Betta-nurlanishlarni aniqlash. Buning uchun zonddagi ekran «B» holati hosil qilinadi va zond tekshirilayotgan yuzaga 1- 1,5 sm masofada yaqin olib kelinadi. Poddiapazonlarni o‘zgartiruvchi tutqichi X0,1, X1 va boshqa holatlarga o‘tkaziladi. «B» holatda betta-gammanurlanishlar umumiy yig‘indisi o‘lchanadn. So‘ngra zond teshigi aylanadigan ekran («G» holatda) bilan bekitiladi va xuddi shunday masofada gamma-nurlanish dozasi quvvati o‘lchanadi. Agar asbob teshigi ochiq holda, teshigi yopiq holdagidan yuqori sonni ko‘rsatsa, demak tekshirilayotgan ob’ekt yuzasi betta-nurlanish chiqarmoqda. Agar ko‘rsatish sonlari bir xil bo‘lsa, asbob o‘lchagichiga faqat o‘rab turgan ob’ektlardan yoki tekshirilayotgan ob’ekt tubidan gamma-kvantlar kirayotganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |