Yengil sanoat texnologiyalari kafedrasi «amaliy antrapologiya asoslari»


- usul. O'lchash tana sirti bo'ylab o'tkaziladi va 4 yoyli o'lchashlar



Download 1,27 Mb.
bet41/69
Sana10.06.2022
Hajmi1,27 Mb.
#652679
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
Bog'liq
USLUBIY SIRTQI

3- usul. O'lchash tana sirti bo'ylab o'tkaziladi va 4 yoyli o'lchashlar deb ataladi. Bu bo'yin, bel, son, bo'ksa aylanalaridir. Bundan tashqari bu yerga tana sirti bo'ylab o'lchanuvchi ko'k­rak, orqa kengliklari, orqaning belgacha uzunligi, oldning bel-gacha uzunligi kabi ko'ndalang va bo'ylama o'lchamlar kiradi. Bular antropometrik o'lchamlardir.
Kiyimlarni konstruksiyalashda ishlatiladigan antropometrik o'lchamlar dasturi o'z ichiga 60—100 tagacha o'lchamlarni qam-rab oladi. Odam tanasini ifodalaydigan oichamlarning tasnifi 13-jadvalda keltirilgan.
Antropometrik asboblar
Hozirgi vaqtda ommaviy ravishda antropometrik o'lchashlar o'tkazishda maxsus asbob va moslamalardan foydalaniladi. O'lchov belgilarini to'g'ri aniqlash uchun antropometrik nuqta-larga belgi qo'yib chiqiladi va o'lchov olinadi.
Antropometrik asboblar — o'lchov belgilarini olishda ishlati­ladigan maxsus asboblar bo'lib, ulardan:
bo'y o'lchagich — uzunlik o'lchovlarini oladi, turgan, o'tir-gan, yotgan (emiziklik yoshda) bo'ylarni o'lchaydi;
antropometr — bo'ylama va kenglik o'lchovlarini olishda ish-latiladi;
antropometrik nuqtalarning yerdan balandligini o'lchash uchun Martin sistemasidagi metall portativ antropometrlar ishlatiladi.
R.B. Martin (1840—1925) — shvetsariyalik antropolog, an­tropometrik o'lchov asboblarining bir qator turlarini yaratgan.
Metall portativ antropometr (5.3-rasm) uzunligi 2 metr boigan, bir tomoni yassi qilingan, ko'ndalang kesimi doirasimon Aylanalarni, yoysimon, ko'ndalang hamda bo'ylama o'l-chovlarini olish uchun santimetrli tasma qo'llaniladi. To'g'ri dia-metrlar katta yo'g'on sirkul yordamida o'lchanadi.
Umurtqa pog'onasining egriligini va bel chuqurligini ifoda-laydigan proyeksion o'lchovlar shtangensirkul yordamida o'lchanadi.

Tananing oichov xarakteristikasi va oichovlarni olish uslubi
O'lchov tipologiyasini tuzish maqsadida aholini antropo-metrik o'rganishda hamma o'lchamlar poyabzalsiz, kiyimsiz (erkaklar va bolalar trusida, qizlar va ayollar esa trusi va byust-galterda) jussadan olinadi.
O'lchov olish vaqtida gavda muayyan vaziyatni egallashi, ya'ni kishi erkin, to'g'ri turishi va shu holatni saqlab turishi lozim.
Qo'llar pastga tushirilgan, tovonlar juftlangan, oyoqlar uchi-ning oralig'i 15—20 sm. Nuqtalarning balandlik o'lchovini olish vaqtida bosh shunday holatni egallashi lozimki, o'ng ko'zning pastki burchagi bilan quloq kesmasi gorizontal tekislikdan chetga chiqmasligi shart.
O'lchovlar indeksi bosh harflar bilan belgilanadi. Bosh harf-lar o'lchamlarning turlarini bildiradi:
R - bo'y;
O — aylanalar;
S — yarim aylanalar;
D — uzunliklar, masofalar va bo'ylama yoylar;
V — balandliklar;
Sh — kengliklar, ko'ndalang yoylar;
Sr — markaz nuqtalari orasidagi masofa;
d — diametrlar:
G — chuqurliklar;
Indekslar o'lchanadigan joylarni belgilaydi:
V - ko'krak nuqtasining balandligi;
Dts — bel chizig'ining uzunligi;
O,,,, — uchinchi ko'krak aylanasi;
Shs — ort kengligi;
Sr, — ko'krak bezlari uchlarining oralig'i va h.k.
Aniq qomatni o'lchashdan awal, odatda, asosiy dastlabki 5 ta nuqta belgilab olinadi: bo 'yin nuqtasi, bo 'yin asosining nuq-tasi, yelka nuqtasi, qo'ltiqning orqa burchagi va be! chizig'ining balandlik nuqtasi.
Chiziqli proyeksion o'lchamlar poldan antropometrik nuqta-gacha aniqlanadi:
R (1) — bo'y; Vkt (3) — o'mrov nuqtasining balandligi; V(osh(4) — bo'yin asosi nuqtasining balandligi; V (5) — yelka nuqtasining balandligi; V (6) — ko'krak bezlari uchining balandligi; V|t (7) — bel chizig'ining balandligi; Vk (9) — tizza nuqtasining balandligi; Vsht (10) — bo'yin nuqtasining balandli­gi; V (11) — orqa qo'ltiq burchagining balandligi; V,s (12) — dumba osti burmasining balandligi.
Yoysimon ko'ndalang perimetrlar (aylanalar) transversal tekisliklarda santimetrli tasma yordamida o'lchanadi (5.3- rasm):
Osh(13) — bo'yin aylanasi; Ogl(14) — birinchi ko'krak ayla­nasi; O n(15) — ikkinchi ko'krak aylanasi; O m(16) — uchinchi ko'krak aylanasi; 0grv(17) — to'rtinchi ko'krak aylanasi; Ot(18) — bel aylanasi; Ob(19) — bo'ksa aylanasi (qorin chiqig'ini hisobga olib); Obl(20) — bo'ksa aylanasi (qorin chiqig'ini hisobga ol-may); Oobed (21) — son aylanasi; Ok(22) — tizza aylanasi; 0;(23) - boldir aylanasi; Osh (24) - to'piq aylanasi; Op (28) -yelka aylanasi va h.k.

  1. Yoysimon bo'ylama o'lchamlar (balandliklar, uzunliklar, ma­sofalar) santimetrli tasma yordamida aniqlanadi: Dsb(25) — yon tomondan bel chizig'idan polgacha bo'lgan masofa; Dst(26) - old tomondan bel chizig'idan polgacha bo'lgan masofa; Dn(27) -ichki tomondan oyoq uzunligi; Vprp(34) - bo'yin nuqtasidan old tomonda birinchi ko'krak aylanasi chizig'igacha bo'lgan masofa (old o'mizning balandligi); Vg(35) - ko'krak balandligi;



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish