Yengil sanoat


SHovqinning zararli tasiri, normalari



Download 3,72 Mb.
bet152/156
Sana31.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#160857
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Bog'liq
Мажмуа ТЖБ

SHovqinning zararli tasiri, normalari

Eshitiladigan shovqinlar malum chastotalar (16 20000 Gs) bilan chegaralanib qolmasdan, malum chegaradagi eshitilish darajasi va bosimi bilan ham farqlanadi (6.1-rasm).

Rasmdagi yuqorida joylashgan egri chiziq tovush darajasining yuqori og‘riq hosil qiluvchi chegarasini belgilaydi. Bu chegara taxminan L=120 - 130 dB atrofida ekanligi ko‘rinib turibdi.Bundan ortiq darajadagi shovqinlar inson uchun og‘riq hosil qiluvchi shovqinlar bo‘lib inson eshitish vositasini ishdan chiqarishi mumkin. Mana shu ikki egri chiziq oralig‘idagi chastotalardagi shovqinlari «odam eshitishi mumkin bo‘lgan tovushlar» deb ataladi.

SHovqin darajasiga va xarakteriga qarab, shovqinlar odam organizmiga har xil tasir ko‘rsatadi. Uning tasir darajasining o‘zgarishiga shovqinning tasir davri va odamning shaxsiy xususiyatlari. ham malum rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham shovqin hamma uchun bir xil tasir ko‘rsatadi deb bo‘lmaydi. Uncha katta bo‘lmagan shovqinlar (50—60dB) ham inson asab sistemasiga sezilari tasir ko‘rsatadi. Ayniqsa, bunday shovqinlarning tasiri aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘proq seziladi. Bundan tashqari bunday shoviqinlarning tasiri har xil odamda har xil bo‘ladi. Bazilar bunday shovqinlarga mutlaqo ahamiyat bermaydilar, bazilar esa keskin asabiylashadi.

Bunday shovqinning tasir ko‘rsatislii odamning yoshiga, sog‘lig‘iga va bajaradigan ishiga, kayfiyatiga va boshqa omillarga bog‘liq.

SHovqinning zararli tasiri shuningdek, doimiy shovqinlardan farqliligiga, masalan musiqa tovushlari, odam so‘zlashgandagi tovushlarga odam mutlaqo befarq qaraydi, xuddi shu darajadagi begona shovqinlar uni asabiylashishga olib keladi.

Malumki, bazi bir jiddiy kasalliklarga chalingan bemorlar, masalan, qon bosimi, ichak va oshqozon yarasi va bazi teri kasalliklari, asab kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning mehnat qilish va dam olish rejimlari umuman kasallik tufayli buzilgan bo‘ladi. Bunday kasallar uchun ortiqcha shovqinning bo‘lishi ularning nihoyat darajada toliqishiga olib keladi, agar bu shovqinlar tunlarda bo‘lsa, og‘ir asoratli kasallarning kelib-chiqishiga sabab bo‘ladi. Agar shovqin darajasi bunday hollarda 70 dB ga teng bo‘lsa, u bunday toliqqan bemorlar organizmida fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. YOsh va sog‘lom odamlar uchun bunday shovqinlar butunlay zararsiz deyish mumkin.

Agar shovqin darajasi 85—90 dB ga yetsa, bunday shovqindan har qanday ishlayotgan odamning birinchi navbatda yuqori chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyati susayadi. Kuchli shovqin odam sog‘lig‘iga va ishlash qobiliyatiga keskin tasir ko‘rsatadi. Birinchidan, eshitish qobiliyati pasayadi, uzoq vaqt kuchli shovqin tasirida ishlash toliqishga, befarqlikka, shuningdek, kar bo‘lishga olib keladi. Bundan tashqari, shovqin tasiridan ovqat hazm bo‘lish jarayoni buziladi, ichki organlar hajmi o‘zgaradi.

SHovqinning bosh miya qobig‘iga tasiri natijasida odam asabiylashadi, toliqish jarayoni tezlashadi, psixik reaksiyasi keskin sekinlashadi. SHuning uchun ham kuchli shovqin jarohatlanishga olib kelishi munikin.

Masalan, shovqil tasirida shu uchastkada harakatlanayotgan mexanizmlar signallarini eshitmasdan ularning tasiriga tushib qolish mumkin va h.k..

SHovqin darajasi qancha katta bo‘lsa, uning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar tasiri ham kattalashadi.

Har qanday shovqin natijasida paydo bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar oqibat natijada shovqin kasalligini keltirib chiqaradi.

Tovush to‘lqinlari bosh miya qobig‘i orqali o‘tish imkoniyatiga ega. Agar shovqin darajasi kichik bo‘lsa (40—50 dB), unda suyak orqali o‘tgan shovqin tasiri uncha sezilmaydi. Agar tovush darajasi yuqori bo‘lsa, unda uning tasir kuchi ortib ketadi va organizmga ko‘rsatadigan salbiy tasiri keskin kuchayadi. 145 dB dan ortiq bo‘lgan tovush darajalarida odam qulog‘ining pardasi yirtilishi mumkin.


Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish