yeryong’oq kabi o’simliklarning tarkibida biokimyoviy moddalarga boy ekanligi bilan izohlanadi.
Moyli ekinlar urug’larning tarkibida 40-60% gacha sariq rangda bo’luvchi moy mavjud bo’lib, u asosan olein, linol, palьmitin, stearin, araxin va lignotserin kislotalarining glitseridlaridan iboratdir. Bundan tashqari uning tarkibida fitosterin, sezamin, sezamol, sezamolin moddalari va Ye vitamini mavjuddir.
Umuman olganda moyli ekinlardan olinadigan moylar xalq xo’jaligida keng ishlatiladi. Bugungi kunda o’simlik moylarisiz hayotni tasavvur etib bo’lmaydi. U nafaqat inson oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda, balki tabobatda, parfyumeriya mahsulotlari ishla chiqarishda, sanoatda lak, bo’yoq, olif, sovun, texnik moylar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi.
Ko’rinib turibdiki moyli o’simliklarning ahamiyati yuqori bo’lib, ularni ishlab chiqarish hajmini kengaytirish xalq xo’jaligining ko’plab tarmoqlarida mos holda rivojlanishga sabab bo’ladi. Biroq mamlakatimizda er resurslarining cheklanganligini e’tiborga olsak, ularni yetishtirish maydonini kengaytirish emas, balki mavjud maydonda yetishtirilayotgan moyli o’simliklar hosilini yangi agrotexnologiyalarni qo’llagan holda tubdan oshirish, ularni yig’ib olish, tashish, saqlash taqozo etiladi.

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish