O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“QURILISH” FAKULTETI
“GEODEZIYA KARTOGRAFIYA VA KADASTR” KAFEDRASI
YER RESURSLARINI BOSHQARISH
FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
“Geodeziya kartografiya va kadastr” yo’nalishi uchun
FarPI Uslubiy kengashi
tomonidan tasdiqlangan
№ _____ majlis bayoni
_____________ 2021 y
Mazkur ma’ruzalar matni “Geodeziya kortografiya va kadastr” yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, u “Yer hissobi va davlat kadastri ” fani bo’yicha namunaviy o’quv dasturiga muvofiq 28 soatlik ma’ruza mashg’ulotlari mavzularini o’z ichiga olgan.
GKK kafedrasini
__________ yil № bayonnomasi
Uslubiy yeg’ilishda ko’rib chiqilgan
“Qurilish” fakulteti
Uslubiy komissiyasi tomonidan
ko’paytirishga tavsiya etildi.
№ bayonnoma ____________2021 - yil
Tuzuvchi Q.x.f.n b vv docent. I.Kimsanov
1-mavzu. Yer resurslari boshqaruv tushunchasi, uning tavsifi va tizimi.
Reja:
1.Yer resurslari boshqaruv tushunchasi.
2.Yer resurslari boshqaruvi uning tavsifi.
3.Yer resurslari boshqaruv tizimi.
Boshqarish tushunchasi Boshqaruv munosabatlarining turlari har qanday yer munosabatlarini boshqarish singari, muayyan tizim doirasida shakllanadi. U hodisalar, predmetlar, unsurlarning bir-biri bilan qonuniy bogʻlangan, obyektiv birligini ifodalaydi. Тakidlagandek, boshqarish tizimi – bu bir-biri bilan bogʻlagan birlikni va oʻzaro munosabatlarda boʻluvchi unsurlar yigʻindisidir. Harakat oʻz-oʻzidan mavjud boʻlmay, balki boshqa tizim va unsurlar tasirida yuzaga keladi. U mavjud tizimga tasir koʻrsatuvchi tashqi muhitni tashkil etadi. Boshqarish deganda, boshqariladigan tizimlarga tasir jarayoni tushuniladi. Har qanday murakkab tashkil etilgan boshqariladigan tizimlar, shu jumladan, yerdan foydalanish tizimi ham oʻzining boshlangich parametrlarini ushlab turishi, shuningdek, oʻzlarining sifat holatlarini malum bir maqsadga yoʻnaltirilgan darajalariga erishishi uchun obyektiv ravishda boshqarishni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, boshqarish – bu boshqariladigan tizimlarni, ularni ichki mazmuni bilan mavjud boʻlishining obyektiv zaruriyatidir. Boshqarish tizimni oʻzining rivojlanish qonuniyatlariga mos tarzda amalga oshiriladi. Boshqarishsiz tizim amaliy jihatdan boʻlinib ketadi. Boshqarish tushunchasi maxsus adabiyotlarda yetarli darajada yaxshi oʻrganilgan. “Boshqarish (adminitration, control, management va boshq.) – keng manoda – mavjud boʻlishini ushlab turish yoki uni holatini oʻzgartirish maqsadida boshqarish obyektiga maqsadli yoʻnaltirilgan tasir vositasida tizimni bir holatdan boshqasiga oʻtkazishdir”. Boshqarish stixiyali (koʻzda tutilmagan kuchlar tasirining natijasi) hamda ongli (jamoat institutlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan) turlarga ajratiladi. Boshqacha soʻz bilan tariflasak, boshqarish – bu ushbu tizimga xos boʻlgan obyektiv qonunlardan foydalanish asosida uni yangi sifat holatiga oʻtkazish maqsadida tizimga tasir etish jarayonidir”. Yani, boshqarish jarayoni mavjud tizimga (uning parametrlariga) tasir etishi sifatida etirof etiladi hamda u boshqarish funksiyasi yordamida boshqariladigan tizimning oʻziga xos 5 mexanizmlari vositasida amalga oshiriladi. Bunda etirof etiladiki, `Tizimni yoki uning funksiyasini oʻzgartirish manbasi odatda tizimning oʻzida yotadi`. Ammo boshqarishni faqatgina uni yangi sifat holatga oʻtkazish deb qarash kerak emas, bunday qoida toʻlaqonli boʻlmaydi. Murakkab boshqariladigan tizimning muhim xususiyati shundan iboratki, boshqarish uni optimal holatda saqlanishini taminlaydi va shu sababli bir vaqtda tizimning oʻzini ham tashkil etishga yoʻnaltirilgan, yani boshqarishning mohiyati tizimni tartibga solish uchun unga tasir etibgina qolmasdan, balki uni tashkil etishdan ham iboratdir. Darhaqiqat, boshqarish tizimni oʻzini tashkil etish vositasi boʻlib ham xizmat qiladi. Boshqarish tushunchasi jarayon vatizimlar tushunchalari bilan ham uzviy bogliqdir. Jarayon (lotinchadan “prosessus”) harakatni bildiradi va nimanidir rivojlanishida holatni, voqeilikni ketma-ket oʻzgarishi, qandaydir natijaga erishish uchun ketma-ket xarakatlar majmuasi” sifatida tariflanadi. Shuni koʻzda tutish zarurki, boshqarish jarayonlarni kechishi, mashinalarni ishlashi va oqibatda obyektlar tarkibida yuz beradigan oʻzgarishlar, tizimning ishlashi bilan amalga oshiriladi, ammo hech qachon obyektlarning oʻzi bilan emas. Shu sababli amaliyotda hamda maxsus va oʻquv adabiyotlarida uchraydigan `Тabiiy resurslarni boshqarish, Yer resurslarini boshqarish`, `Yerni boshqarish, Suvni boshqarish va hokazolar tipidagi soʻ oʻzlar unchalik ilmiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. 2. Тizimlarni boshqarish Boshqarish tizimini tashkil etish va unga tasir etish jarayoni sifatida tizimlar tushunchasini koʻrib chiqish koʻzda tutiladi. Tizim (grekchadan systema) – qismlardan tuzilgan bir butun, yaxlit; bir-biri bilan malum munosabatda va bogliqlikda boʻlgan, malum bir yaxlitlikni, birlikni tashkil etuvchi birikma, koʻp elementlar toʻplamidir. Tizim – bir –birlari bilan munosabatda va malum aloqada boʻlgan hamda malum yaxlitlikni, birlikni tashkil etuvchi elementlarning tartibga solingan majmuasidir. Yani, tizim deganda malum munosabatda boʻlgan va bir–birlari bilan boglik, oʻzlarinig birligida oʻziga xos yaxlitlik, birlikni yaratuvchi koʻp sonli 6 elementlar tushuniladi.
Qayd qilish muhimki, tizimning umumlashgan xususiyati uni tashkil etuvchi alohida elementlar xususiyatlarining umumiy yigindisi bilan bir xil emas, bu–faqatgina ushbu tizim uchun xos boʻlgan sifat jihatdan yangi xususiyatdir. Har qanday tizimning oʻziga xos boʻlgan xususiyati shundan iboratki, har bir element teskari aloqalar mavjud boʻlgandagina uning xususiyatiga tasir qiladi, yaxlitlik boʻlganida tizim sifatidagi koʻpgina xususiyatlar, shu bilan birga, uni tashkil etuvchi elementlarning xususiyatlari yoʻqotiladi. Ushbu oʻzaro bogliq elementlar majmuasining mavjud boʻlishi tizimning umumiy maqsadga erishishga yoʻnaltirilgan. Tizimlar odatda moddiy va abstrakt turlarga ajratiladi. Moddiy tizimlar, qoidaga binoan, tabiiy mohiyatga, abstrakt esa logik mohiyatga egadir. Tabiiy tizimlardan farqli oʻlaroq suniy tizimlar inson tomonidan yaratiladi, ochiq tizimlar tashqi dunyo bilan bog`liq, yopiqlari esa bog`liq emas, axborotli resurslar bilan uncha katta boʻlmagan almashishga ega. Maqsadli belgilari boʻyicha tizimlar bir maqsadli, koʻp maqsadli hamda funksional turlarga boʻlinadilar. Murakkab iqtisodiy obyektlarni tadqiq qilishda tizimlarni yaratishdan maqsad – ular taxlilini soddalashtirish, `murakkabdan oddiyni` topishdan iboratdir. Murakkab obyektning yaratilgan tizimi uning tarkibini yetarlicha oddiy qilib koʻrsatishga, uni tashkil etuvchi elementlarning sabab oqibatli aloqalari tahlilini soddalashtirishga, ushbu obyektdan foydalanishni boshqarishning amaliy masalalarini hal qilishga imkon beradi. Umumiy holatda mavjud boʻlgan tizim quyidagi koʻrinishga ega boʻlishi
Kirishning asosiy elementi boʻlib obyekt (moddiy, resursli, axborotli) hisoblanadi. U tizimga tasir koʻrsatadi hamda tizimga kiradi. Kirishda bundan tashqari tizimga tasir koʻrsatuvchi tashqi muhitning omillariga kiruvchi ikkilamchi (ikkinchidarajali) elementlar hamda toʻgridan–toʻg`ri boshqarish mumkin boʻlmaydigan, noqonuniy xarakterga ega boʻlgan omillar ham mavjud boʻladi. Tizimning ikkinchi qismi– masalani tadbiq qilish jarayoni (tizimni obyektga tasir etishi) – zaruriy natijani olish maqsadida kirish elementlariga tasir koʻrsatuvchi jarayonlar (operatsiyalar)dan iborat. Tizim faoliyatining natijasi yoki mahsuloti uning chiqish qismida 7 olinadi.Natijani baholash asosidatizimning barqarorligi hamda ishonchligi toʻgrisida hulosaqilinadi. 1-rasm. Tizimning umumiy koʻrinishi Bunda uning muhim xususiyatlari sifatida ularning ajralib ketishiga uchrashi mumkin boʻladigan barqarorligi, tashqi va ichki muhitga moslashishi alohida etiborga olinadi. Iqtisodiy tizimlarning xususiyati shuki, ular inson tomonidan yaratiladi.
Iqtisodiy obyektlarni tadqiq qilishni tizimli yondoshuvida jamiyat faoliyatining alohida tarmoqlari, mamlakat iqtisodi, alohida ishlab chiqarish majmualari va hokazolar alohida tizimlar sifatida oʻrganiladi. Ular odatda vertikal va gorizontal aloqalarni oʻz ichiga olgan, boshqarishni iyerarxik darajasini tashkil etuvchi tarkibli va funksional xarakterli kichik tizimlardan iborat boʻladi. Fan va texnikani jadal rivojlanishi, tarmoqlararo aloqalarni katta hajmlarda kengayishi hamda ishlab chiqarishni nihoyatda koʻpayishi iqtisodiy muammolarni tadqiq qilish jarayonida `katta tizimlar` deb ataladigan nomni ajratishga imkon beradi. Bu tizimlar maqsadli yunalishligigi va boщqarilishi, murakkab iyerarxik tarkibliligi, katta oʻlchamlari, yaxlitligi hamda murakkabligi bilan tavsiflanadi.Bundan tashqari, yirik iqtisodiy masalalarni hal qilish uchun yirik murakkab tizimlar`ham ajratiladi.Ular murakkab tarkibli maqsadga, bitta tizimda bir necha tarkibga, tizimlarning murakkab izohnomasiga egadirlar.Katta murakkab tizimlar tadqiq qilish tizimlarni ham talab qiladi. Ular tominidan iqtisodiy tizimlar hamda boshqarish usullarini oʻrganishda murakkabligi boʻyicha shunga mos keluvchi tadqiq qilish tizimlari yaratilishi zarur. O’rganish ob’ekti Masalani tadbiq qilish jarayoni
Tasodifiy omillar Tashqi muhit omillari Natija (yechim) 8 Tabiatdan foydalanish muammolarini oʻrganishda moddiy va abstrakt tizimlar muhim rol oʻynaydi. Tabiatdan foydalanish jarayoni, bir tomondan, tabiiy resurslarning miqdorlari va ulardan foydalanishni, ikkinchi tomonidan esa ushbu jarayonni boshqarishni oʻz ichiga olganligi sababli tabiatdan foydalanish tizimlari ham oʻzining xarakteri boʻyicha birlashtirilgan yoki moddiy – abstrakt, oʻzining mohiyati boʻyicha esa iqtisodiy-ekologik tizimlardir. Tarkibi jihatdan ularga tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy, ekologik hamda boshqa qirralari xarakterli boʻlgan, jamiyatni rivojlanishi uchun oʻsha muhim kichik tizimlarni oʻz ichiga oladi. Kichik tizimlar rang-barang aloqalarga ega boʻladilar. Ularni oʻrganish esa tabiiy resurslardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarurdir. Shunday qilib, tizimlar deganda umumiy maqsadga erishish uchun birgalikda tasir koʻrsatuvchi, zamon va makonda malum bir qonuniyatlar asosida joylashgan oʻzaro bogliq hamda oʻzaro tasir etuvchi elementlarning birligi tushuniladi. Tizimlar moddiy va abstrakt turlarga ajratiladi.
Tizimlarning birinchi turi neorganik tabiiy hamda tirik xillarga ajratiladi. Abstrakt tizimlar bu tushunchalar, gipotezalar, nazariyalar, formallashtirilgan, logik va boshqa ilmiy bilimlardir. Tizim quyidagi talablarga javob berishi zarur: -tizimni har bir elementining holati umumiy yaxlit tizimning holatiga tasir etadi, ular ajralgan taqdirda tizimning oʻsha muhim xususiyatlari yuqotiladi; -tizim elementlarining holati hamda ularni yaxlit tizim bilan tasiri oʻzaro bogliqdir, ularni tizimdan ajralib ketishi natijasida ham elementlarning muhim xususiyatlari yuqoladi. Darhaqiqat, tizim ega boʻlgan holat, xususiyat uni tashkil etgan alohida elementlar (kichik tizimlar)ning holati, xususiyatidan farq qiladi. Tizim–bu mustaqil qismlarga bulish mumkin boʻlmagan koʻp sonli elementlardir. Tizim elementlarining xususiyatlar toʻplami tizimning umumiy xususiyatini yoritmaydi, faqatgina bir necha yangi xususiyatni beradi xolos. Har qanday tizim rivojlanayotgan tizimdir, u oʻzining oʻtgan zamondagi boshlanishiga hamda kelgusidagi davomiyligiga ega.
Tizim tushunchasining tahlilini 9 soddalashtirish, tarkibini urganish hamda tizimni mavjud boʻlishini oʻrganish maqsadlarida u oʻz ichiga murakkabdan oddiyni topishni oladi. 3. Yer resurslari. Yerdan foydalanish. Yer tushunchasining (mohiyatini) ayrim tavsiflarini ko„pchilik adabiyotlarda uchratish mumkin. Yerdan foydalanishni tashkil qilish va amalga oshirish sohasidagi barcha tekshirishlar ananaviy tarzda ana shu tushunchaning tahlili bilan boshlanadi. Binobarin, yerning mohiyati va uning vazifalari haqidagi masala, allaqachon xrestomatiya deb hisoblash mumkin bo`ladi shekilli. Biroq mavjud tekshirishlarda odatda, yer bitta nuqtai nazardan – siyosiy iqtisodiy sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish vositasi sifatida yerning mohiyati siyosiy iqtisodiy tahlili birlamchi ekanligi bilan munozara qilish xato bo`lar edi. Shu bilan birga uning yetarli emasligini ko„rmaslik mumkin emas, ayni paytda yerni boshqa juda muhim tomonlari nuqtai nazardan chetda qolmoqda. Shunday qilib gap bu tushunchaning tizimi majmuali tahlili haqida borayotir. Moddiy tizim sifatidagi yer uchun ko„pgina mazmun va ishlab turgan usullar tavsiflidir. Shuning uchun Yer haqidagi tushunchadan yaxshi tasavvur olish uchun, keyingisini turli xil nuqtai nazardan qarab chiqish zarur.Majmuali ko„p nuqtai nazarli yondashuv bu yerda mutlaqo zarur qurol bo„lib xizmat qiladi. Umumiy tabiiy nuqtai nazardan yerni Yer materiya- bunda o„zini tabiat kuchlaridan biri sifatida qo`llanadigan qilib tavsiflanishi mumkin bo„ladi. Yer - materiya tavsifi mazmunli tavsifini oydinlashtiramiz. Yer jug`rofiy nazar ostida yer deganda Yer - sayyoraning yuzasi deb tushunmoq kerak. Yerning bu tushunchasi eng umumiydir. Uni oydinlashtirishning navbatdagi bosqichi - yer tushunchasining ekologik nuqtai nazardan aniqlash. Materiya sifatidagi yerning xususiyati tabiat majmuasining boshqa tarkibiy qismlari o`zaro bir - biriga ta„sir qilishda amalga oshiriladi. Chunonchi iqlim suv manbalari, o`simlik va hayvonot dunyosi bilan Yer - biosferaning muhim tarkibiy qismidir yani, Yer sathi 10 va unga tutashib turadigan litosfera qismi, gidrosfera va atmosferalar. Tabiiy - ilmiy nuqtai nazardan yerning biosferasi mutlaqo murakkab jonli buyumning va jonsiz materiyaning o`z-o`zini rostlovchi tizim sifatida qaraladi. U ulkan energiya manbalarini jamlaydi va qayta taqsimlaydi. Yer sathi atmosfera va gidrosferaning dinamikasi va tarkibini aniqlaydi.Tizim sifatidagi biosferaning muhim tavsifi uning har qanday buginida va har qanday tasir ko`rsatishga javob berish hisoblanadi. Tashqi tasir ko`rsatish buzishi (yoki buzmasligi) mumkin.
Biosferaga tegishli tarkib topgan o`zaro bir-biriga bog`liklik uning obyektiv holatiga tegishli bo`lgan muvozanat dinamikasining buzish yoki buzmaslik xosdir. Bu biosfera manbalaridan foydalanishni ratsional amalga oshirishning jiddiy asosidir. Ekologik nuqtai nazardan yer tushunchasini oydinlashtirishning quyi bosqichi, yerni biosferaning yakkamdukkam birlamchi tuzilishining komponenti sifatida tushunish bo`lib hisoblanadi. (Ekotizim) yani mahalliy o`zaro bir-biriga bog`langan genetik va jug`rofiy, o`simlik, hayvonot, tuproq, relefi, iqlimi, suvini birga qoshib olib borish tushunmoq kerak. Ekotizimning rivojlanishida yerning roli g`oyat kattadir, binobarin uningsiz yer sathida hayotning bo`lishi mumkin emas. Shu darajada yerni tuproq sifatida tushuniladi, biroq bu tushunchani yanada ko„proq oydinlashtirish zarur
Do'stlaringiz bilan baham: |