Yer yuzasining shakllanishi va rivojlanishi Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Yer yuzasining morfologiyasi haqidagi gipotezalar



Download 0,6 Mb.
bet6/9
Sana21.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#688384
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yer yuzasining shakllanishi va rivojlanishi

2.5. Yer yuzasining morfologiyasi haqidagi gipotezalar
Olimlar yer yuzasining hozirgi vaqtdagi morfologiyasini, ya’ni Yer manzarasini tushuntirish uchun ko‘p gipotezalarni taklif qilishgan:

  1. Qutblarning siljishi yoki, aniqrog‘i, Yerning aylanish o‘qiga nisbatan siljishi gipotezasi. Yerning aylanish o‘qi Dunyo o‘qiga nisbatan taxminan bir xil burchak hosil qilib og‘gan. Yuqoridagi rasmda ko‘rsatilganidek proterozoyda qutbda Shimoliy Amerikaning markaziy qismi, kembriyda Tinch okeanning o‘rtasi bo‘lgan, paleozoy davomida qutb Tinch okeanda Gavayi orollari orqali Sharqiy Osiyoga siljib borgan, mezozoyda u Oxota dengizi sohillariga yetgan, paleogenda Chukotkada bo‘lgan va nihoyat, hozirgi holatga kelgan deb taxmin qilinadi.

  2. Dastlab Ye. Bixanov (1877) tomonidan aytilib, nemis geofizigi A. Vegener (1912) to‘liq ishlab chiqqan — materiklarning gorizontal siljishi gipotezasi. Bu gilotezaga ko‘ra granit yer po‘sti yuqori paleozoyga qadar Pangeya materigini hosil qilgan. U materik Eski Dunyo o‘rnida bo‘lgan. Mezozoyda bu materik parchalangan va uning ayrim palaxsalari — materiklar siljiy (suza) boshlagan. Birinchi palaxsa ajralib, g‘arbga siljib ketgan—bu Janubiy Amerika, so‘ngra Afrika, keyinroq Antarktida, Avstraliya va Shimoliy Amerika ajrab chiqqan. Materiklarning harakatlanishi gipotezasining keyinroq ishlab chiqilgan variantida qadimgi vaqtda ikkita ulkan materik — Lavraziya bilan Gondvana bo‘lgan deyiladi.


A. Vegener gipotezasiga ko‘ra materiklarning vujudga kelishi:
L — paleozoy, B — mezozey, V — kaynozoy
Lavraziyadan Shimoliy Amerika (uning platformadan iborat qismini Lavrentiy quruqligi deb ataladi) va Yevrosiyo hosil bo‘lgan. Gondvanadan Janubiy Amerika, Afrika, Antarktida, Avstraliya, Arabiston va Hindiston ajrab chiqqan. Shimoliy materiklar bilan janubiy materiklarning o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligiga ularning ikkita kontinentdan vujudga kelganligi sabab qilib ko‘rsatiladi.
3.«Ko‘priklar» bo‘lganligi gipotezasiga ko‘ra Hind va Atlantika okeanlari o‘rnida turli geologik davrlarda sayoz dengizlar, orollar va hatto materiklar paydo bo‘lib, ular orqali o‘simlik va hayvonlar bir materikdan ikkinchi materikka o‘tib yurgan. Masalan, Muz oksanidagi Lomonosov tizmasi o‘rnida yaqin geologik o‘tmishda Arktida quruqligi bo‘lgan degan taxmin bor (Ya. Gakkel).
4. Nihoyat, rotatsion gipoteza deb ataluvchi to‘rtinchi gipotezaga ko‘ra yer po‘sti ba’zi bir kenglik zonalari va meridional sektorlarda ayniqsa aktiv harakat qilib turadi. Aktiv zonalar o‘rtasidan o‘tgan parallellarni shartli ravishda aktiv parallellar, aktiv sektorlar o‘rtasidan o‘tuvchi meridianlarni esa aktiv meridianlar deb ataladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek materiklar eng kichik ekvatorial o‘q yaqinida joylashgan. Bunga sabab shuki, sharsimon shaklga asta-sekin yaqinlashib borishi natijasida mantiyada yuqoriga tomon yo‘nalgan eng kuchli harakatlar huddi shunday sektorlarda vujudga keladi va shu sababli u joylarda materiklarni hosil qiluvchi eng yengil jinslar— granitlar yuqoriga shiddat bilan ko‘tariladi. Cho‘kishga moyil bo‘lgan okean sektorlarida mantiya moddasining saralanishi sekinlashadi, bu joylarda og‘ir okean yer po‘sti tarkib topadi. Janubiy yarim sharda okeanlarning ko‘pligini ham shunday tushuntirish mumkin.
Sun’iy yo‘ldoshlar yordamida olib borilgan kuzatishlar janubiy yarim shar qabariqroq, Yer shakli nokka salgina o‘xshash ekanini ko‘rsatdi. Aylanish jarayonida bu qabariqlik yo‘qolib boradi. Yer po‘sti janubiy yarim sharda pasayishga moyil, shu sababli bu joyda okean hosil bo‘lgan, shimoliy yarim sharda esa aksiicha, litosferalarga ko‘tarilish harakatlari xosdir, bu joyda yer po‘sti kontinental tipda rivojlanib bormokda.
Yeriing o‘z o‘qi atrofida aylanishi qalqish qarshiligi natijasida sekinlashib, sutka uzayib boradi. Shu sababdan Yer qutblarining siqiqligi kamayadi. Yer po‘stining ekvatorial kengliklarida yuqori mantiya moddasi ham pastga tomon harakat qiladi. Amazoniya, Kongo botig‘i va Zond arxipelagining past ekanligiga ham sabab ana shudir. O‘rtacha mintaqalarda - 35° dan 71° gacha (maksimumi 62° da) yer po‘sti va yer po‘sti ostidagi modda ko‘tarilishga moyil. Bu joyda mantiya moddasining saralanishi yengillashadi. Shimoliy yarim sharda bu hodisa katta materiklarning hosil bo‘lishiga olib kelgan. Janubiy yarim sharda ko‘tarilish harakatlari bilan birga pasayish harakatlari ham ro‘y beradi, bunga sabab janubiy yarim sharning qabariqligidir. Pasayish harakatlari janubiy yarim sharda okeanlarning ko‘p bo‘lishiga, ko‘tarilish harakatlari esa janubiy kenglikning 40 va 60° kengliklari orasida rift tizmalarining hosil bo‘lishiga (okeanlar osti relefiga qarang) olib kelgan.
Yer aylanishining sekinlashishi natijasida vujudga keladigan ayniqsa kuchli zo‘riqish shimoliy va janubiy kengliklarning 35° kengliklariga xosdir. Buning natijasida ana shu kengliklarda yer po‘stining yorilishlar mintaqasi hosil bo‘lgan. Shimoliy O‘rta dengiz yorilishlar mintaqasi janubiy yorilishlar mintaqasidan bir oz farq qiladi. Yer po‘stiga pasayish harakatlari xos bo‘lgan janubiy yarim sharda yorilishlar mintaqasi materiklarning tugashida aks etgan. Materiklar juda katta maydonga ega bo‘lgan shimoliy yarim sharda yorilishlar mintaqasida litosferaning tektonik harakatlari eng aktiv bo‘lib, ular burmali tog‘ zanjirlarining, uzilma dengiz havzalarining hosil bo‘lishida, vulkan otilishlari va zilzilalarda namoyon bo‘ladi.
Ekvatorial kengliklarda yer po‘stining pasayishi uning tropiklarda, ko‘proq shimoliy va janubiy kengliklarning 20° yaqinida, ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Shimoliy mo‘’tadil mintaqada materiklarning hosil bo‘lishi bilan birga shimoliy qutbiy kengliklarda litosferaning pasayish harakatlari ro‘y bergan. Janubiy yarim sharda manzara aksincha: janubiy o‘rtacha keigliklarda litosferaning pasayganligi
Antarktikaning ko‘tarilganligi bilan muvozanatlashadi. Arktikada xam, Antarktidada ham ko‘tarilish bilan pasayish o‘rtasidagi chegara 71° kenglikdan o‘tadi.
Shunday qilib, epeyrogenik va orogenik jihatdan Yerning meridional sektorlari hamda kenglik zonalari bir xil emas ekan, yer yuzasida tektonik va, binobarin, geomorfologik jarayonlar geografik kenglik va uzunlikka bog‘liq holda ro‘y berar ekan. Quyidagi aktiv aylanalar ko‘zga aniq tashlanib turadi: 1) sharqiy uzunlikning 105° li (Baykal) epeyrogenik meridiani; 2) g‘arbiy uzoqlikning 75° li (O‘rta Amerika) epeyrogenik meridiani, bu har ikkala meridianda ham geoidning sferoid sathdan eng ko‘p pastligi (—160 va —87 m) natijasida litosfera eng ko‘p ko‘tarilgan; 3) ekvator; hozirgi geologik davrda litosfera ekvator bo‘ylab asta pasayib bormoqda; 4) shimoliy kenglikning 62° i epeyrogenik parallel—materik litosferasining eng ko‘p ko‘tarilishi zonasining o‘qidir; 5) 62° li janubiy kenglik janubiy okeanlarda o‘rtalikdagi rift tog‘ tizmalari ko‘tarilgan va yer po‘stining «ikkinchi qatlami» paydo bo‘lgan; 6) 35° li janubiy va shimoliy kengliklar — yer po‘stining yorilishlar mintaqlari; 7) 71° shim. kenglik — materiklar chegarasi, bu kenglikdan shimolda Arktika okean cho‘kmasi boshlanadi; 8) 71° li janubiy kenglik — okeanlar tugaydigan chegara, undan keyin Antarktida materigi ko‘tariladi; 9) g‘arbiy uzoqlikning 30° va 165° li meridianlari geoidning sferoiddan eng ko‘p farq qiluvchi O‘rta Atlantika va O‘rta Tinch okean sektorlari, bu joylarda okean yer po‘sti hosil bo‘lgan, shu bilan birga yer po‘stining «ikkinchi qatlami» va rift tizmalar vujudga kelgan; 10) Tinch okean yorilish mintaqasi; uning aktivligiga sabab shuki, bu joyda okeanga xos bazalt yer po‘sti bilan materikka xos granit yer po‘sti tutashib turadi.
Yer po‘stining ko‘tarilish va pasayish sektorlari hamda zonalari Yer sirtining sferikligi sharoitida materiklarning zonasimon ekanligiga sabab bo‘lgan. Har bir kontinent sferik litosferaning Yerning kenglik va uzunlik epeyrogenik aylanalari tutashgan joyida ko‘tarilgan qismidan iboratdir. Har bir materik janubda pasayayotgan yer pusti zonasiga kirib boradi. Shuning uchun ham materiklar epeyrogenik aktiv zonada—62° shimoliy kenglikda eng keng bo‘lgan va pasayish zonasida kambarlashib tugaydigan pona shakliga egadir.
Planeta relefi asosiy yo‘nalishlarining S shaklda ekanligining mohiyati shundaki, shimoliy materiklar — quruqliklar va ularning qismlari, tog‘ zanjirlarining bo‘laklari janubdagilarga qaraganda g‘arbga siljigan yoki janubdagilar shimoldagilarga nisbatan sharqqa tomon siljigan. Buni har ikkala Amerikada, Osiyo va Avstraliyada, Atlantika tizmasida hamda relefning boshqa ko‘p katta elementlarida ko‘rish mumkin. Bunday siljishning sababi shuki, janubiy yarim sharda litosferaning pasayishiga moyilligi sharoitida yer po‘stining barcha qismlari shimoldagi o‘z ro‘parasidagi qismlarga nisbatan sharqqa siljigan, shimoliy qismlari esa shimoliy yarim shar litosferasining ko‘tarilish harakatlariga bog‘liq ravishda g‘arbga tomon siljigan. Meridional og‘ish vujudga keladi.
Qutblar siljishi bilan, tabiiyki, yuqorida aytib o‘tilgan tektonik zo‘riqish chiziqlari ham siljigan. Turli geologik davrlarda Yer yuzasining har xil qismlari aktiv parallellar zonalariga kirib turgan. Har bir ana shunday davrda epeyrogenik va talassogenik kutarilish hamda pasayish zonasi yoki sektoriga xos zo‘riqish tufayli yer po‘stida orogenik harakatlar, yorilishlar va tektonik aktivlikning boshqa ko‘rinishlari ro‘y berib turgan.
Geologik vaqtni tasavvur qilish uchun sovet geologik sanasi shkalasi keltirildi (Dune Tabiiy geografik atlasidan, 1964, unga kembriygacha utgan era qushilgan).
Materiklarning joylashishi va qiyofasi haqidagi fikrlar ilgari ham, hozir ham gipotezalardan iboratdir. Yer po‘sti tarixini sintez qilish (umumlashtirish)—kelajakning ishi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish