Yengil sanoat



Download 3,72 Mb.
bet156/156
Sana31.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#160857
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Bog'liq
Мажмуа ТЖБ

SHovqinni hisoblash.
Xisob nuqtasidagi sovqin darajasi, dBa
Lxn = Lish - Δ Lyo - Δ Lso‘n - Δ Lyash - Δ Le - Δ Lbino
SHovqinni masofada yoilish darajasi:
Δ Lyo=10 lg (rn/r0) r0 = 7,5 m.
Δ Lyo=10 lg (115/7,5)=11,85dBa
Sovqinni xavoda so‘nish darajasi:
Δ Lso‘n = (αvoz* rn )/100
gde αso‘n — so‘nish koeffitsienti; αso‘n = 0,5 dBa/m.
Δ Lso‘n = (0,5* 115 )/100=0,575dBa
YAshil o‘simliklar orqali shovqinni pasaytirish:
Δ Lyash = αzel * V
αyash — shovqinni doimiy so‘nishi; αyash = 0,1 dBA/m; V— yashilo‘simliklar eni; V= 10m.
Δ Lyash = 0,1 * 10=1dBa

Ekran orqali shovqinni pasaytirish (binoda ) ΔLe to‘lqin uzunligiga bog‘liq δ,m.

1.-jadval


δ

1

2

5

10

15

20

30

50

60



ΔLe

14

16,2

18,4

21,2

22,4

22,5

23,1

23,7

24,2



ΔLe = 18,4dBa , To‘siqlar orqali shovqinni pasaytirish(peregarotka) bino yuqori qismiga bog‘liq:
Δ Lbino = KW, bu erda K—koeffitsient, dBa/m; K= 0,8...0,9; W—qalinlik (eni) bino, m.
Δ Lbino= 0,8*16=12,8dBa , Ruxsat etilgan qiymat dam olish maydonchasida — 45dBa.ortiq emas
Lrq= 75-11,85-0,575-1-18,4-12,8=30,375dBA
Xulosa: Binoda ruxsat etilgan shovqin qiymati (dam olish maydonchasida) 30,375 dBa dan ortig emas,normadan oshmagan xolda xisoblandi.
VARIANTLAR


Var.

rn, m

δ, m

W, m

Li.sh., dBA

r0

αso‘n

V

αyash

01

105

3,5

12

65

6,5

0.25

12

0.16

02

110

3,75

11

67

6,65

0.45

13

0.15

03

115

3,85

13

66

6,8

0.65

14

0.17

04

120

4

14

60

7

0.75

15

0.23

05

125

4,2

15

65

7,2

0.66

16

0.24

06

132

4,8

15,5

68

7,3

0.55

19

0.34

07

102

4,35

16,5

71

7,2

0.80

22

0.13

08

115

5,2

16,4

75,2

7,6

0.9

21

0.32

09

115

3,5

13

67

61

0.92

20

0.35

10

120

3,75

14

66

7,3

0.34

12

0.36


Tajriba ishi 6

Shaxsiy himoya vositalarini amalda qo`llashni o`rganish

Terini himoyalovchi individual vositalar:himoyalash xususiyatiga qarab filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‘linadi. Terini ajratuvchi himoya vositalari havo o‘tkazmaydigan materiallardan tayyorlanadi. Ular zich yopiladigan (germetik) va zich yopilmaydigan (nogermetik) bo‘lishi mumkin. Zich yopiladigan vositalar kishi tanasini berkitadi va zaharlovchi moddalarning bug‘i va tom-chilaridan to‘liq qimoya qiladi. Zich yopilmaydiganvositalar esa faqat tomchi holidagi zaharlovchi moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari, bu vositalar kishi terisini bevosita radioaktiv va bakterial vositalar tasiridan ham himoya qiladi. Terini himoya qiladigan filtrlovchi vositalar ip gazlamadan tayyorlangan bo‘lib, unga maxsus kimyoviy modda shimdiriladi. Bunda matonint havo o‘tkazuvchanligi saqlanib qoladi, zaharlovchi moddalar iplar orasidan o‘tayotgan vaqtda yutiladi va neytrallanadi. Ternii himoya qiladigan ajratuvchi individual vositalarga umumharbiy himoya to‘plami (OZK), plenkali hnmoya kostyumi (KEP) kiradi.Terini himoyalovchi maxsus vositaga L-1 yengil himoya kostyumi kiradi. OZK, KEP va L-1 kostyumi himoya tasiri qoidasiga ko‘ra teri qavatlarini, formali kiyim-kechaklarni va oyoq kiyimlarini zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar va bakterial vositalar tasiridan ajratishga asoslangan bo‘ladi.

Umumharbiy himoya to‘plami himoya plashchi, himoya paypog‘i hamda himoya qo‘lqoplaridan iborat bo‘ladi.OP-IM plashchi rezina qo‘shib to‘qilgan bo‘lib, yengi va qalpoqchasn bo‘ladi. Ishlashga qulay bo‘lishi hamda qo‘lga zich yopishib turishi uchun yenginiig uchiga rezina tasma tikilgan bo‘ladi. Qalpoqchani katta - kichik qamlishuchun cho‘ziladigan tasma o‘rnatiladi.



Plashchlar quyidagn o‘lchovlarda bo‘ladi, bo‘yi 166 sm gacha bo‘lgan kishilar uchun - birinchi bo‘y, 166 sm dan 172 sm gacha - ikkinchi, 172 sm dan 178 sm gacha - uchinchi,

178 sm dan 184 sm gacha va undan yuqorisi - to‘rtinchi bo‘y bo‘ladi.

Himoya paypoqlari ham rezina qo‘shilgan matodan tayyorlanadi, asosi qalin rezinadan iborat. Ular oddiy oyoq kiyim ustidan kiyiladi va oyoqqa maxsus tasma hamda turumchalar yordamida mahkamlanadi.

Belga taqiladigan kamarga esa tasmalar yordamida birlashtiriladi. Himoya paypoqlari quyidagi o‘lchovlarda ishlab chiqiladi: 40-poyabzal uchun birinchi bo‘y, 41-42 poyabzal uchun - ikkinchi bo‘y, 43- va undan katta poyabealga uchinchi bo‘y to‘g‘ri keladi. Himoya qo‘lkoplari ikki xilda tayyorlangan bo‘lib, qishda kiyish uchun ikki panjali va yozda besh panjali bo‘ladi. Qishki qo‘lqoplar ichiga issiq saqlashi uchun astar kiygiziladi va tugma qadaladi.



Himoyalovchi to‘plamdan foydalanish. Himoya to‘plami uni qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab yoping‘ich sifatida, plashch sifatida va kombinezon sifatida bo‘ladi. Himoya vositalari "safar" holatida yig‘ilgan bo‘lib, ashyolar solinadigan xaltada yoki maxsus g‘ilofga solingan holda tasmalar yordamida orqaga tashlab olib yuriladi.Himoya plashchini yoping‘ich sifatida xavfli bildiruvchi signal "Ximiyaviy trevoga" bo‘yicha yoki ovoz orqali buyruk "Gazlar, plashlar" deb berilganda va dushman tarafidan to‘satdan zaharlovchi moddalar, bakterial vositalar ko‘llanilganda mustaqil ravishda kiyiladi. Buning uchun ko‘z yumiladi, nafas olish to‘xtatiladi, bosh kiyimi olinib protivogaz tezlik bilap kiyiladi va chuqur nafas chiqariladi, ko‘zlar ochiladi, nafas olish tiklanadi. Plashch yopingich sifatida yopiladi, qalpoqcha shlem-niqob ustiga tortiladi va plashning etaklari tortilib kishining gavdasini yopishga harakat qilinadi. Zaharlangan joylardan piyoda, ochiq. mashinalarda hamda radioaktiv moddalar tushgan va bakterial vositalar qo‘llanilgan joylardan o‘tish zarur bo‘lib qolsa, himoya to‘plami yengida kiyiladi, plashch sifatida oldindan zaharlanmagan joylarda kiyiladi. Plashchdan tashqari, himoya paypog‘i va himoya qo‘lqop ham kiyiladi. Buning uchun "Plashchlar yengiga, paypoqlar, qo‘lqoplar kiyilsin", "gazlar" degan buyruq beriladi. Bunda himoya paypoqlari poyabzal ustidan qiyilib, uzun tasmalari kamarga bog‘lanadi, qolgan turumchalarga mahkam qilib himoya paypoq tasmalari tortib o‘tkaziladi.

Gazniqobi "jangovar" holatga keltiriladi, qo‘lqoplar kiyiladi va formali kiyim-kechaklar ustidan plashch yengiga kiyilib undagi turumchalarga plashchning ikkinchi tarafi o‘tkaziladi va kapyushon boshga kiyiladi.

Kuchli zararlangan joylarda jangovar harakatlar olib borilayotgan vaqtda yoki shu joylardan piyoda o‘tish kerak bo‘lganda zaharlovchi moddalar, bakterial vositalardan zararlangan o‘simliklar ko‘p joylarda, qalin qorli joylardan hamda zararlangan joylarda qutqaruv ishlarini o‘tkazish zarur bo‘lganda himoya to‘plami kombinezon sifatida zararlanmagan joylarda kiyiladi.

"Ximoyalonchi kostyum kiyilsin", "gazlar" degan buyruq berilganda qurol va gazniqoblar olinib yerga qo‘yiladi. Plashch g‘ilofdan olinadi, himoya paypoqlari poyabzal ustidan kiyiladi va tasmalari bog‘lanadi, plashch yengiga kiyiladi (a); ikkita belband oyoqlar orasidan o‘tkazilib plashchning pastki qismiga o‘rnatilgan halqalardan o‘tkaziladi va tortib bog‘lanadi (b); plashchdagi markaziy teshik markaziy turumchaga o‘tkaziladi (v); plashch etagida joylashgan turumchalarga plashchdagi teshiklar o‘tkaziladi, oldin chap oyoq tarafidagilar keyin o‘ng oyoq tarafidagilar o‘tkaziladi va markaziy turumchadan pastda joylashgan birinchi turumchaga o‘ng va chapdagisiga hamda markaziy turumchaga qistirgich o‘tkaziladi.

Plashchning yuqori qismida joylashgan turumchalar o‘tkaziladi, yuqorida joylashgan ikkitasi o‘tkazilmasligi kerak (g). Plashch ustidan dala aslaxa-anjomlari va gazniqoblar sumkasi kiyiladi, gazniqob "jangovor" holatga keltiriladi (d); bosh kiyim kiyiladi, uning ustiga kapyushon tortib kiyiladi (e); yuqorida o‘tkazilmasdan qolgan ikkita turumcha o‘tkaziladi; qalqoplar kiyiladi, qalqopning ortiqcha qismi plashch yengi ichiga kirgiziladi va yengagi ilgak bilan katta barmoqqa ilinadi, qo‘lga qurol olinadi (j). Zararlangan joylarda ish bajarib bo‘lingandan keyin ternii himoya qiluvchi vositalarni shunday yechish kerakki, himoya vositasidan kishi tanasining hech bir qismi zaxarlanmasin.

SHu maqsadda himoya vositalarida mavjud bo‘lgan barcha tasmalar, turumchalar, bog‘ichlar, qo‘lqoplar echiladi. Agar himoya vositalarini ochiq qo‘l bilan (qo‘lqoplar bilan himoya qilinmay qolgan holda) echishga to‘g‘ri kelib qolsa, u holda bu ishni himoya vositalarining ichki tomonidan amalga oshirish kerak.

Himoya paypog‘i oyoqdan yechib olingandan keyin toza joyga o‘tish kerak. Nafas azolarini himoya qiluvchi gazniqoblar ternii himoya qilish vositasi yechib tashlangandan so‘ng, eng oxirida yechiladi. Ternii himoya qilish vositalari yechilgandan keyin ular zararsizlantiriladi. L-1 yengil himoya kostyumi teri qavatlarini va formali kiyimlarni zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar hamda bakterial vositalardan zararlanishdan himoya qilishga mo‘ljallangan. U rezina matodan tayyorlangan bo‘lib, kapyushonli ko‘ylak, paypoqli shim, podshlemnik va ikki barmoqli himoya qo‘lqoplaridan iborat. L-1 yengil himoya kostyumi vaqti-vaqti bilan qo‘llaniladigan himoya vositasi bo‘lib hisoblanadi. Paypoqli shimning yuqori qismiga ikkita yelka tasmasi va paypoqni oyoqqa zich qilib boglash uchun bog‘ichlar tikilgan. Kapyushonli ko‘ylakning orqa qismiga chot orasidan o‘tadigan belband tikilgan bo‘lib, ko‘ylakning oldi tarafidagi tugmaga o‘tkaziladi. L-1 yengil himoya kostyumi 3 -o‘lchovda,

bo‘yi 165 sm gacha bo‘lganlarga -- birinchi,

165 sm dan 172 sm gacha bo‘lganlarga - ikkinchi,

172 sm dan yukori bo‘lganlarga uchinchi o‘lchovda tayyorlangan bo‘ladi.

L-1 yengil himoya kostyumi zararlangan joylarda ishlash uchun, zararlanmagan joyda esa formali kiyim-kechaklar ustidan kiyiladi. Ish qobiliyatini yaxshiroq saqlash uchun 10°S dan yuqori haroratda himoya kiyimi ichki kiyim ustidan, 0°S dan + 10°S gacha haroratda yozgi kiyim ustida 4°S dan past haroratda esa qishki kiyim ustidan kiyiladi.

Plyonkali himoya kostyumi (KEP) -teri qavatlarini zaharlovchi moddalar, radioaktiv moddalar, bakterial vositalardan himoyalash va kiyim - kechaklar, zararlanishini kamaytirish uchun mo‘ljallangan. Plenkali himoya kostyumi vaqti-vaqti bilan qo‘llaniladigan vosita bo‘lib hisoblanadi. Zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan zararlanganda maxsus sanitariya ishlovi o‘tkazmasdan yoqotiladi, radioaktiv moddalardan zararlanganda dezaktivasiya o‘tkaziladi va qayta ishlatiladi. Plenkali himoya kostyumi himoya plashi va himoya paypog‘idan iborat bo‘lib, polimer shaffor plenkali materialdan tayyorlangan.

Himoya kombinezoni rezina qo‘shilgan materialdan tayyorlangan bo‘ladi. Kombinezon yaxlit qilib tikilgan kurtka, shim va kapyushondan iborat. Kombinezon rezina etik, himoya qo‘lqopi bilan birga komplekt holida qo‘llaniladi. Himoya fartugi rezina qo‘shilgan materialdan tayyorlanadi, undan himoyalovchi paypoq, himoya qo‘lqopi bilan birgalikda foydalaniladi. Avtotransport, qurol-yaroqlarni dezaktivasiya, degazasiya va dezinfeksiya qilishda undan foydalaniladi. Fartukning ogirligi 400 g.

Terini himoya qiladigan ajratuvchi indivudal himoya

vositalaridan foydalanish

Dushmanning ommaviy zarar yetkazuvchi qurol ishlatishi oqibatlarini yoqotishda, zararlangan o‘choqlarda razvedka ishlarini olib borishda, zararlangan joylarda jangovar topshiriqlarni bajarayotgan vaqtda va shu yerlardan chiqib ketishda, transport, qurol-aslaxa va mol-mulklarni degazasiya, dezaktivasiya va dezinfeksiya qilishda ko‘p vaqt himoya kiyimida ishlashga to‘g‘ri keladi. Ana shu qiyinchiliklarni bartaraf qilish, himoya kiyimi bilan ishlash sharoitini yaxshilash,

shuningdek issiqlik tasirida odamning isib ketishi oldini olish uchun himoya vositalaridan foydalanish vaqtiga qatiy rioya qilish tavsiya etiladi. Odamning badani qizib ketmasligi uchun umumharbiy himoya to‘plami, L-1 yengil himoya kostyumi, himoya kombinezoni, plenkali. Himoya kostyumi kiyilganda quyidagi ruxsat etilgan vaqtga rioya qilish kerak:

+20°S va undan yuqori haroratda 15-20 daqiqa

+25°S dan 2o‘°S gacha haroratda 30 daqiqatacha

+20°S dan 24°S gacha haroratda ... 40-50 daqiqagacha

+15°S dan 1o‘°S gacha haroratda 1,5-2 soattacha

+15°S dan past haroratda 3- soatdan ziyod Oftobda, kuchsiz shamol esganda himoya kiyimlarini yukorida ko‘rsatiltan muddatlardan ortiq kiyib turib bo‘lmaydi. Soyada, yomg‘irda ishlagan vaqtda, kuchli shamol esib turganda yoki kishilar himoya vositalarida yurishga o‘rganib kettan bo‘lsalar himoya kiyimida ishlash muddatini 1,5-2 barobarga oshirish mumkin. Organizmning qizib ketishita yo‘l qo‘ymaslik va himoya kiyimida uzoqroq ishlash uchun ekranlovchi (sovutunchi) kombinezondan foydalaniladi. Ushbu vosita ip gazlamadan tayyorlanadi va ajratuvchi kostyum ustidan kiyiladi, ish vaqtida suv bilan ho‘llab turiladi. O‘rta Osiyo respublikalarida yoz issiq bo‘lganligi sababli, bunday kombinezondan foydalanish ayniqsa katta ahamiyatga ega.



Umumharbiy kompleksli himoyalovchi kostyum

Umumharbiy kompleksli ximoyalovchi kostyum (OKZK), yadro zaryadi portlashi natijasida paydo bo‘lgan yorug‘lik nurlanishidan, radioaktiv aerozollardan, zaharlovchi modda bug‘lari va aerozollaridan hamda bakterial vosita aerozollaridan himoyalash uchun mo‘ljallangan. Suyuq-tomchi holdagi zaharlovchi moddalardan qisqa muddat ichida himoya qiladi. Ushbu kostyum doimo kiyib yurishga mo‘ljallangan.

Umumharbiy kompleksli himoyalovchi kostyum himoyalovchi ko‘ylak,

himoyalovchi ishton, kurtka, shim, podshlemnik va soyabonli pilotkadan iborat.

Umumharbiy kompleksli himoyalonchi kostyumga yonishdan saqlaydigan modda shimdirilgan bo‘ladi (20% li DG-P pasta), himoyalovchi ko‘ylak va ishtonga esa maxsus kimyoviy moddalar shimdirilgan bo‘ladi. SHimdirilgan modda material iplarini qoplab oladi, iplar orasi esa bo‘sh qoladi, shu tufayli materialning havo o‘tkazuvchanligi saqlanib qoladi. Zaharlovchi modda bug‘lari zararlangan havo bilan mato orqali o‘tayotganda yutilib neytrallanadi.Ushbu kostyum yoz vaqtida tabeldagi etik paytavalari, belga taqiladigan kamar, shim kamarlari bilan, qish vaqtida esa odatdagi ichki issiq kiyim, ustidan esa shinel kiyiladi, bu vaqtda ximoyalovchi ko‘ylak va ishton kiyilmaydi. Suyuq-tomchi moddalar tasirini kamaytirish uchun kostyum ustidan umumharbiy ximoya to‘plami kiyiladi

Fuqaro muhofazasi sistemasida filtrlovchi vosita sifatida ZFO-58 kostyum qo‘llaniladi. Ushbu kostyum ip gazlamadan tayyorlangan kombinezon, ichki kiyim, podshlemnik va ikki juft paytavadan iborat. ZFO-58 kostyumini shimdirish uchun sintetik yuvish vositalari asosida tayyorlangan OP-7 yoki OP-10, sovun-yog emulsiyasi ishlatiladi. Bir komplekt kostyumni shimdirish uchun ikki xil suyuqlik tayyorlash kerak bo‘ladi: birinchi suyuqlik 2,5- l miqdorida tayyorlanadi, buning uchun 40- 50°S gacha isitilgan 2 litr suvda OP-7 yoki OP-10 moddalari eritiladi. So‘ngra ikkinchi suyuqlik tayyorlanadi. Buning uchun 60-70°S gacha isitilgan 2 litr issiq suvda 200-300 g maydalangan kir sovun eritiladi va unga 0,5 g simlik yogi yoki mineral yog qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan suyuqliklarga kostyum navbati bilan shimdiriladi va quritiladi.Maxsus himoya kostyumi - umumharbiy kompleksli himoya kostyumlari, formali kiyimlar, ip gazlamadan tayyorlangan kiyimlar va maxsus kiyimlar ustidan kiyib yurilganda kishi terisiniyadro nurlanishidan himoyalaydi hamda ushbu kostyumlarni yonib ketishdan saylaydi. Maxsus himoya kostyumi vaqti-vaqti bilan qo‘llaniladigan himoya vositasi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu kostyumdan maskirovka vositasi sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Agar kostyum zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan zararlansa, unda bular degazasiya qilinmasdan yokotib tashlanadi (erga ko‘miladi). Maxsus himoya kostyumi yoruglik nurlanishining bevosita tasiridan umumharbiy kompleksli himoya kostyumlarini, formali kiyimlarni va maxsus kiyimlarni to‘sish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli ularni issiqlik natijasida yonib ketishdan saqlaydi. YOruglik nurlanishi tasiri natijasida maxsus himoya kostyumi parchalanib ko‘mirga aylanadi va ishlatish uchun yaramay qoladi. Impreginirlangan formali kiyimlar va ich kiyimlar odamni zaharlovchi modda bug‘lari va aerozollaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ular suyuq-tomchi holdagi zaharlovchi modlalarning tasirini kamaytirish xususiyatiga ega.Impreginirlangan kiyimlar va ich kiyimlar oddiy formali ip gazlamadan tayyorlangan kiyimlar bo‘lib, kitel, shim, ich kiyimi, podshlemnik va paytavalardan iborat. Bularga maxsus kimyoviy moddalar shimdirilgan bo‘ladi.Dushman tomonidan kimyoviy qurol ishlatish xavfi paydo bo‘lib qolganda impregirlangan formali kiyimlar va ich kiyimlar odatdagi formali kiyimlar o‘rniga beriladi. Bu kiyimlar zaharlovchi moddalarning suyuq tomchisidan to‘liq himoya qilmaganligi sababli zaharlanish choqlarida ishlash zarur bo‘lib qolganda yoki zararlangan narsalarga tegib ketish ehtimoli bo‘lganda, bunday himoya vositalaridan foydalaniladi. Impregirlangan formali kiyimlar boshqa kostyum va kombinezonlarga qaraganda badan termoregulyasiyasi buzilishini keltirib chiqarmaydi. Impregirlanganformali kiyimlar yuvilganda o‘zining himoya xususiyatini qisman yoqotadi, shuning uchun ular qaytadan maxsus moddalarga shimdirilishi kerak.



Individual himoya vositalarining saqlash qoidalari.

Individual himoya vositalarining doimo ishga yaroqli bo‘lishi, ularning ximoya xususiyatlari saqlanib qolvshi ko‘p jihatdan ushbu vositalarning qanday holda saqlanishiga bog‘liq.Filtrlovchi va ajratuvchi gazniqoblar omborlarda maxsus yashiklarda to‘plam xolda saqlanadi, yani har bir yashikda sanoqli gazniqobi, sumka va ko‘zoynaklarni terlashdan saqlaydigan plyonka yoki maxsus "qalam" bo‘lishi kerak. Gazniqobi korobkasining yuqori qismidagi teshik maxsus moslama bilan, tagidagi teshik esa rezina tiqin bilan berkitilgan bo‘lishi kerak.

Isituvchi vositalar va ventilyasion moslamalar yaqinida gazniqoblarni saqlash mumkin emas, chunki bunda gazniqoblarning yuz qismi rezinalari vaqtidan oldin yaroqsiz holga kelib qoladi. Harbiy qismlarga berilgan filtrlovchi gazniqoblar sumkaga joylanib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari ichki xizmati Nizomi talabiga muvofiq maxsus shkaf bo‘linmalarida tikka qo‘yilgan holda saqlanadi. Har bir gazniqobiga 3X5 sm li taxtachadan tayyorlangan yorliq makkamlab kyilishi kerak. Ushbu yorliqqa gazniqobning nomerli, harbiy xizmatchining familiyasi va ismi yozib qo‘yiladi.

Ushbu yorliqgazniqobning chap tarafiga, tasmaning sumkaga tikilgan joyiga makkamlanadi. Gazniqobni qattiq urilishdan va boshqa har qanday mexanik tasirlardan ehtiyot qilish kerak. Nafas chiqariladigan klapanlarni aniq va ehtiyot qilish, ularning iflosanishiga va muzlab qolishiga yo‘l qo‘y- maslik zarur.

Agar gazniqobi yomѓirda qolsa, uning qismlari sumkadan chiqarib olinib, yaxshilab artilishi va havoda quritilishi kerak. YAxshi quritilmagan gazniqob qutisi ichidagi yutunchi moddalar nam bo‘lib qolganligi tufayli u zaharlovchi moddalarni yaxshi yuta olmaydigan bo‘lib qoladi. Gazniqob uzoq vaqt saqlanganda uning qutisi teshigini rezina tiqin (probka) bilan berkitib qo‘yish kerak. Terini himoya qiluvchi vositalarni saqlashda ularni issiq, nam va yoruѓlik tushadigan joylarda saqlashdan ehtiyot qilish kerak. CHunki bunday sharoitda rezinalar oksidlanishi tufayli ishdan chiqadi qurib qolishi natijasida sinunchan, mr bo‘lib qoladi, mogor bosadi va chiriydi. Terini himoya qiluvchi vositalarni yoqilѓi va tez yonib ketadigan moddalar hamda kislotalar, ishqorlar va shunga o‘xshash faol modlalar bilan birga saqlash man etiladi. Ushbu vositalarni yoyib qo‘yilgan yoki osib qo‘yilgan holda saqlash ham tavsiya etilmaydi.

Terini himoya qiluvchi vositalar harbiy qism bo‘linmalarida boshliq ko‘rsatgan (saqlash uchun ajratilgan joylar) joyda xaltalarga yaxshilab taxlangan holda saqlanadi. Ternii himoya qiluvchi vositalar har doim tayyor holda bo‘lishi uchun ular yirtilishdan, teshilishdan va mexanik buzilishlardan nihoyatda ehtiyot qilinishi lozim. Ularni vaqti-vaqtida ko‘rikdan o‘tkazib turish va aniqlangan kamchiliklarni o‘sha zahoti yokotishga harakat qilish kerak



Tajriba ishi 7

Elektr tokidan jarohatlangan kishilarga birinchi yordam berish

Kuyish deb, to‘qimalarning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlanish hamda elektr toki ta’sirida shikastlanishiga aytiladi. Kuyishning kelib chiqishi sababiga ko‘ra, termik, kimyoviy, nur hamda elektr toki ta’siridagi kuyish turlari qayd etiladi. Badan terisi va shilliq pardalarga radio faol moddalarning tuxshshsh oqibatida radiatsion kuyuk, yaralar ham paydo bo‘ladi.

Qaynoq suv va turli issiq suyuqliklardan kuyishda eng yuhori harorat 100 S dan oshmaydi va qisqa vaqt ta’sir etadi. SHuning uchun ham bunday xollarda yuza kuyishlar ro‘y beradi. Issiq bug‘dan kuyganda esa, jarohat asosan teri yuzasida sodir bo‘ladi. Kuyishlar issiq va elimsimon yopishqoq moddalar (issiq elim, bitum va boshqalar) tasirida ham yuz berishi mumkin. Bunday issiq massalar badanga yopnshib, uzoq vaqt mobaynida jarohatning tubidagi to‘qimalarga ham salbiy tasir ko‘rsatadi.

SHuningdek, yong‘in ta’sirida kelib chiqadigan kuyishlar eng og‘ir shi-kastlanishlar turkumiga kiradi. Bunday holatlarda kuygan kishining nafaqat kiyim-boshi, balki teri, suyak to‘qimalari, hatto ichki a’zolari ham kuyib, jarohat yanada kengayishi va ahvolni jiddiylashtirishi mumkin Erigan me-tallar ta’siridagi kuyishlar ham chuqur jarohatlanishlardan bo‘lib, bunda faqat teri emas, balki teri ostidagi biriktiruvchi to‘qimalar, paylar, mu-shaklar, hatto suyaklar ham qattiq shikastlanadi.

Barcha turdagi quyuq yaralarning nechog‘lik og‘ir yoki engil kechishi to‘qimalarning qanchalik chuqur zararlanganligi hamda kuygan yuzaning katta-kichikligiga bog‘liq.. SHunga ko‘ra, kuyish darajasi to‘rt xil bo‘ladi: engil/1/, o‘rtacha og‘ir 1111, og‘ir /SH/ va juda og‘ir /IV/ .

I darajali kuyishda teri yuzasi qizaradn, shishadi, qattiq og‘riydi.

II darajali kuyishda sariq suyuqlik yig‘ilgan puffakchalar paydo bo‘ladi. Agar puffakchalar yorilgan bo‘lsa, barmoq bilan bosilganda to‘q pushti rangli suyuqlik chiqib, teri yuzasi qattiq og‘riydi.

III darajali kuyish esa, terining butun qatlami nobud bo‘lishi bi-lan ifodalanadi. Bu darajadagi kuyishda ham teri yuzasida puffakchalar bo‘ladi, ammo ulardagi suyuqlik qon rangida, gemorragik tusdadir, xolos. Ba’zan jarohat yuzasida quruq, qalin sariq-qo‘ng‘ir tusdagi qasmoq hosil bo‘ladi, og‘riq sezilmaydi.

IV darajali kuyishda terining barcha qatlami va teri osti to‘qimalari, ba’zan suyak ham kuyadi. Bunday holatda ham jarohat yuzasini qalin qasmoq egallaydi.

Kuyishning 1,11 va SH-darajalarvda jarohat o‘z-o‘zidan teri o‘sishi hiso-biga bitadi, ammo ba’zan III va ayniqsa IUdarajali kuyishlarni faqat jar- rohlik yo‘li bilan davolash mumkin.

Katta yoshdagi kishilarda kuygan joyning sathini aniqlashda ayniqsa jarohatlanganlar ko‘p bo‘lgan vaqtlarda ilmiy jihatdan to‘liq asoslangan "To‘qqizlik qoidasi" va "Kaft qoidasi" usullaridan foydalanish mumkin.

"To‘qqizlik qoidasi" ga binoan, har bir anatomik maydon sathi 9 % hisobidan olinadi. Masalan, bosh va bo‘yin qismi 9%, har bir qo‘l 9%, har bir oyoq 18%dan, tananing old va orqa qismi 18%daq chot va jinsiy a’zolar sohasi 1%. Bu foizlar ja’mlab chiqilganida 100%ni tashkil etadi.

"Kaft qoidasi"ga ko‘ra, katta yoshdagy odamning kaft sathi tana yuzasining 1,1%ga tengdir. Bolalarda kuygan teri sathini aniqlashda maxsus jadvaldan foydalaniladi, chunki bolalarda tananing har bir sohasi ularning yoshiga qarab o‘zgarib turadi.

SHunday qilib, badanning 10 - 15%dan ortiq qismi II SH darajali kuyganda organizmning o‘ziga xos umumiy og‘ir holati, ya’ni kuyish kasalligi paydo bo‘ladi. Bu esa, bemor nafas olish a’zolarining shikastlanishiga, ahvolining og‘irlashishiga, ko‘pincha kuyish shoki boshlanishiga olib keladi. Bu holat kuygan odamning ahvolidagi ruhiy o‘zgarishlar, bezovtalik, ba’zan befarqlik, qon bosimining dam ko‘tarilib, dam pasayishi, qon tomirlar tonusining susayishi, eng mayda qon tomirlar, ya’ni kapillyarlar o‘tkazuvchanlik qobiliyatinyng oshishi, suyuqlikning atrofdagi to‘qimalar, teri yuzasiga chiqishi, qon kamayishi, uning quyilishi, jigar, buyrak, me’da-ichak faoliyatining buzilishi, siydik kelmasligi bilan belgilanadi. Bunday holat 2-3 kecha-kunduzgacha davom etishi mumkin.

Kuygan odamga birinchi navbatda nimtatir qilib biroz osh tuzi qo‘shilgan iliq suv ichirish zarur. Kuygan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda eng avvalo uning ustidagi yonib turgan kiyim-boshini o‘chirish zarur. Buning uchun uning ustiga biror kiyim yoki ko‘rpacha, adyol yopiladi. Iloji boricha, tananing kuygan qismi kiyim-boshdan xoli qilinadi. Kiyimning kuygan joyga yopishgan qismi o‘rnida qoldirilib, jarohatning atrofidagi mato asta qirqib olinadi.

Voqea sodir bo‘lgan joyda kuygan jarohatga bog‘lam qo‘yish mumkin emas. Agar kimyoviy kuyish ro‘y bergan bo‘lsa, zudlik bilan shikastlangan joy katga miqdordagi sovuq oqar suv bilan 10-15 daqiqa mobaynida yuviladi. Kuygan yara ustini quruq salfetka yoki steril mato bilan berkitish joiz. Kuygan jarohat ustiga biror dori-darmon ayniqsa, surtmalar, yog‘simon moddalar qo‘yish mumkin emas.

Tananing katta qismi kuyib, yuzasi ko‘p zararlangan bo‘lsa, kuygan odamni toza choyshabga o‘rab, shokning oldini olish chora-tadbirlari (issiq choy, qahva, og‘riq qoldiradigan dorilar berish) ko‘riladi va tezda tibbiy muassasaga jo‘natiladi.

Kuygan odamni tibbiy muassasaga jo‘natish vaqtida u albatga yotgan holatda bo‘lishi, uning sovuqatib qolmasligi chorasini unutmaslik lozim.


1. Tayanch - harakat tizimi deganda nimani tushunasiz va ularning asosiy vazifalari

nimalardan iborat?

2.Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam

ko‘rsatishni izohlab bering.

3. Jaroxatlanganda arteriyadan qon ketganda birinchi yordamni izohlab bering.

4. Elektr toki ta’siriga tushishlarni turlarini izohlab bering.



Adabiyotlar:

1.O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.

2.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni "O'zbekiston Respublikasi favqulotda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to'g'risida"04.03.1996.

3.O`zbekiston Respublikasi Qonuni "Aholini vaxududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida" 20.08.1999y

4.Uzbekiston Respublikasi Qonuni "Mudofa to'g'risida "(yangi tahriri).

5.Isyosova Z.F. Hayot xavfsizligi asoslari. T.2001y

6.Xabibullayev I.X va boshqalar.Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi tadbirlari.T.2001y.

7.Tojiev M. Va boshqalar .favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi.T.2002.y

8.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "FVVini tashkil etish to'g'risida"gi 1996 yil 4 mart PF-1378-son Farmoni.

9.Ochilov Qudratov. Tohir G'aniev Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi. T.2005 yil.

10.Roziya Ramazonova.Hamida Sodiqova. Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayyorlash.

11.Qudratov A G'aniev.T va boshqalar "Hayotiy faoliyat xavfsizligi

12. O`zbekiston Respublikasi Qonuni “Gidotexnika inshootlarning xavfsizligi” to'g'risida 1999 yil 20 avguast.

13. O`zbekiston Respublikasi Qonuni “Fuqaro muhofazasi to'g'risida”

2000 yil 26 may.

14. O`zbekiston Respublikasi Qonuni “Radiasiyaviy xavfsizlik to'g'risida”.

2000 yil 31 avgust.

15.I.N. Murodova. Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan maruza matni.2019 y.




Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish