4.2jadval
Bolalar ko'krak aylanasi bo'yicha o'rtacha yillik qo'shimchalar
Yosh, yil
|
O'g'il bolalar
|
Qiz bolalar
|
Yillik qo'shimcha
|
Yakuniy qiymat
|
Yillik qo'shimcha
|
Yakuniy qiymat
|
0
|
-
|
-
|
—
|
-
|
1
|
—
|
49,4
|
—
|
48,4
|
2
|
2,5
|
51,9
|
2,5
|
50,9
|
3
|
3,1
|
55,0
|
3,4
|
54,3
|
4
|
1,8
|
56,8
|
0,9
|
55,2
|
5
|
2,2
|
59,0
|
1,9
|
57,1
|
6
|
1,9
|
60,9
|
3,0
|
60,1
|
7
|
2,5
|
63,4
|
1,3
|
61,4
|
8
|
1,8
|
65,2
|
3,0
|
64,4
|
9
|
2,3
|
67,5
|
2,0
|
66,4
|
10
|
3,2
|
70,7
|
2,6
|
69,0
|
11
|
1,9
|
72,6
|
5,2
|
74,2
|
12
|
4,1
|
76,7
|
5,8
|
80,0
|
13
|
2,0
|
78,7
|
2,1
|
82,1
|
14
|
4,3
|
83,0
|
3,1
|
85,2
|
15
|
2,9
|
85,9
|
2,9
|
88,1
|
16
|
3,3
|
89,2
|
-0,3
|
87,8
|
17
|
0,8
|
90,0
|
2,6
|
90,4
|
Odam vaznining o'zgarish dinamikasi. Chaqaloq vaznining oshib borishi uning hayotining birinchi yilidayoq seziladi. Yangi tug'ilgan o'g'il bola chaqaloqlarning o'rtacha vazni — 3,5 kg, qiz-larniki - 3,4 kg ni tashkil etadi. Hayotining birinchi yilida tana vazni uch marta ortadi. Bir yoshdan yetti yoshgacha yillik vazn-ning o'sish miqdori kamayadi. Qizlarning 12—16 yoshida, o'g'il bolalarning 14—17 yoshida yillik vazni maksimum 4—5 kg ga ortadi. 17 yoshdan keyin vaznning ortib borishi sekinlasha boradi va bu davr ayollarda 20 yoshgacha, erkaklarda esa 25 yoshgacha davom etadi. Bo'y o'sish davri tugagandan keyin yog' ajralishi bilan tana og'irligi ortib boradi. Yog' qatlamining qalinlashishi tana og'irligining ortishiga sabab bo'ladi. Vaznning nisbiy turg'unligi 25—40 yoshgacha kuzatiladi. 40 yoshdan keyin tana vazni o'rta hisobda har besh yilda 1-1,5 kg gacha ortib boradi. Bunda ovqatlanish sharoitlari va organizmning sog'lomligi katta ahamiyatga ega. Ayollar tanasining o'rtacha vazni - 56 kg, erkaklarning vazni esa 64 kg ni tashkil etadi.
Tana vaznining boshqa morfologik belgilar bilan aloqasi. Uzoq vaqtlargacha har bir tana uzunligining qiymatiga faqat bit-tagina normal vazn qiymati to'g'ri kelgan, degan mulohazalar mavjud edi. Normal vaznni aniqlash uchun turli usullar taklif etilgan edi. Vazn va bo y uzunligi ko'rsatkichlari bir-biriga muta-nosib bo'lishi kerak. Bunga asosan tananing normal vazni tana uzunligiga (100) teng deb olinar edi. Lekin hozirgi vaqtda in-dekslar guruhi o'zgargan bo'lib, odamlarning jinsi, yoshi, uzunligi va tuzilishi turlariga qarab tananing normal vazni aniqlanadi. Odam tanasining tashqi shakli haqida to'la tasawurga ega bo'lish uchun ko'krak aylanasi, tana uzunligi va vazni, tana muta-nosibligi (proporiyasi), tana tuzilishi va qomatni o'rganib chiqish zarur.
Ishning bajarish tartibi
O’qituvchi talabalarning laboratoriya ishining uslubiy ko’llanmaga kiradigan asоsiy ma’lumоtlarning mazmuni bilan tanishtiradi.
Bitta Ishning nomi misоlida o’qituvchi laboratoriya ishi uslubiy qo’llanmaning har bir bo’limini tushintirib beradi.
Talabalar guruhi 2 yoki 3 ta guruhchalarga bulinadi va har bir guruhchadagi Ishning nomi yoki muammо beriladi va ana shu Ishning nomi va muammоlar bo’yicha talabalar uyda mustaqil ishlashlari kerak.
Hisobot tayyorlash
Uslubiy va ishchi qo’llanmalarning zarurligi bilan tanishish.
Bajarilayotgan laboratoriya ishi uslubiy qo’llanmalarni mazmuni bilan tanishish.
Yuqоrida keltirilgan savоllarni mustaqil ravishda hal etish uchun o’qituvchi har bir talabaga alоxida-alоxida Ishning nomilar bo’yicha uy vazifasi beradi.
Nazorat savollari
Jismoniy rivojlanish haqida tushuncha nimalardan iborat?
Total morfologik belgalar qaysilar?
Tana uzunligi deb nimaga aytiladi?
Tana vaznining boshqa morfologik belgilari qaysilar?
5-LABORATORIYA ISHI
ISHNING NOMI: ANTRОPОMETRIYA – KIYIM LОYIHALASHDA ISHLATILADIGAN BELGILAR
Ishdan maqsadi : Antrоpоmetriya – kiyim lоyihalashda ishlatiladigan belgilarni o’rganish.
Ishni bajarish uchun kerakli asbob uskunalar: plakatlar, оdamning tashqi ko’rininshini maketlari, rasmlari, santimetrli lenta.
Nazariy qism
ODAM GAVDASINING O'LCHAMLARINI TEKSHIRISH USULLARI (ANTROPOMETRIYA)
Asosiy morfologik belgilarning shakli, jins va yoshga qarab o'zgarishi faqat ba'zi o'lchamlardagina emas, balki mutanosiblik va gavda tuzilishi turlarida ham namoyon bo'ladi.
Odam tanasi va uning alohida qismlarini o'lchashdan iborat bo'lgan tekshirishlarning asosiy usullaridan biri antropometriya deyiladi.
Odam gavdasi o'lchamlarini tekshirish natijalaridan o'tgan asrning oxirlariga kelib foydalanila boshlandi. Hozirgi vaqtda antropometriya ma'lumotlaridan sport va tibbiyotda, gavdaning jismoniy rivojlanishida konstitutsiya mutanosibligi va h.k laming xususiyatlarini o'rganishda foydalaniladi. Odam gavdasining shakli va o'lchamlari haqidagi ma'lumotlar yengil sanoatning turli tarmoqlarida muhim ahamiyatga ega.
Amaliy antropologiyani bilmay turib yengil sanoat tarmoqlari, jumladan, tikuvchilik masalalarini yechish mumkin emas. Odam gavdasining shakli va o'lchamlari, aholining turli guruh-lari va ular haqidagi to'liq ma'lumot va bilimlar bo'lgandagina, ularning shakli va o'lchamlariga mos kiyimni ko'plab ishlab chiqarish mumkin.
Ma'lumotlar antropometrik tekshiruvlar asosida olinadi. Tekshiruvlar maxsus dastur bo'yicha olib boriladi. Natijalardan kiyim andozalash uchun o'lcham tipologiyasini ishlab chiqarish-da foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |