ANTROPOMETRIK TADQIQOT USLUBLARI Har bir antropometrik tadqiqotning maqsadi, uslubning uni-fikatsiyasi va o'lcham olish texnikasiga qat'iy rioya qilish zaru-riyatidan kelib chiqadi. Bu qoidalardan chetga chiqish natijasida om-maviy antropometrik ma'lumotlardan to'g'ri foydalanib bo'lmaydi.
Antropometrik uslub tamoyillari.To'g'ri ma'lumotlar olish uchun oichashlami o'tkazayotgan shaxslar oichash texnikasini mukammal egallagan bo'lishlari kerak. Chunki bunda har bir nuqtaning aniqligi va o'lchash yo'llarining qat'iyan o'xshashligi talab qilinadi. Gavda o'lchamlari o'lchayotgan odamning holati-ga bog'liq, shuning uchun barcha o'lchamlar bir xil holatda olib boriladi:
— oichanayotgan odam to'g'ri, hech qanday zo'riqishsiz, odatdagi qomatini saqlab turadi;
— bosh aniq bir tekislikda belgilanadi;
— qo'llar gavda bo'ylab pastga tushirilgan, barmoqlar pastga cho'zilgan;
— oyoqlarning tizzalari to'g'ri, tovonlari birgalikda, oyoqlar-ning uchi ayri turadi;
— o'lchashlar ichki kiyimda gavda bo'ylab o'tkaziladi;
— har bir odamdan ikkita mutaxassis o'lcham oladi: biri o'lchaydi, ikkinchisi esa yozib boradi. Yozayotgan kishi oichov asbobining holati va o'lchanayotgan kishining turgan vaziyatini kuzatib boradi.
Antropometrik o'qlar, tekisliklar, chiziqlar Odam gavdasi muallaq fazoda ko'riladi. Juda murakkab qomatli odam tanasini fazoda o'rganishda, chiziqlar va tekislik-lardan foydalaniladi. O'lchamlar vertikal va gorizontal tekislik-larda olinadi (5.1-rasm).
Bosh chiziqlar 3 ta: 1 ta vertikal va 2 ta gorizontal o'qlardir. Bu o'qlardan tashqari 2 ta vertikal va 1 ta gorizontal tekislik bor. Tekisliklar o'zaro perpendikulardir.
Umurtqa pog'onasidan o'tadigan va odam tanasini o'ng va chap tomonga bo'ladigan tik tekislik hamda unga parallel bo'lgan barcha tekisliklar sagittal tekisliklar deyiladi.
Sagittal tekisliklarga perpendikular o'tgan va tanani faraziy old va ort bo'laklarga bo'ladigan tik tekislik frontal tekislik deyiladi.
5.1-rasm. Antropometrik tekisliklar va o'qlar:
1 — vertikal o'q; 2, 3 - gorizontal o'qlar; 4 - frontal tekislik;
5 — sagittal tekislik; 6 — gorizontal tekislik.
Sagittal va frontal tekisliklarga perpendikulyar hamda odam tanasini faraziy yuqori va pastki qismlarga bo'ladigan gorizontal tekisliklar transversal tekisliklar deb aytiladi. Bu tekisliklarda odam gavdasida joylashgan nuqtalarni proyeksiyalash mumkin. Bu tekisliklarda joylashgan chiziqlar antropometrik chiziqlar deb ataladi.