Neytron ochilgandan so’ng 1932 y. sovet olimlari Gapon va Ivanchenko yadro tuzilishini proton–neytron nazariyasini yaratdilar.Bu nazariyaga ko’ra yadroda protonlar va neytronlar turadi
Neytron ochilgandan so’ng 1932 y. sovet olimlari Gapon va Ivanchenko yadro tuzilishini proton–neytron nazariyasini yaratdilar.Bu nazariyaga ko’ra yadroda protonlar va neytronlar turadi.
Neytron ochilgandan so’ng 1932 y. sovet olimlari Gapon va Ivanchenko yadro tuzilishini proton–neytron nazariyasini yaratdilar.Bu nazariyaga ko’ra yadroda protonlar va neytronlar turadi.
N = A – Z
N- atomdagi neytronlar soni. A-elementning atom massasi. Z-elementning tartib nomeri.
Yadrodagi protonlar va neytronlarni ushlab turuvchi kuchlar yadro kuchlari deyiladi.Ular juda qisqa masofada tasir etadi
(10—16 m).
Yadrodaga protonlar neytronlarga yoki teskari jarayon sodir bo’lishi mumkin.
Yadro zaryadi bir xil lekin atom massasi turlicha bo’lgan atomlar to’plami izotoplar deyiladi.Bu zarrachalar tarkibida neytronlar soni har xil bo’ladi.
17Cl35, 17Cl37
17Cl35, 17Cl37
12Mg24, 12Mg25, 12Mg26
Har xil sondagi protonlar va neytronlarga,lekin bir xil sondagi nuklonlarga(atom massasiga) ega bo’lgan zarrachalar izobarlar deyiladi.
Atomning yadroviy tuzilishi modda tuzilishini bilishda muhim qadam hisoblanadi. Rezerford nazariyasi ikki qarama-qarshilikka ega:
- bu nazariya atomning barqarorligini tushuntura olmadi.Musbat zaryadlangan yadro atrofida aylanayotgan elektron elektromagnit to’lqinlari tarqata borib o’z energiyasini yo’qota borishi buning natijasida elektron borgan sari yadroga yaqinlasha boradi. U hamma energiyani yo’qotgandan so’ng yadroga qulashi kerak.Ammo atomlar cheksiz uzoq vaqt barqaror va buzilmasdan tura oladi.

- atomni Rezerford bo’yicha tuzilishi atom spektrlari to’g’risida noto’g’ri xulosalar chiqarishga olib keladi.Yadro atrofida aylanayotgan elektron yadroga yaqinlashib o’zining harakat tezligini doim o’zgartirib borishi kerak.Elektron tarqatayotgan nurning to’lqin chastotasi uning aylanish chastotasiga bog’liq va uzluksiz o’zgarib borishi kerak.Demak, atomlar tomonidan tarqatilayotgan nur uzluksiz spektrga ega bo’ladi.