Yer resurslarini boshqarish fanidan ma’ruzalar matni



Download 434 Kb.
bet4/10
Sana26.05.2022
Hajmi434 Kb.
#609405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yer resurslarini boshqarish maruzalar matni (2)

Nazorat savollari
1.Yer tuzishni bajarishda davlatning ahamiyati
2.Yer tuzishda davlat vakolatli organlarining ahamiyati
3.Ishlab chiqarish tashkilotlari uchun yer ajratish tashkil qilish
4.Yer tuzishning qanday turlari mavjud


4-mavzu. O’zbekiston respublikasida yer monitoring
Reja:

  1. Yer monitoringini yuritish printsiplari

  2. Davlat yer monitoringini oʼtkazish asoslari va tuzilmasi

  3. Monitoring qilishning mazmun va mohiyati

Monitoring” soʼzi lotincha boʼlib (monitor-ogoxlantiruvchi, kuzatuvchi, nazoratchi kabi maʼnolarni anglatadi). Yelkanli kemada nazoratchi matrosni shunday deb atashadi, u boshqa bilan toʼqnashib kolmaslikni ogoxlantiruvchi boʼlgan. Ingliz tilidan “monitoring” suzini tarjimasi “nazoratni olib borish, tekshirish va xatto maslaxat bermok, nasixat qilmoq” kabilarni anglatadi.
Monitoring boʼyicha (Nayrobi, 1979y.) birinchi xukumatlararo kengashda monitoringni oldindan tayyorlab qoʼyilgan dastur bilan muvofiqlikda makonda va vaqt boʼyicha maʼlum maqsadlar bilan tabiiy muxit atrofini bir yoki koʼproq unsurlarini taroriy uzatish tizimi deb atash qabul qilingan.
Monitoring maqsadi-tabiatni muxofaza qilish faoliyati va ekologik xavf-xatarsizlikni boshqarishning axborot bilan taʼminlashdir.
Oʼzbekiston Respublikasida xozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yerlardan foydalanish darajasini oshirish va yerdan olinadigan maxsulot miqdorini koʼpaytirish maqsadida yer monitoringini tashkil etish muxim xisoblanadi.
Oʼzbekiston Respublikasida joriy etilayotgan yer monitoringi barcha yer fondining mavjud xolati toʼgʼrisida, uni baxolash, oʼz vaqtida sifat va miqdor oʼzgarishlarini aniqlash, yerdan foydalanishda roʼy berishi mumkin boʼlgan salbiy oqibatlarni bartaraf qilish boʼyicha kuzatuvlar tizimini oʼz ichiga oladi.
Yer monitoringi yer tarkibidagi oʼzgarishlarni oʼz vaqtida aniqlash, yerlarga baxo berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining xolatini va sifatini kuzatib turish tizimidan iborat. Yer monitoringi - tabiy muxit xolati monitoringining asosiy Qismlaridan biri boʼlib va shu bilan birga boshqa tabiy-muxit monitoringining asosi boʼlib xisoblanadi. Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzish, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muxofaza qilish organlarini axborot bilan taʼminlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
Yer monitoringi - yerlarda nazorat oʼtkazish, yerlarni ximoya qilish va yerlardan samarali foydalanish uchun umumiy kuzatuv ishlarini amalga oshiruvchi tadbir xisoblanadi. Yer monitoringini oʼtkazish, yerlarni rekulьtivatsiya qilish tartibi va nazorat oʼtkazish turlari va usullarini yagoni tizim asosida, davlat tomonidan tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi.
Yer monitoringining mazmuni yer fondi xolatini maxsus tashkil etilgan muntazam kuzatishlar (suratga olish, tekshirish va qidiruv)dan quyidagilar oʼzgarishlarini aniqlash, baxolash va prognozlashdan iboratdir:
- yerga egalik qilish, yerdan foydalanish, ekinzorlar, dalalar, uchastkalar, manzara ekologiya komplekslarining xolati;
- yerlar unumdorligining oʼzgarishiga, ularning tanazzuli va destruktsiyasi (aridizatsiya va choʼllanishi, suv, irrigatsiya va shamol eroziyasi, chirindi mikdori oʼzgarishi, tuproq tarkibining oʼzgarishi, oxakliligi, begona oʼt bosganligi, yerlarning pestitsidlar, ogʼir metallar, radionulidlar va boshqa toksik moddalar, sanoat, maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi)ga taʼsir qiluvchi jarayonlar (omillar);
- tabiiy ozuqabop oʼtlar qoplami xolatining oʼzgarishi (oʼsimliklar tarkibi, tuzilishi, xosildorligi, sifati va toʼyimliligining oʼzgarishi) bilan bogʼliq jarayonlar;
- daryolar qirgʼoqlarining, Orol dengizi, koʼllar, suv omborlari, irrigatsiya va gidrotexnika ishnootlarining xolati;
- jarliklar va upqonlar, upirilishlar, sel oqimlari, zilzilalar, suv toshqinlari "degishlar", karst, yer choʼkishi, boshqa ekzogen va endogen jarayonlar va antropotexnogen xodisalar tufayli paydo boʼlgan jarayonlar;
- axoli yashash joylari, neftь va gaz qazib olish, tozalash inshootlari, goʼngxonalar, axlatxonalar yonilgʼi-moylash materiallari, oʼgʼitlar, zaxarli ximikatlar omborlari, toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv materiallar koʼmilgan joylar, shuningdek boshqa sanoat obʼektlari yerlarining xolati.
Yer monitoringi Oʼzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʼmitasi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi va Oʼzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muxofaza qilish qoʼmitasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʼjaligi vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat arxitekturasi va qurilish qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi Xuzuridagi gidrometerologiya Bosh boshqarmasi, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat biologiya va mineral resurslar qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor vazirliklari va idorlari ishtirokida amalga oshiriladi. Vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, Yer monitoringi maʼlumotlarini umumlashtirish Oʼzbekiston Respublikasi Yer resurslari Davlat qoʼmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish, yer monitoringi maʼlumotlarini umumlashtirish Oʼzbekiston Respublikasining Yer resurslari davlat qoʼmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Yer monitoringining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- yer fondi xolati oʼzgarishlarini oʼz vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etish va amalga oshirish, ularni baxolash, salbiy jarayonlarni prognozlash xamda ularning oldini olish va bartaraf etish boʼyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- davlat yer kadastri yuritilishini, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan maqsadli va oqilona foydalanish, yer tuzishni, yer fondidan maqsadli va oqilona foydalanish, yer tuzishni, yer fondidan maqsadli va oqilona foydalanish, yerlarni muxofaza qilish va yer resurslarini davlat tomonidan boshqarishga doir boshqa funktsiyalar ustidan davlat nazoratini axborot bilan taʼminlash.
Yer monitoringi uzluksiz olib boriladigan davlat tadbirlari tizimiga kirishini xisobga olgan xolda birinchi bosqichda tashkiliy boshqaruv ishlarini amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz. Bunda quydagi vazifalarni amalga oshirish koʼzda tutiladi:
- yer monitoringini ilmiy-uslubiy koʼrsatkichlarini ishlab chiqish:
- xuquqiy va meʼyoriy asosiy koʼrsatkichlar tizimini yaratish:
- yer monitoringi talablariga mos boʼlgan mintaqaviy xududlarni aniqlash (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik sharoitlarni xisobga olgan xolda):
- yer monitoringi buyicha axborotlar tizimini tashkiliy boshqaruv jixatdan aniqlash:
- yer monitoringini oʼtkazishning zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish.
Oʼzbekiton Respublikasining barcha yerlari, ularning xuquqiy rejimi, foydalanish maqsadi va xarakteridan qatʼiy nazar yer monitoringining obʼekti xisoblanadi.
Monitoring yerlardan foydalanish maqsadini xisobga olgan xolda olib boriladi va yer fondi toifalarga muvofiq boʼlgan quyidagi kichik tizimlarga boʼlinadi:
- qishloq xoʼjaligi maqsadidagi yerlar monitoringi
- axoli punktlari yerlari monitoringi:
- sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar monitoringi:
- tabiatni muxofaza qilish, sogʼlomlashtirish, reaktsion maqsadlardagi yerlar monitoringi:
- tarixiy-madaniy maqsadlardagi yerlar monitoringi:
- oʼrmon fondi yerlari monitoringi:
- suv fondi yerlari monitoringi:
- zaxira yerlar monitoringi.
Xududiy qamrab olinishga koʼra yerlarning respublika, mintaqaviy va maxalliy monitoringi amalga oshiriladi.
Respublika monitoringi Oʼzbekiston Respublikasining butun xududini qamrab oladi. Maxalliy monitoring aloxida yer uchastkalari va manzara - ekologiya komplekslarni qamrab oladi.
Yerlarning xolati oʼzgarishlarning yoʼnalishi va jadalligiga oid bir qancha izchil kuzatishlarni (davriy, mavsumiy, sutkalik) taxlil qilish, olingan koʼrsatkichlarni yerlarning sifat xolati normativlari bilan taqqoslash orqali baxolanadi. Yer xolatini baxolash koʼrsatkichlari muayyan davr yoki sana uchun xam absalyut, xam nisbiy koʼrsatgichlarda (oʼlchov birligida) ifodalanadi. Yerlar xolatini baxolash natijalariga koʼra tezkor maʼlumotlar, axborotlar, prognozlar va tavsiyanomalar tuziladi, ularga oʼzgarishlar, ayniqsa salbiy oʼzgarishlarning dinamikasini, ularning yoʼnalishini va jadalligini tavsiflovchi mavzuli xaritalar, kartogrammalar, jadvallar va diagrammalar ilova qilinadi.
Yer monitoring Oʼzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʼmitasi tomonidan manfaatdor Vazirliklar, Davlat qoʼmitalari va idoralar ishtirokida ishlab chiqarilgan va tasdiqlanadigan yagona uslub olib boriladi, bu uslub yerlarning xolatini tezkor va muntazam kuzatishlarni amalga oshiriluvchi, tadqiqotlar, tekshirishlar oʼtkazuvchi yoki xaritalovchi barcha korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy xisoblanadi.
Idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar yerlarni mavzuli xaritalovchi va ularning xolatini kuzatuvchi korxonalar muassasalar va tashkilotlar yer resurslari boʼyicha tegishli xizmatlarga ularning vakolatlari doirasida yerlarning miqdor va sifatlovchi xolati toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning yer monitoringi va davlat yer kadastri boʼyicha axborotlar kiritish uchun koʼrsatilgan ishlar boʼyicha materialllarning nusxalarni tekin beriladi.
Oʼz navbatida yer resurslarini boʼyicha xizmatlarni xam Yerlarni mavzuli xaritalovchi va ularning xolatini kuzatuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ularning soʼroviga binoan zarur materiallarni tekin beradilar.
Yer monitoringi yagona klassifikatorlar, kodlar, metrik birlik tizimi, maʼlumotlarning standart formatlari va meʼyoriy - texnik baza, koordinatorlar va balandliklar davlat tizimiga asoslangan turli xil maʼlumotlarning bir - birlariga mosligi printsipiga rioya qilgan xolda amalga oshiriladi.
Yer monitoringi oʼtkazishda zarur axborotlarni olish uchun quyidagilar qoʼllaniladi.
- masofadan turib zondlash (ayrokosmik suratga olish va kuzatishlar);
- yerda suratga olish va kuzatish;
- fond materiallari.
Muddatlari va davriyligiga koʼra yerlarning xolatini 3 ta gurux kuzatishlar amalga oshiriladi:
- bazaviy (er monitoringini uritishning dastlabki bosqichida kuzatish obʼektlarining xaqiqiy xolatini qayd etuvchi boshlangʼich) kuzatishlar;
- davriy (yillik va bir yillik ustidagi davrlar boʼyicha
- tezkor (joriy oʼzgarishlarni kayd qiluvchi), bir yildan kam oraliq davrda muntazam yoki bir yoʼla bajariladigan kuzatishlar.
Ekin maydonlari dalalar, uchastkalar, manzara ekologiya komplekslar xolatini bevosita kuzatishda olingan bazaviy maʼlumotlar tumanlar, shaxarlar qoʼrgʼonlar, viloyatlar, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va umuman Oʼzbekiston respublikasi boʼyicha shuningdek aloxida tabiiy komplekslar boʼyicha umumlashtiriladi.
Yerlarning bazaviy va davriy monitoringi:
- Qoraqalpogʼiston Respublikasi viloyatlarida - Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari boshqarmalari;
- Toshkent shaxrida - Uzgeodezkadastr bosh boshqarmasining koʼchmas mulk davlat boshqarmasi tomonidan yuritiladi.
Yerlarning monitoringi bazaviy va davriy monitoringi maʼlumotlardan foydalanilgan xolda:
- shaxarlar va qoʼrgʼonlarda - "Uzgeodezkadastr" bosh boshqarmasining tuman va shaxar koʼchmas mulk davlat kadastri xizmat qiladi:
- Respublikaning qolgan xududlarida Yer resurslari davlat qoʼmitasining tuman xizmatlari tomonidan yuritiladi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari boshqarmalari Toshkent shaxar koʼchmas mulk davlat yer kadastri boshqarmasi Davlat tabiatni muxofaza qilish qoʼmitasining xududiy organlari bilan birgalikda xar yili 1 fevraldan kechiktirmay davlat xokimiyati maxalliy organlariga, Oʼzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʼmitasiga, Davlat tabiatni muxofaza qilish qoʼmitasiga mintaqadagi yerlarning xolati toʼgʼrisida axborotlar (xisobotlar) taqdim etadilar, oʼta xavfli va yoʼl qoʼyilishi cheklangan jarayonlar aniqlangan taqdirda tezkor maʼlumotlar yuboradilar.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va jismoniy shaxslar yer monitoringi maʼlumotlaridan belgilangan tartibda xaq toʼlagan xolda foydalanadilar.
Yer monitoringini yuritish boʼyicha ishlar davlat byudjeti mablagʼlari xisobiga amalga oshiriladi. Yer monitoringi boʼyicha davlatlararo va xalqaro dasturlarni mablagʼ bilan taʼminlash Oʼzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzadigan bitimlari va shartnomalarida belgilanadiga tartida amalga oshiriladi.
Yer monitoringining maqsadi va vazifasi uni yuritishning quyidagi printsiplariga amal qiladi:
1. Xar xil maʼlumotlarni taqqoslash va uzaro birikishlik printsipi. U yagona klassifikatorlar, formatlar, normativli-texnikaviy bazaning maʼlumotlari, koordinat va balandlikning Yagona davlat tizimi kullanishiga asoslanadi;
2. Monitoring yuritishing uygunligini, texnologiyalar va uslublar birligini nazarda tutadigan birlik pritsipi;
3. Yer fondidan foydalanishi va xolati yer monitoringining maʼlumotlariga xakikata xam muvofik kelishi darajasini tavsiflaydigan aniqlik va ishonchlilik printsipi;
4. Maʼlumotlarning tulaligi printsipi – aniq vazifalarni yechish uchun axborotlar tula va yetarlicha bulishi zarur;
5. Yer monitoringini yuritishning uzluksiz printsipi. Yer munosabatlarini kayta tuzish jarayonida, mamlakat yer fondining mikdor va sifat tavsifining oʼzgarishida uning ayrim toifalari oʼzgarishi yer resurslariga antropogenli nagruzkaning kuchayishi yer fondini taksimlash va tarkibida turli xil oʼzgarishlar ruy beradi. Shuning uchun axborotlarni vakti-vakti bilan yoki muntazam yangilab turish yuli bilan yer monitoringini yuritishning uzluksizligini taʼminlash zarur.
Qolgan printsiplardan yana quyidagilarni taʼkidlash kerakki, kurgazmali printsipi (xarita, atlasla, sxemalardan foydalanish); foydalanish xukuki printsipi (davlat yoki tijorat sirini tashkil etadigan maʼlumotlardan tashkari); tejamkorlik va samaradorlik printsipi (er monitoringi maʼlumotlarini saklash va tizimlashtirishni olishni taʼminlaydigan usullar, texnologiyalar, uslublarni kullash); markazlashtirilgan raxbarlik printsipi (Oʼzbekiston Respublikasi mikyosida yagona uslub buyicha yagona markazlashgan monitoringini oʼtkazish).
Yer monitoringini yuritish uchun turli xil tasvirlar, kidirishlar, taftish qilish (topografo-geodezik, tuproqning, geobotaniqli, agrokimyoviy, meliorativli, shaxa kurilishi va boshqalar); maxsus kuzatishlar (toglardan kuchib yigilgan kor uyumi, sel toshkini, gliyatsiologli, radiologichli va boshqalar); kosmik tasvir va kuzatish, balandda uchadigan samalyotlar bilan tasvirga tushirish, kuzatish va kichik aviatsiya vositasi yordami bilan yer ustidan tasvirga olish va kuzatish; shuningdek fondli dalillardan foydalanish.
Balandda uchadigan samalyotlar bilan kosmik tasvirga tushirish va kuzatishlarning asosiy vazifasi – global va mintaqa darajasida yer xolatini bilib olishdir. Kichik aviatsiya yordami bilan maxalliy yer monitoringi va aerokosmikli axborotni aniqlash uchun olib boriladi.
Yer fondini masofali zond bilan tekshirish 2ta asosiy asbob-uskunalar guruxlaridan foydalanish bilan amalga oshiriladi:
- Video va rasmaxborot (aerofotoapparatura, kup zonali skaner uskunalari, radiolakatorlar, televidenie kanallar va boshqalar);
- Trassali guruxlar asboblari (spektrometr, SVCh va IK – radiometlar va boshqalar).
Yer ustida kuzatish poligonlarda, etalonli uchastkalarda, agrokosmik axborotlarni ishlab tayyorlash uchun tayanch axborotlarni tuplashning avtomatlashtirilgan statsionar punktlarida utaziladi va bu maʼlumotlarni zond bilan masofali tekshirish uslubi bilan olish mumkin bulmaganda yer fondining xolati tugrisida maʼlumotlarni olish.
Yer ustida kuzatishlarni taʼminlaydigan texnika vositalari majmuasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- Yer ustida xarakatlanuvchi stantsiyalar;
- Аvtomobillar shosseda yukori darajada utishi mumkin bulgan va tuproq namligini oʼzgarishini kimyoviy taxlili uchun jixozlangan priborlar, shuningdek EXM va telemetriyani uzatish;
- Kabul qilish moslamasini taʼminlovchi texnikaviy vositalar majmuasi.
Аrxivlarda (fondlarda) yer monitoringining materiallari tuplanishi va АIS bazalarida (Oʼzbekiston yerlari) taksimlanishi quyidagi sxema buyicha amalga oshirriladi.
Maʼmuriy tumanlar, shaxarlarda yer – suv mulkining tashki kurinishi uchastkalar, ayrim dalalar, yerdan foydalanish va yerga egalik qilish, barcha yer fondining xolatini tavsiflaydigan maxalliy monitoringining dastlabki maʼlumotlari tuplanadi.
Oʼzbekiston Respublikasining tarkibidagi muxtor respublika va viloyatlarda, ularning tarkibiga kiradigan tumanlar, shaxarlar shuningdek, ayrim ekologik mintaqaviy tavsifga ega bulgan obʼektlar buyicha xamma maʼlumotlarni uz ichiga olgan maʼlumotlar shakllanadi. Oʼzbekiston Respublikasi darajasida, respublikaning tarkibida muxtor respublika, landshaft-ekologiya buyicha xamma maʼlumotlarni uz ichiga olgan maʼlumotlar shakllanadi.
Yer monitoringining shakllangan bazasi va banki foydalanishlari mumkin:
- Davlat va maxalliy boshqarish organlari;
- Oʼzbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qoʼmitasi va uning joylardagi bulimlari;
- Yerdan foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa muassasalar;
- Аyrim fukarolar;
- Yrdan va tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish, atrof muxitni muxofaza qilish soxasidagi tashkilotlar va chet el xamda xalkaro tashkilotlar;
Oʼzbekiston Respublikasi tarkibidagi Korakalpogiston Respublikasi viloyatlar davlat va munitstsipal boshqaruv organlariga zaruriyatga karab tezlashtirilgan maʼlumotlar, bashoratlar, mavzuli xaritalar uzib chikadilar va akdim etadilar xamda xar yili birinchi yanvargacha “Er resurslari davlat qoʼmitasi” ga mintaqaning yer fondi xolati tugrisida yillik xisobot tayyorlanadi. Uz navbatida Yer resurslari davlat qoʼmitasi yer monitoringi axborotlarii umumlashtirib zaruriyatga karab tezkor maʼlumotlar, ilmiy bashoratlar mavzuli xaritalar va atlaslar tuzib chikadilar va manfaatdor vazirliklar xamda idoralarga takdim etiladi. Oʼzbekiston Respublikasiga keyingi xisobot yili uchun xar yili 1 aprelda kechiktirmasdan Oʼzbekiston Respublikasining yer fondining xolati tugrisida xisobot yuboradi.

Download 434 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish