I . Balandlik mintaqasi
1. Baland tog‘ och qo‘ng‘ir tuproqlari
|
540
|
1.2
|
2. 0 ‘rta tog‘ iigar rang va qo‘ng‘ir tuproqlari
|
1660
|
3,7
|
3. To‘q rangli bo‘z tuproqlar
|
1050
|
2,4
|
4. Tipik bo‘z tuproqlar
|
3050
|
6,8
|
5. Och rangli bo‘z tuproqlar
|
2590
|
5,8
|
6. 0 ‘tloq bo‘z va bo‘z-o‘tloqi tuproqlar
|
780
|
1,8
|
7. Bo‘z tuproq mintaqasi o'tloqi tuproqlari
|
670
|
1,5
|
8. Bo‘z tuproq mintaqasi botqoq-o‘tloq tuproqlari
|
70
|
0,2
|
Barcha yerlar
|
10410
|
23,4
|
II. Sahro mintaqasi
9. Sur tusli qo'ng'ir tuproqlar
|
11025
|
24,8
|
10. Sahro-qumli tuproqlar
|
1370
|
3,1
|
11. Taqir tuproqlar va taqirlar
|
1780
|
4,1
|
12. 0 ‘tloqi-taqir va taqir o‘tloqi tuproqlar
|
460
|
1,0
|
13. Sahro mintaqasi o'tloqi tuproqlari
|
1790
|
4,1
|
14. Sahro mintaqasi botqoq-o‘tloqi tuproqlari
|
50
|
0,1
|
15. Sho‘rxoklar
|
1270
|
2.9
|
16. Oumlar
|
12100
|
27,2
|
17. Boshqa verlar (konlar, iarliklar. suv sathi va boshqalar)
|
4155
|
1,3
|
Barcha Yerlar
|
34000
|
76,6
|
Jami yerlar
|
44410
|
100,0
|
Sug'oriladigan tuproqlar o‘zigaxos, alohidatuproq tiplari bolib, sug‘orm a dehqonchilikda ularning o ‘zlashtirilish davri va madaniylashganlik darajasi muhim rol o ‘ynaydi.
Tuproq hosil qiluvchi jinslar kelib chiqishining xilma-xilligi, ularning minerologik tuzilishi murakkabligi, turli xil gidrogeologik sharoitlar, quruq kontinental iqlim va o‘simliklar majmuasi har xil tuproqlaming shakllanishi uchun sharoit yaratadi.
0 ‘zbekiston hududida balandhk va sahro mintaqalari tuproqlari keng tarqalgan (7-jadval).
0 ‘zbekiston tuproqlarining bahosi va bu tuproq ulardan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalanish ko‘p jihatdan ulaming u yoki bu tuproq-iqlim mintaqalarida joylashganligi bilan bog‘liq (2-rasm).
Balandlik mintaqa tuproqlari
Och qo‘ng‘ir o ‘tloqi-dasht tuproqlari baland toglarda 3000- 3300 metr balandlikdan boshlab tarqalgan. Ular asosan elyuviy va delyuviy yotqiziqlarda hosil bo‘lib, odatda, tub tog‘ jinslari tuproqlari bilan aralashgan, tarkibi dag‘al skleth, ko'pincha eroziyaga uchragan. Mayda toshli tuproqlaming qalinligi, odatda, katta bo‘lmaydi, ayrim hollarda 2 metrdan oshadi. Chirindili qavatning chuqurligi 30-60 sm. Shimoliy ekspozisiyalardagi mayda zarrachali tuproqlaming chimli qatlamida 4-6 foiz chirindi mavjud, janubiy yonbag‘irlaming mayda toshli tuproqlarida chim bolmaydi, yuqori qismidagi chirindi miqdori 2-3 foizdan oshmaydi. Bu yerlardan yozgi yaylovlar sifatida foydalaniladi. Iqlim sovuqligi sababli mazkur hududlarda dehqonchilik qihnmaydi.
Jigar rang tuproqlar asosan dengiz sathidan 1200-1600 metr balandlikdagi o‘rta va past tog‘liklarda uchraydi. Ular elyuviy, delyuviy va toshli prolyuviyda yotqiziqlarda rivojlanadilar. Mayda toshli va mayda tarkibli tuproqlar chuqurhgi bir necha metrga etadi.
Chirindili qatlam chuqurligi 30 sm. dan 100 sm. gacha boladi. Yuvilib ketmagan jigar rang tuproqlarining yuqori qatlamida 4 foizdan 8 foizgacha chirindi mavjud, yuvilib ketgan tuproqlarda 1,5-3 foiz atrofida. Yuvilib ketmagan va qisman yuvilgan jigar rang tuproqlar mintaqa doirasida 30 foizni tashkil etsa, o‘rta va kuchli yuvilib ketgan tuproqlar maydoni 70 foizni tashkil etadi.
Iqlim sharoiti va tuproqlaming potensial unumdorligi jigar rang tuproqlarda yuqori hosil olishga asos boladi. Ammo yonbaglrlarining
31
nishabligi, bo‘linganligi va o ‘ta qiyaligi bois bu yerdagi tuproqlar qishloq xo'jalik o'simliklarini o'stirish uchun istiqbolli tuproqlar qatoriga kiritishga imkon bermaydi. Ulardan yaylovlar sifatida foydalaniladi. O'rmonlarda archa yog'ochi, yowoiy mevalar, dorivor o'tlar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |