Kurs ishining vazifalari. Kurs ishining obyekti: Yer shari, yer yuzasining shakllanishi va rivojlanishi
Kurs ishining predmet: Yer yuzasining shakllanishi va rivojlanishi bo’yicha olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Tadqiqotda ilgari surilgan yetakchi ilmiy-nazariy g‘oyalar geografiya va uni o‘qitish metodikasi fanlari mazmunini boyitadi, ishlab chiqilgan metodika va undan foydalanish umumiy pedagogika va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi mazmunini modernizatsiyalaydi. Tadqiqot natijalaridan umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda oliy ta’lim tizimining o‘quv jarayonida, ilmiy va o‘quv ishlarida, maxsus kurs va seminarlarda, pedagog xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida, ilmiy-uslubiy adabiyotlarni yaratishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining tarkibi: Kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar ro’yxati, 36 sahifadan iborat.
II. Asosiy qism 2.1. Yerning shakli Yerning shakli va ulchamlari tugrisida xozirgi davrdagi ilmiy tasavvurlar birdaniga paydo bulgan emas. Kadimgi xindlar yerni fil ustida joylashgan tekislik kurinishida tasavvur kilganlar. Yunonlar esa yerni dengiz bilan uralgan dumalok baland toglik kurinishida tasavvur kilishgan va bu toglikni kattik tuntarilgan osmonga tiralib turadi deb xisoblaganlar.
Yer, shar shakliga ega degan xulosani birinchi bulib kadimgi yunon olimi Pifagor (eramizgacha bulgan 580-500-yillar) aytib utgan. Aristotel esa eramizdan oldingi IV asrda bu xulosani ilmiy asosda isbot kilib berdi. Kadimgi yunon olimi Eratosfen Kirenskiy esa (eramizgacha II- asr) birinchi bulib bir muncha aniklikda yer sharining radiusini anikladi.
XVII-XVIII asr (1643-1727) oraligida angliyalik olim Isaak Nyuton yerning anik shar shaklida emas ekanligini isbot kildi. Nyutonning xisoblari buyicha yerning uz uki atrofida aylanishi okibatida, uning ekvatorida rivojlanadigan markazdan kochirma kuchning ogirlik kuchidan kattaligi xisobiga, yer kutbda sikilgan ellipsoid shaklini egallaydi.
I.B.Listing (1873 yil) yerning shaklini geoid deb atashni taklif kildi. Geoidning yuzasi Dunyo okeanining mutlok tinch xolatdagi yuzasi bilan mos tushadi. Materiklarda esa bu yuza fikran utkazilgan kanal, daryo yuzalari buylab tutashtiriladi.
Keyinchalik yerning shakli va kattaligi kator olimlar tomonidan aniklandi. Ayniksa ishonarli ma’lumotlar F.N.Krasovskiy va A.A.Izotovlar tomonidan olingan. Ularning xisobiga kura yer shakli uch ukli ellipsoid aylanasiga yakin va uning kichik (kutbiy) uki aylanish uki xisoblanadi. Yerning ekvatorial radiusi 6378,2 km kutbiy radiusi esa 6356,9 km. Yerning yuzasi 510 100 934 km2 ga teng.
Kursatib utilgan ma’lumotlarga kura Yer planetasining shakli geoid va uch ukli ellipsoid aylanasiga ega emasligi, uning asl shaklini aniklash olimlar oldidagi muammo ekanligini kursatadi. Kishilarning amaliy faoliyati uchun yer sharining tuzilishi 14000 metr chukurlikgacha urganilgan. Xozirgi vaktda tog kazilmalari (shaxtalar) ning chukurligi 3,5-4,0 kilometrni tashkil kiladi (Xindiston va Janubiy Afrika konlari). Dunyodagi eng chukur burg kudugi Kola yarim orolida joylashgan va uning chukurligi 14,0 kilometrdan ortib ketgan. Ayrim yakka burgulash kuduklarining chukurligi 8,0-9,5 kilometrga yetgan. Kuduklarning urtacha chukurligi 4-5 kilometrdan oshmaydi, yoki yer radiusidan 1000 marotaba kichikdir. Yerning kolgan (katta) chukurliklardagi tuzilishi va tarkibi esa bilvosita usullar-seysmologik, gravimetrik astronomik, geodezik va geofizik usullar yordamida urganilgan. Geofizik ma’lumotlarga kura Yer shari bir necha konsentrik kobiklarga bulinadi. Yer pustini bevosita urganilishi mumkin bulgan turt tashki geosferaga bulish mumkin (atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosferalar) xamda seysmik tulkinlar tarkalish tezligining keskin uzgarishiga karab kator ichki sferalarga bulinadi .
Litosfera kalinligi va tarkibi jixatidan turli-tuman bulgan yerning ichki sferasidir. Yer pusti pastdan mantiya bilan yukoridan atmosfera,gidrosfera va biosferalar bilan chegaralangan. Uning kalinligi pasttekisliklarda (Rus pasttekisligi) 35-40 kilometrni kadimgi tog tizimlari xududlarida) 50-65 kilometrni, yosh tog tizmalarida (Garbiy Alp,Pomir,Tyan-Shan) esa 80 kilometrni tashkil kiladi. Toglik tizmalarda yer pusti ildiz xosil kilganday bulib yer pustlogiga chukur botganga (chukib turganga) uxshab kurinadi.
Atlantika okeanining ostida yer pustining kalinligi 10-15 kilometr.
Tinch okeanining markaziy kismida 4-6 kilometr.
Yer pusti, yer yuzasidan chukindi tog jinslari (gillar, kumlar, kumtoshlar, shagallar, gipslar, oxaktoshlar) dan tashkil topgan va kalinligi 15 kilometrgacha bulishi mumkin.
Kadimiy chukindi jins katlamlari yer ka’ridagi yukori xarorat va bosim ta’sirida metamorfik tog jinslarini (gneys,slanets, marmarlar) xosil kiladi. Bu jinslarni ayrim vaktlarda mustakil metamorfik katlamga kiritiladi.
Pastda (suyuk) suyulgan silikat maxsulot - magmaning sovushidan xosil bulgan magmatik tog jinslari joylashadi. Yer pustining yukori kismida magmatik jinslardan ularning yengil (nordon) turlari "granit" katlamini xosil kiluvchi jinslar joylashadi.
Chukindi va granit katlamlarining tarkibida kislorod (0) kremniy (Si) va allyuminiy (Al) elementlari keng tarkalganligi uchun ularni (sial) nomi bilan birlashtiriladi.
Chukindi va granit katlamlarining umumiy kalinligi pasttekisliklarda 15-20 kilometr-kadimgi toglar ostida 15-25 kilometr ulkan yosh tog tizmalari ostida 50 kilometr, okeanlarning ostida granit katlamlari bulmaydi.
Granit katlami tagida xususiyati jixatidan bazaltga yakin bulgan tog jinslari yotadi. Bunday tog jinslaridan tashkil topgan jins kavatini shartli ravishda "bazalt" katlami nomi bilan atalgan. Bazalt katlamini tashkil kilgan jinslar, magmaning sovushidan va ularning ustida joylashgan chukindi jinslarning metamorfizatsiyaga uchrashidan xosil bulgan. Granitlar degranitizatsiya jarayonida yukori xarorat va bosim ta’sirida tarkibidagi kremniyli kislota va ishkorlarini yukotadi va bazaltlarga aylanishi mumkin. Bazalt kavatining kalinligi tekisliklarda (platformalarda) 20-25 kilometrni, yosh tog tizmalarida 1520 kilometrni tashkil kiladi.
Yer pustidan 2900 kilometr chukurlikgacha mantiya kavati joylashadi. Bu kavat tuzilishi, tarkibi, xususiyati va boshka belgilariga karab uch katlamga bulinadi: V katlami 200-400 kilometr, S katlami 700-900 kilometr va D katlami 2900 kilometrgacha chukurlikni tashkil etadi. Seysmik ma’lumotlarga kura kavatlarni tashkil kilgan jismlar ayrim lokal joylardan tashkari asosan kattik xolatda buladi. Xozirgi vaktda Yer asosan (litosferasi) kattik xolatda degan fikr fanda keng tarkalgan. Bu fikrga asosan litosferaning chukindi, granit va bazalt katlamlari kattik xolatda yotadi. Mantiya jismlari esa fizik xususiyati jixatdan surguch, shishaga yoki parafinga uxshash strukturasiz jismlardan tashkil topadi. Bu jismlar bir zumda ta’sir kiluvchi kuchlar ta’siridan uzlarini kattik jismlar kabi, asta ta’sir kiluvchi kuchlar ta’siridan esa xuddi suyuk jismlar kabi tutadi. Yadroning tashki kobigi uta zichlangan suyuk jismlardan, markaziy kismi esa kattik metalsimon jismlardan tashkil topgan deb xisoblanadi.